O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet205/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

NAZORAT SAVOLLARI:





  1. Qul mehnatining usullari nima?

  2. Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish buyicha qoidalari qanday?

  3. Texnika xavfsizligi qoidalari nimalardan iborat?

  4. Qaychi bilan ishlash qoidalari nechta?

Mavzu: YOG‟OCH MATERIALLARGA DASTGOHLARDA MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIK JARAYONLARIDA XAVFSIZLIK CHORALARINI O‟RGANISH




Mashg‟ulot maqsadi: Talabalarga materiallarga dastgohlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarida xavfsizlik choralarini o‘rgatish.


Duradgorlik dastgohlari.


Duradgorlik dastgohlarida yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bajariladi. Ma‘lumki, duradgorlik dastgohlarining tuzilishi har xildir. Duradgorlik dastgohlari turlicha bo‘lsa-da, ularning hammasida yog‘och yoki metall asos (dastgoh tagligi) va iskanjali yog‘och qopqoq mavjud. Asosda stol o‘rnatilgan bo‘ladi. Stolning asosiy qismlari bo‘ylama va ko‘ndalang iborat. Har bir ish o‘rniga alohida asbob- uskunalar, yog‘och materiallar qo‘yiladi (1-rasm). Ular dastgoh noviga xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda batartib o‘rnatiladi.
Dastarra, randa, iskana, bolg‘a kabi asboblarning dastalari ishlovchiga qaratib joylanadi.






1-rasm. Duradgorlik asboblari va ularning joylashtirilishi.

  1. rasm. Duradgorlik dastgohining iskanjasi

Dastgohdan foydalanib arralashda arralanadigan taxta materialning uzun-qisqaligiga, enli- ensizligiga qarab tilinadi yoki qirqiladi.


Asboblar dastgohda foydalanish uchun qulay holatda turishi kerak.
Duradgorlik dastgohining iskanjasida vintli mexanizmdan foydalaniladi (2-rasm). Uning yordamida vint dastgohini burab siquvchi taxtacha suriladi tiskilardan, ponalar o‘rnatish uchun teshiklar ochilgan ish taxtasi va asbob-uskunalar qo‘yish uchun moslangan novdan va ishlov beriladigan detal mustahkamlanadi yoki bo‘shatiladi.
Duradgorlik dastgohining poldan balandligi unda ishlovchining bo‘yiga mos bo‘lishi kerak. Buni quyidagicha tekshirish mumkin: Dastgoh yonida turing va qo‘llaringizni cho‘zib, kaftlaringizni dastgoh ustiga qo‘ying. Agar shunda qaddingizni yoki qo‘llaringizni bukishga to‘g‘ri kelmasa, demak, dastgohning balandligi to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi.
Dastgohning usti shikastlanmagan, vintli iskanja oson surilishi kerak. Duradgorlik dastgohidan foydalanishda uning oldingi va keyingi iskanjalarini haddan tashqari siqish mumkin emas. Ponalarni dastgohdagi uyalarga faqat to‘qmoq yordamida o‘rnatish lozim. dastgoh qopqog‘ini kesuvchi va zarb beruvchi asboblarning shikastlashidan saqlash kerak.
Yog‘och ishlanadigan tokarlik dastgohlarida amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda har bir dastgohka ikkitadan o‘quvchi biriktiriladi. Bunda bir o‘quvchi ishchi, ikkinchi o‘quvchi nazoratchi vazifasini o‘taydi. Nazoratchi o‘quvchi ishchi o‘quvchining ishiga aralashmaydi; dastgohni ishga sozlashga, yog‘och o‘rnatish yoki tayyor buyumni olish, dastgohni yurgizish yoki to‘xtashn kabi hollarda ishchiga yordam bermaydi. U ishchining ishini kuzatib, xatosini aytadi, kamchiligini ko‘rsatadi yoki undan ish o‘rganadi. Faqat xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi ro‘y bergan hollardagina dastgohni

to‘xtatishga yordam beradi. Bir o‘quvchi ma‘lum turdagi ishni bajargan yoki buyumni tayyorlagandan so‘ng ular o‘zaro o‘rin almashadilar.
Ishni shu xilda tashkil etilganda o‘quvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiladilar, ortiqcha charchamaydilar, xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishining oldi olinadi va o‘quvchilarning ish o‘rganishlariga yordam beradi, o‘qituvchining nazorat qilishini engillashtiradi.
Yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogining vazifasi, tuzilishi, uni ishga sozlash, dastgohda ishlatiladigan iskanalar, ish vaqtida rioya kilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari tushuntirilgandan so‘ng (bular kitobning birinchi bo‘limida yoritilgan) grafik asosida har bir tokarlik stanogiga ikkitadan o‘quvchi birkitiladi (o‘kuv yilining boshida o‘quv ustaxonasida mavjud bo‘lgan dastgohlarning va gruppadagi o‘quvchilarning sonini hisobga olib, xar bir juft o‘quvchilarning qaysi vaqtda, necha mashg‘ulot davomida, kaysi dastgohda ishlashlarini ko‘rsatuvchi grafik tuziladi). Amaliy mashg‘ulotlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi.

    1. Tayyorlanadigan buyumga mos yog‘och material tanlash. Qayin, kora qayin, zarang, arg‘uvon, tol kabi yog‘ochlar tokarlik dastgohlarida yaxshi ishlanadigan material hisoblanadi.

Yo‘nishni mashq qildirishda o‘quvchilarga birinchi navbatda tol, terak, arg‘uvon kabi yumshoq yog‘ochlar beriladi.
Tokarlik ishlari uchun odatda, diametri 50 mm dan 200 gacha bo‘lgan yorilmagan, to‘g‘ri, butoqsiz g‘o‘lalar tayyorlanadi. Mayda tokarlik ishlari uchun ingichka shox novdalaridan foydalaniladi.

    1. Markazlar yordamida: a) silindrik sirtlarni yo‘nish; b) pog‘onali sirtlarni yo‘nish; v) shakldor sirtlarni yo‘nish; g) pardozlash (jilvirlash, loklash va bo‘yash); d) tayyor buyumlarni qirqib tushirishni mashq qildirish. Masalan, belkurak, panshaxa, yer tatalagich kabi asboblar uchun dasta, xatkashlar uchun xatcho‘plar, to‘qmoq, jo‘va, chakich, iskana, egov, bigiz, pichoqlar uchun dastalar; maktab cho‘ti soqkalari, shaxmat donalari; tumbochka va etajerkalar uchun shakldor oyoqlar va shu kabilarni tayyorlash va pardozlashni o‘rgatish mumkin.

    2. Ryumka patron yordamida yakka tartibda tayyorlanadig‘an ichki va tashqi silindrik, shakldor buyumlar tayyorlashni mashq qildirish. Masalan, yuqorida sanab o‘tilgan ayrim buyumlar bilan bir qatorda parmalab, yo‘nib-kengaytirib tayyorlanadigan blok, g‘altak, naycha kabi buyumlar tayyorlashni o‘rgatish.

    3. Planshayba yordamida qisqa o‘lchamli, katta diametrli buyumlar tayyorlashni mashq qilish. Bunda turli xil yassi va shakldor tagliklar tayyorlash o‘rgatiladi.

Yog‘och ishlanadigan tokarlik dastgohlarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga ishlanadigan yog‘ochning o‘lchamiga qarab, uni qanday moslama yordamida ishlash kerak.ligi va ularni o‘rnatishni, tokarlik dastgohlarida ishlatiladigan iskanalarni ishlatish usullari o‘rgatiladi.
Markazlar yordamida silindrik sirtlarni xomaki yo‘nishni o‘rgatishda yo‘nuvchi iskanani yog‘ochga nisbatan tutish va surishni mashq qildiriladi (1-rasm). Buning uchun yo‘niladigan yog‘ochning ikkala uchidan markazlar belgilanadi va parmalab uya (markaz o‘rni) ochiladi. Yog‘ochning shu uyalariga oldingi va orqa babka markazlari o‘rnatiladi. Dasta yordamida orqa babka pinolini surib ishlanadigan yog‘ochni markazlar orasiga o‘rnatiladi va u bo‘shab ketmasligi uchun pinolni orqa babka korpusiga qotirib qo‘yiladi. Yog‘ochni to‘g‘ri va puxta o‘rnatilganligini tekshirish uchun uni qo‘l bilan aylantirib ko‘riladi. Shuningdek, uning yerkin aylanishini ta‘minlash uchun orqa babka markazmarkaziga bir-ikki tomchi moy tomiziladi yoki solidol surtiladi. Yunish vaqtida tirgakni yog‘ochga yaqin o‘rnatiladi (2- rasm) va yo‘nish davomida uni vaqti-vaqti bilan yaqinlashtirib boriladi. Yog‘och bilan tirgak orasidagi masofa o‘zoqlashsa, iskanani tutib turish qiyinlashadi.
Tirgak hamma hollarda markaz bo‘ycha o‘rnatiladi. Markazdan past o‘rnatilsa, iskanani tutib turish qiyinlashadi, katta kuch talab etiladi. Yuqori o‘rnatilsa, iskana yog‘ochga yaxshi botmaydi, qirindi chiqarish yomonlashadi.
Xomaki yo‘nishda vaqt-vaqti bilan kronsirkul yoki shtangensirkul yordamida yo‘nilayotgan sirtning diametri o‘lchab boriladi va kerakli o‘lchamda ingichkalashtirib yuborilmaydi. Bu vaqtda qirquvchi iskana bilan yo‘nish uchun 2-3 mm qo‘yim qoldirib yo‘niladi.
O‘quvchilar xomaki yo‘nishni mashq qilib ma‘lum malaka hosil qilganlaridan so‘ng sirtlarni silliqlashni o‘rgatishga o‘tiladi. Silliqlash qirquvchi iskana-meysel yordamida bajariladi. Meysellarning eni har xil o‘lchamda bo‘lib, yassi ko‘rinishda bo‘ladi.
Qirquvchi iskana yordamida yo‘nish ishlari bajarilganda tig‘ning o‘tmas burchakli kismidan boshlab eng ko‘pi bilan 2/3 qismi kesishda ishtirok etadi (3-rasm). Tig‘ning o‘tkir burchakli uchi yo‘nish vaqtida kesishda ishtirok yetmasligi kerak. Aks holda tig‘ yog‘ochga botib, sirtning sillshushgini buzadi.
Qavariq sirtlarii hosil qilish vaqtida yo‘nish faqat tig‘ning o‘tmas burchakli qismi bilan, qirqish esa faqat o‘tkir burchakli uchi bilan bajariladi (4-rasm, a). Qirqib tushirishda tig‘ni yuqoriga qaratib tutiladi. Buyum yoki detal tayyor bo‘lgandan so‘ng qirqib tushirishda ko‘ndalang qirqimlarning tekis chiqishi uchun yog‘ochning ikkala uchidan aniq o‘lchamli qilib qalam bilan rejalab olinadi. Rejalash dastgoh yurib turgan vaqtda yoki shpindelni qo‘l bilan aylantirib turib bajariladi.



  1. rasm. Yo‘nish 4-rasm. Tirgakni vaqt-vaqti bilan yog‘ochga yaqinlashtirib boriladi.

Xomaki yo‘nishda yunuvchi iskana-reyer yordamida bajariladi. Ularning eni 6 mm dan 50 mm gacha bo‘lib, nov shaklida bo‘ladi. O‘quv ustaxonalarida har bir dastgohka xomaki yo‘nish uchun eni


30 mm atrofida bo‘lgan bitta va shakldor sirtlarni yo‘nish uchun eni 16,5 mm bo‘lgan ikkinchi yo‘nuvchi iskana bo‘lsa kifoya.




3- rasm. Qirquvchi iskana yordamida yo‘nish.

  1. rasm. Qirquvchi iskana yordamida rejalash va qirqish:


Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish