Aqliy mehnat (intellektual faoliyat).
Bu mehnat axborot qabul qilish, uni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lib, qattiq fikrlash va miyaning zo‘riqish jarayonlari bilan kechadi (boshqaruv, ijod, o‘qitish, fan, o‘qish va h.k.).
Operator mehnati - katta mas‘uliyat va yuqori asabiy zo‘riqish talab qilishi bilan ajralib turadi.
Boshqaruv mehnati - axborot hajmini keskin ortishi, uni qayta ishlashda vaqt tangligi, qaror qabul qilishda shaxsiy mas‘uliyatning yuqoriligi, vaqti-vaqti bilan konflikt vaziyatlarning paydo bo‘lib turishi bilan xarakterlanadi.
Ijodiy mehnat - katta eslab qolish hajmi, diqqatning zo‘riqishi, asab sistemasining zo‘riqishi bilan xarakterlanadi.
O‘qituvchi mehnati - odamlar bilan uzluksiz muloqotda bo‘lish; javobgarlikning yuqoriligi, qaror qabul qilishda axborot va vaqtning yetishmasligi - bu asab sistemasining zo‘riqishiga olib keladi.
O‘quvchi mehnati - fikrlash, diqqat, eslab qolish, stress hollarining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Kishi aqliy mehnat bilan shug‘ullanganda asabiy-hissiy kuchlanish paytida insonning vegetativ funksiyalarida qon bosimining ortishi, EKGdagi o‘zgarishlar, o‘pka ventilyasiyasining va kislorod talabining ortishi, tana haroratining ko‘tarilishi kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Aqliy mehnat tugagandan keyin charchoq jismoniy mehnatga nisbatan ancha vaqtgacha davom etadi.
Texnik sistemalarni boshqarishda rahbar texnik sistemalarning komponentlarini emas, balki odamlarni boshqaradi. Boshqaruv esa bevosita yoki bilvosita texnik vositalar va aloqa kanallari orqali olib boriladi. Bu kategoriyaga tashkilotchilar, turli idoralardagi rahbarlar, tegishli bilimga va malakaga ega bo‘lgan, mas‘ul qarorlar qabul qiladigan shaxslar kiradi. Ular nafaqat boshqarilayotgan texnik sistemalarning va ularning komponentlari imkoniyatlarini, balki qo‘l ostilaridagi insonlarning imkoniyatlarini, kamchiliklari va xatto kayfiyatlarini ham bilishlari va hisobga olishlari kerak.
Inson sezgi organlarning xaraktiristikasi.
Million yillar davomida evolyusion va ijtimoiy rivojlanish jarayonida odamda xavflardan himoyalanishning tabiiy sistemasi shakllandi. Bu juda rivojlangan sistema, lekin malum chegarasi bor.
Mehnat muhofazasi kishini xavflardan himoya qilishga yo‘naltirilgan fandir. Shu bilan birga odamning o‘zi potensial xavf manbai ekanligini ham unutmaslik kerak. U faoliyat jarayonida zaharli moddalar ajratib chiqaradi, issiqlik tarqatadi, xato xarakatlari natijasida nohush voqyealar sababchisi bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari ko‘pchilikning vahimaga, daxshatga tushgan vaqtdagi o‘zini qanday tutishi o‘zinnng qonuniyatlariga ega va u yakka kishining xolatidan butunlay farq qiladi.
Xavfli vaziyatlarda bu qonuniyatlarni hisobga olish kerak. Ruhiyatni o‘rganuvchi fan favkulotda faziyatlar uchun o‘zining tavsiyalarini beradi.
"Odam-muhit" sistemasining xavfsiz holati uchun odam va muhitni tashkil qiluvchi elementlar xarakteristikalarining uyg‘unligi zarur.
Bunday uyg‘unlik bo‘lmagan xollarda, quyidagi natijalar bo‘lishi mumkin; odam ishchanligining pasayishi;
umumiy va kasbiy kasalliklarning rivojlanishi; avariya, yong‘inlar, portlashlar.
ishlab chiqarish jarohatlari va boshqalar.
Kishi tashqi muhit bilan bevosita o‘zining analizatorlari yoki sezgilari orqali aloqa qiladi. Xavfsiz sistemalarni yaratishda odam analizatorlarining xarakteristikalari hisobga olinishi kerak. Har qanday analizator asab tomirlari va ular tutashgan bosh miyadan iborat. Asab tomirlari asab impulsini bosh miya qobig‘iga yuboradi. Bu aloqa ikki taraflamadir. Bu analizatorlarning o‘z-o‘zini boshqarishni taminlaydi. Odam analizatorlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular bir juftdir, bu esa ishonchlilik darajasi yuqoriligini taminlaydi.
Analizatorlarning asosiy xarakteristikasi ularning sezgirligidir. Analizatorlarga tasir qiluvchi har qanday qitiqlovchi xam sezilavermaydi.U sezilarli bo‘lishi uchun malum miqdorga yetishi kerak. Qitiqlovchining jadalligi ortib borishi bilan shunday bir vaqt keladiki analizatorlarning qobiliyati pasayadi, og‘riq paydo bo‘ladi va uning faoliyati buziladi. Minimal qiymatini pastki absolyut sezish chegarasi, maksimal qiymatini esa - yuqorigi absolyut sezish chegarasi deyiladi. Psixofizik tajribalar qitiqlovchining kuchiga nisbatan sezish kattaligi sekinroq o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |