Bosh mexanik, energetik - barcha turda inshootlar va turli uskunalarni hamda bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni o‗z vaqtida texnik tekshiruvdan o‗tkazish va reja asosida tuzatishlarning to‗g‗ri tashkil etilishi hamda o‗z vaqtida o‗tkazilishiga, shuningdek, tuzatish ishlarining xavfsiz bajarilishiga, nazorat qilishga mas‘ul.
Mehnat muhofazasi muxandisi - mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo‗llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir ishlarni tashkil qilishga hamda barcha me‘yoriy hujjatlar ishlab chiqishga va amalga joriy qilinishi nazorat qilishga javobgar shaxsdir.
Xavfsizlik masalalari bo‗yicha muxandis bevosita korxonaning boshlig‗i va bosh muxandisga bo‗ysunadi. U o‗z ishini mahalliy kasaba uyushmasi qo‗mitasi, mehnat muhofazasi bo‗yicha komissiya, shuningdek, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sanoat-texnik nazoratchilari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Mehnat muhofazasini boshqarish.
Mehnat muhofazasini boshqarish tazimi O‗zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risidagi Qonunga asosan olib boriladi. Korxona boshqaruvi umumiy tizimining asosiy bir bo‗lagi sifatida kiradi. Buni korxona (xo‗jalik) rahbari (bosh muhandis), shuningdek bo‗lim rahbari ham amalga oshiradi. Mehnat xavfsizligini boshqarish - bu mehnat jarayonida odamning ish qobiliyatini va sog‗lig‗ini saqlash uchun tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigienik, davolash-profilaktik va boshqa chora-tadbirlarni tayyorlash, karorlar qabul qilish va amalga oshirishdir.
Mehnat muhofazasini boshqarish tizimi o‗z ichiga mehnat muhofazasi bo‗yicha ishlarni rejalashtirish va koordinatsiyalash, mehnat muhofazasi holatini nazorat qilib turish, mehnat muhofazasi ko‗rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va mehnat muhofazasi ishlarini yaxshilanganligi uchun xodimlarni rag‗batlantirish kabilarni oladi.
Mehnat muhofazasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat - mehnat xavfsizligi masalalarini xizmatchilar orasida targ‗ibot qilish va ishchilarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish uskunalarining, jarayonlarning, bino va inshootlarning xavfsizligini ta‘minlash, sanitariya-gigiena mehnat sharoitlarini me‘yorlashtirish, ishchilarni shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta‘minlash, ishchilar uchun eng qulay dam olish va ishlash sharoitlarini tartibga solish, ishchilarga davolanish-profilaktika xizmatini tashkil qilish, alohida mutaxassisliklar bo‗yicha ishchilarni kasbiga karab tanlov o‗tkazish, ularga sanitariya-maishiy xizmatimi ko‗rsatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |