NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
Texnologik jarayonlar xavfsizligi fani nimani o‘rganadi?
Xavflarning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
Xavfsizlik taksonomiyasini bayon qiling.
Xavf-xatarlar kvantifikatsiyasi nima?
Xavfsizlikni tahlil qilishning qaysi usuli ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lgandan so‘ng bajariladi?
Xavflarni tahlil qilishning aprior va aposterior usullari bir-birini to‘ldiradimi yoki bir-biriga zidmi?
Xavfsizlikni ta‘minlashning texnik qoidalari.
Xavfsizlikni ta‘minlash yo‘llari nimalardan iborat?
Xavfsizlikni ta‘minlash usullari nimalardan iborat?
Mavzu: TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGINING XUQUQIY ASOSLARI
Reja:
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qabul qilingan qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlar;
Mehnat xavfsizligida standartlar tizimi;
Mehnat xavfsizligi bo‘yicha qoida va talablarni buzuvchi shaxslar javobgarligi;
Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda davlat, muassasa va jamoat nazorati.
Tayanch iboralar: O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 37 moddasi, Mehnat kodeksi, SQ va M, og‗ir va xavfli mehnat, dam olish kuni va ish rejimi, mavsumiy ish rejimi, zararli sharoitda ish rejimi, standartlar tizimi, «O‗zstandart» agentligi, GOST, OST, STP, intizomiy javobgarlik, ma‘muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, moddiy javobgarlik, davlat tog‗ texnika nazorati, texnik nazorat, qishloq xo‗jalik texnika nazorat, sanitariya nazorati, energetika nazorati, yong‗in xavfsizligi nazorati, avtomobil inspeksiyasi, korxona nazorati, jamoat nazorati, ma‘muriy jamoat nazorati.
Mehnat muhofazasining qonunchilik asoslari
Mehnatkashlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo‘qotish O‘zbekiston Respublikasi xukumatining asosiy g‘amxo‘rliklaridan biridir.
Mehnat muhofazasi - bu tegishli qonun va boshqa me‘eriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta‘minlashga qaratilgan ijtimoiy iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir.
Mehnat muhofazasining huquqiy asoslarini asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (1992 y 8 dekabr), O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi (1995 y 25 dekabr) va MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib qabul qilingan ―O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish haqida‖gi Qonun (1993 y 6 may) hamda VMning qarorlari va boshqa hujjatlar tashkil qiladi.
Respublikamizda demokratik xuquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatining qurilishi inson xuquqlari va erkinliklariga to‗liq rioya etilishini taqoza qiladi. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Respublikamiz fuqarolarining shaxsiy xuquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlari yaqqol o‗z ifodasini topgandir. Konstitutsiyada ko‗rsatilganidek «Davlat halq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘uldirlar» (2-modda); «YAshash xuquqi har bir insonning o‗zviy xuquqidir.
….(24-modda). «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‗rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish xuquqiga egadir» (37-modda). Yuqoridagilarga asoslangan holda ifodalash mumkinki, insonning hayoti ham, uning mehnat faoliyati ham, faoliyati davridagi sog‗ligi ham davlat qonunlari asosida himoyalanadi, muhofaza qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |