NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi qaysi hujjatlar asosida kafolatlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qachon qabul qilingan va uning maqsadi?
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun mazmuni va mohiyati nimadan iborat?
Balog‘at yoshidagi ishchilar va o‘smirlar ish kuni vaqti necha soatdan iborat?
Balog‘at yoshiga yetmaganlar mehnatini muhofaza qilish nima?
Ayollar mehnatini muhofaza qilish to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Mehnat xavfsizligi standartlari to‘plami (MXST) nima?
Mehnat muhofazasi qonunlari buzilgandagi javobgarlik nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasi mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar?,
Ma‘muriy jamoat nazorat qachon va kim tomonidan o‘tkaziladi?
Mavzu: XAVFSIZLIK ISHLARINI TASHKIL ETISHDA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI VA GIGIYENA QOIDALARI
Reja:
Xalq xo‗jaligida mehnat xavfsizligini tashkil etish va uning tuzilishi;
Ishlab chiqarish jarohatlari va kasbiy kasalliklar
Mehnat xavfsizligi ishlarini tashkil etishdagi mutaxassis va rahbar shaxslarning huquq va vazifasi;
Baxtsiz hodiasalar bo‗yicha tekshiruv o‗tkazish, hisobga olish va hisobot berish.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi;
Ishlab chiqarish changi va havo muhitidagi zararli moddalar;
Ishlab chiqarishda shovqnin, titrash, tebranish va ularga qarshi chora-tadbirlar;
Sanoat korxonalarini yoritish.
Tayanch iboralar: Bosh mutaxassis, bosh energetik, mehnat muhofazasi muxandisi, kompleks, yillik, besh yillik yoki ko‗p yillik rejalar, kapital mablag‗lar, uy-joy qurilishi jamg‗armasi, amortizatsiya jamg‗armasi umumharajat mablag‗lari, me‘yoriy-axbarot ta‘minoti, tibbiy ko‗rik, baxtsiz hodiasalar, H-1 shakldagi dalolatnoma, statistik, monografik, topografik va iqtisodiy tekshirish, TMEK, kasb kasalliklari, dezinfeksiya, kirish yo‗riqnomasi, ish joyidagi boshlang‗ich, davriy, joriy, navbatdan tashqari yo‗riqnoma, mehnat muhofazasi xonasi.
Mehnat xavfsizligi bo‗yicha tashkiliy va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va joriy qilishni, uning umumiy kompleksini boshqarish, shuningdek mehnat xavfsizligi bo‗yicha qoida va
me‘yorlarga rioya hamda nazorat qilishni va mehnat qonunchiligini maxsus xizmat organlari olib boradi.
Respublika Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi qoshida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi guruhi ish olib boradi. Tumanlarda qishloq xo‗jaligi boshqarmalarida - mehnat muhofazasiga va texnika xavfsizligiga katta muhandislar, davlat korxonalari va jamoa xo‗jaliklarida texnika xavfsizligiga katta muhandislar javob beradilar. O‗zbekiston Respublikasi mehnat muhofazasi qonuniga asosan davlat korxonalari va jamoa xo‗jaliklarida shtat ro‗yxati bo‗yicha texnika xavfsizligi va yong‗in xavfsizligi bo‗yicha katta muhandis lavozimi tayinlanadi. Agar xo‗jalikda ishchilar soni 50 dan ortiq bo‗lsa va ular xizmat ko‗rsatayotgan transport vositalari 50 dan ortiq bo‗lsa, yo‗l harakati xavfsizligi xizmati tashkil qilinadi. Xo‗jaliklarda shtat asosida texnika xavfsizligi bo‗yicha muhandisni ishga olish mumkin bo‗lmasa, u holda texnik xavfsizlik ishlarini va ular ko‗radigan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi bosh mutaxassislarning biri zimmasiga buyruq bilan yuklanadi. Mehnat xavfsizligi bo‗yicha ishlab chiqarish uchastkalari va xo‗jalikdagi javobgar shaxslarni asosiy ish yo‗nalishlari berilgan.
1. Tashkiliy ishlar
|
|
|
Mehnat xavfsizligi
bo‗yicha ishlarning asosiy yo‗nalishi
|
|
|
4. Mehnat xavfsizligi
holatini nazorat qilish
|
|
|
v. Ma‘muriyat
|
Yuqoridaga chizmada mehnatni muhofaza qilishining asosiy to‗rt yo‗nalishi bayon etilgan. Har bir yo‗nalishga qanday asosiy masalalar kirgani quyida keltirilgan:
Tashkiliy ishlarga - yo‗l-yo‗riqlar berish, ishchilarni maxsus kiyimlar va shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta‘minlash, ishlab chiqarish uchastkalarini va yong‗indan xavfli joylarni birlamchi o‗t o‗chirish vositalari bilan ta‘minlash, mehnat xavfsizligi bo‗yicha reja va tadbirlarni ishlab chiqish, xavfsiz mehnat bo‗yicha o‗qish kurslarini tashkil qilish, texnika xavfsizligi bo‗yicha ishchilarni attestatsiyadan o‗tkazish, uchastkalar va xavfli ish turlari joylarida javobgarlikni taqsimlanishi, texnika xavfsizligi bo‗yicha xona va burchaklarni tashkil qilish, texnika xavfsizligi bo‗yicha yozuv va ogohlantiruvchi belgilarni osib qo‗yish, xo‗jalikdagi barcha yo‗llarga yo‗l harakati belgilarini o‗rnatish, mehnat sharoitlarini pasportizatsiya qilish, baxtsiz hodisalarni tekshirish, jarohatlanish va kasalliklar sababini tahlil qilishlar kiradi.
Ish sharoitlarini yaxshilashga - xonalarning isitilishini yaxshilash, namlikni, yoritilganlikni me‘yorlashtarish, elvizaklarni yo‗qotish, xonalardagi zararli gazlar miqdorini kamaytirish, changishini oldini olish, shovqnin va titrashlarni kamaytirishlar kiradi.
Texnika xavfsizligini takomillashtirishga - to‗siqlarni yaxshilash, himoyalovchi vositalar, avtomatik signalizatsiya va blokirovkalarni o‗rnatish, qozonxonalar va yuk ko‗taradigan mexanizmlar sinovini va hujjatlashtirishni vaqti-vaqtida o‗tkazish, elektr qurilmalarni erga ulash holatini vaqtida nazorat qilish; asbob va uskunalarning sozligi va holatini tekshirish, mashina va mexanizmlarning ishlashini ko‗zatish va shaxsiy himoya vositalari bilan mustaxkam ta‘minlash kiradi.
5. Mehnat xavfsizligi holatini nazorat qilish uch yo‗nalish bo‗yicha olib boriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |