O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet202/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

yong‗inga qarshi rejim - yong‗in xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yong‗inlar o‗chirilishini ta‘minlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;
yong‗inga qarshi alohida rejim - yong‗in xavfi Yuqori bo‗lgan davrda muayyan hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq yong‗in xavfsizligining qo‗shimcha talablarini belgilash.
Yong‗in va portlashlarning asosiy sabablari:

      • yong‗in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;

      • fuqarolarning loqaydligi, e‘tiborsizligi;

      • elektr simlarining nosozligi va elektr asboblaridan noto‗g‗ri foydalanish;

      • isitish vositalardagi nosozliklar va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;

      • bolalarning o‗t bilan o‗ynashlari;

      • qasddan o‗t qo‗yishlar va boshqa sabablar.

Keyingi vaqtlarda yuzaga kelgan yong‗inlarning tahlili shuni ko‗rsatdiki 35-40 % gacha yong‗inlar odamlarni yong‗inga nisbatan bepisand munosabatidan, 20-25% gacha elektr tarmoqlari yoki elektr asboblari nosozliligidan, 6-12% gacha gaz pechkalarining nosozliligidan, 6-10% gacha bolalarning olov bilan o‗ynashi va 5-8% gacha esa qasddan o‗t qo‗yishdan yuzaga kelmoqda.
Yong‗inning keng tus olishi sabablari:

  • fuqarolarning yong‗in sodir etilganda o‗z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushishlari;

  • yong‗in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‗rsatilgan yong‗inni oldini olish tadbirlarining o‗z vaqtida bajarilmasligi;

  • yong‗in sodir bo‗lgan joylarda va uning atrofida havo haroratining o‗zgarishi;

  • inshootlarni loyihasini ishlab chiqishda yo‗l qo‗yilgan xato va kamchiliklar;

  • inshootlar qurilishida qurilish me‘yorlari va qoidalari hamda davlat standartlariga rioya qilmaslik;

  • yong‗inga qarshi kurashda qo‗llaniladigan vositalarining etishmasligi. Bo‗lar yong‗inning birlamchi keng tus olish omillari bo‗lsa, ikkilamchisi:

    • yong‗in sodir bo‗lgan bino yoki inshoot devorlarining qulab tushishi;

    • portlashlar sodir bo‗lishi;

    • yong‗in sodir bo‗lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi;

    • yong‗inni suv bilan o‗chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi hosil bo‗lishi natijasida portlashlar yuz berishi.

Yong‗in kengligi jihatidan uch to‗rga bo‗linadi:

      • kichik hajmdagi;

      • o‗rta hajmdagi;

      • katta hajmdagi.

Yong‗in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo‗ladi: ochiq alanga va uchqunlar; havo va predmetlardagi Yuqori harorat; yong‗indan paydo bo‗lgan o‗tkir zaharli mahsulotlar, tutun; kislorod miqdorining kamayishi, bino va inshootlarning emirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bo‗lishi; yong‗in bo‗lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi, yong‗in suv bilan o‗chiriiganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz berishi va boshqalar.
Yong‗in vaqti 3 fazaga bo‗linadi:
Birinchi fazada (5 dan 30 daqiqagacha) - harorat sekin ko‗tariladi va fazaning oxirida tez ko‗tariladi. Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‗lib havo etishmasligi natijasida yong‗in kichik miqyosda kechadi, bunda issiqlik yig‗ila borib, keyingi fazaning boshlanishini ta‘minlaydi.
Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‗tariladi (o‗zining «max» qiymatiga erishadi).
Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham chiqishi ko‗zatiladi.
Uchinchi fazada - yonuvchi narsalarning yonib bo‗lishi oqibatida haroratning pasayishi ko‗zatiladi. Yong‗inning tarqalish tezligi ham har hil bo‗ladi. Yog‗ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda 0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar
yonganda 10-15 m/min.ga teng bo‗ladi.
Yonish - yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o‗zaro ta‘sir natijasida bo‗ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon, bunda issiqlik va yorug‗lik nurlarining ajralishi ko‗zatiladi. Demak, yonish jarayonining paydo bo‗lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va oksidlovchilar bo‗lishi zarur.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16% bo‗lganda yonish to‗xtaydi va tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10% ga kamayganda tutash ham to‗xtaydi.
Yong‗in sodir bo‗lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, yorug‗lik kuchlari, alanga va cho‗g‗langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bo‗lishi mumkin.
Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon bo‗lishi mumkin, masalan, taxta, kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, ko‗mir va hokazolar.
Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi.
Yonish paytida hosil bo‗ladigan «Max» harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, qog‗ozda - 510°S, suyuq yoqilg‗ida - 110-1300°S, taxtada - 1000°S, gazli yoqilg‗ida – 1200- 1300°S hosil bo‗ladi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: yonish, alangalanish, o‗z-o‗zidan yonish va o‗z- o‗zidan alangalanish.

  • yonish (o‗t olish) - bu suyuq yoki qattiq materiallarning bug‗ fazasidagi yonishidir. O‗t olish tez yonuvchan (45°S gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (45°S dan Yuqori) bo‗linadi. Tez yonuvchilarga: atseton, skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - mineral suruluvchi moylar, tormoz suyuqliklari kiradi.

  • alangalanish - bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonishda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‗, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati o‗t olish haroratidan ancha baland bo‗ladi.

O‗z-o‗zidan alangalanish - bu yonishga o‗tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga bo‗linadi: alangalanuvchining harorati atrof muhit haroratidan baland bo‗lishi yoki past bo‗lishi mumkin.
Birinchisida materiallarning qizishi natijasida yonadi, ikkinchisida esa qizimasdan yonadi. O‗z- o‗zidan alangalanuvchilarga - yog‗, ko‗mir, torf, somon, sheluxa, yog‗och qipig‗i, sariq fosfor va hokazolar kiradi.
- o‗z-o‗zidan yonish - bu oksidlovchilarning issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlarning faoliyati natijasida materiallarning yonish jarayoni.
Moddalarning o‗z-o‗zidan qizib, o‗t manbai ishtirokisiz to‗liq yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya o‗z-o‗zidan yonish deyiladi. O‗z-o‗zidan yonish harorati past bo‗lgan moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‗z-o‗zidan yonishga moyilligi bo‗yicha to‗rt sinfga bo‗linadi:
Birinchi sinfga tabiiy o‗simliklar (pichan, qipiq, somon) kiradi. 60-70°S da biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‗tib, o‗z-o‗zidan yonish bilan yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga torf va ko‗mir kiradi. Normal haroratda ko‗mir oksidlanib, qizib, o‗zidan o‗zi yonib ketadi. Torf 60°S da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga yog‗ va moylar kiradi. Tarkibida to‗yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‗lgan o‗simlik moyi va yog‗lar oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega.
To‗rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‗z navbatida, uch guruhga bo‗lingan:
Birinchi guruhga havo bilan to‗qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va alyuminiy kukuni, arsin, stibin, fosfin, yog‗och, ko‗mir, kul, metalloorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‗zidan o‗zi yonib ketadi.
Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‗shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‗rg‗oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta‘sirida o‗zidan o‗zi yonadi va portlaydi.
Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko‗rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qilinadi.
Yong‗inlarning sinflari:
A - qattiq yonuvchi moddalar (qog‗oz, yog‗och, rezina, mato va har xil turdagi plastmassalar). V - tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, lak, bo‗yoqlar.
S - yonuvchi gazlar.
E - kuchlanish ostidagi elektr qurilmalar, elektr asbob-uskunalar.
Portlash - bu qisqa vaqtning o‗zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishidir.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‗liq bo‗lgan tashkilotlar portlash xavfi bor tashkilotlar hisoblanib, ularda ma‘lum sharoitlarda portlash sodir bo‗lishi mumkin. Bo‗larga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‗oz, non mahsulotlari, engil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar va ular bilan bog‗liq bo‗lgan barcha muassasalar kiradi.
O‗zbekiston hududida 500 dan ortiq portlash va yong‗in chiqish xavfi bo‗lgan ob‘ektlar mavjud. Portlashning zarar etkazuvchi omillari:

  • zarb to‗lqini;

  • siniq parchalarning sochilishi.

Zarb to‗lqinlari - Yuqori bosimdagi portlashdan hosil bo‗lgan havo to‗lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo to‗lqini tarzidagi va unga qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishiga va sochilishiga olib keladi.
Siniq parchalar – portlash maydonlarida parchalangan buyumlar siniq parchalarining tarqalishi tushuniladi.
Portlatuvchi omillar:

  • kimyoviy (portlovchi moddalar);

  • yadroli (yadroli qurollar);

  • mexanik uslubdagi (Yuqori bosimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi idishlarning yorilishi);

  • elektromagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni va boshqalar);

  • tovushli va boshqa quvvatlar.

O‗zbekiston Respublikasi ―Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida‖gi qonuni va boshqa me‘yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati
2016 yilda yangi tahrirdagi O‗zbekiston Respublikasining ―Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi.
Ma‘lumki, shu vaqtga qadar yong‗in xavfsizligini ta‘minlashga doir normativ-huquqiy baza tarqoq holda bo‗lib, asosan qonunosti va idoraviy hujjatlar bilan tartibga solib kelinayotgan edi. SHu sababli mamlakatimiz hududida yong‗in xavfsizligini ta‘minlash va unga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni qonun yo‗li bilan tartibga solish zaruriyati vujudga keldi.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Moldova hamda Qozog‗iston Respublikasining yong‗in xavfsizligi to‗g‗risidagi qonunlari, mazkur masalaga oid halqaro konvensiya va deklaratsiyalar, O‗zbekiston Respublikasining boshqa halqaro shartnomalari o‗rganilib, ularning muhim jihatlari inobatga olindi.
Ba‘zi Lotin Amerikasi va MDHga a‘zo boshqa davlatlar hududida o‗rmon yong‗inlari sodir bo‗lib turadi. Buning natijasida nafaqat halq xo‗jaligiga, balki atrof-muhitga, atmosferamizning ozon qatlamiga ham jiddiy ziyon etadi. Mazkur masala jahon hamjamiyatining e‘tiborida bo‗lib, 1985 yilda Vena shahrida BMT tomonidan ona zaminimizning ozon qatlamini asrash yuzasidan maxsus konvensiya ham qabul qilingan. Bundan tashqari, BMTning 1972 yilda Stokgolm shahrida o‗tkazilgan konferensiyasi yakunida atrof-muhit muammolariga bag‗ishlangan maxsus deklaratsiyasi qabul qilindi.
SHu ma‘noda, ―Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni nafaqat O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarga mos, ayni paytda halqaro huquqning umume‘tirof etilgan norma va tamoyillari talablariga to‗liq javob beradi.
Mazkur qonun O‗zbekiston Respublikasida yong‗in xavfsizligini ta‘minlashning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilaydi, ushbu sohada davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, tashkiliy-huquqiy va mulk shaklidan qat‘i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
―Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni olti bob va qirq moddadan iborat.
―Umumiy qoidalar‖ deb nomlangan 1-bob to‗rt moddadan iborat. Unda ushbu qonunning maqsadi, huquqiy bazasi, yong‗in xavfsizligini ta‘minlash tizimi belgilab berilgan hamda ―yong‗in‖, ―yong‗in nazorati‖, ―yong‗in profilatikasi‖, ―yong‗indan saqlash xizmati‖, ―yong‗in xavfsizligi‖, ―yong‗in xavfsizligi talablari‖, ―yong‗in xavfsizligi talablarining buzilishi‖, ―yong‗in-texnik mahsuloti‖,
―yong‗inga qarshi rejim‖, ―yong‗inga qarshi alohida rejim‖ degan asosiy tushunchalarning mazmuni bayon etilgan.
―Davlat organlari va boshqa organlarning yong‗in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari. Fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining yong‗in xavfsizligini ta‘minlashdagi ishtiroki. Tashkilotlar hamda fuqarolarning yong‗in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari‖ deb nomlangan 2-bob etti moddadan iborat bo‗lib, ularda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, maxsus vakolatli organning, davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining yong‗in xavfsizligi sohasidagi vakolatlatlarini, shuningdek, tashkilotlar va fuqarolarning yong‗in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.
Fuqarolarning yong‗in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari (11-modda): Huquqlari:
yong‗in kelib chiqqan taqdirda o‗z sog‗lig‗i va mol-mulkining himoya qilinishi; yong‗in tufayli o‗ziga etkazilgan zararning o‗rni belgilangan tartibda qoplanishi;
o‗z sog‗lig‗iga va (yoki) mol-mulkiga zarar etkazgan yong‗inning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish;
yong‗in xavfsizligi masalalari bo‗yicha belgilangan tartibda axborot olish;
yong‗indan saqlash xizmati etib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yong‗inlarni o‗chirish yuzasidan choralar ko‗rish;
yong‗inlarni o‗chirishda yong‗indan saqlash xizmatiga ko‗maklashish;
yong‗in xavfsizligini ta‘minlashda, shu jumladan ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish.
Majburiyatlari:
yong‗in xavfsizligi talablariga rioya qilish;
yong‗inni sezib qolganda bu haqda yong‗indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilish; yong‗indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish.
Fuqarolar o‗ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‗jalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yong‗in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko‗zdan kechirish va tekshirish uchun yong‗in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart.
―Yong‗in xavfsizligini ta‘minlash‖ nomli 3-bobni o‗n to‗rt modda tashkil etadi. Bo‗lar yong‗in xavfsizligini ta‘minlashni tashkil etish to‗g‗risidagi, sohani normativ jihatdan tartibga solish, ishlar bajarish hamda xizmatlar ko‗rsatish, yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish haqidagi, yong‗inni o‗chirishni tashkil etish, yong‗inga qarshi targ‗ibotni tashkil etish va yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‗llashni o‗rgatish, yong‗in xavfsizligi sohasida axborot bilan hamda ilmiy-texnik jihatdan ta‘minlash to‗g‗risidagi, yong‗inni va uning oqibatlarini hisobga olish, tegishli hududlarda yong‗inga qarshi alohida rejim o‗rnatilish, yong‗in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, yong‗in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish haqidagi moddalardir.
―Yong‗indan saqlash xizmati‖ deb nomlangan 4-bobda yong‗indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari, yong‗indan saqlash xizmatining turlari (davlat, idoraviy va ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmatlari), Davlat yong‗in xavfsizligi xizmatining funksiyalari, shu jumladan, uning tegishli shtat lavozimlarida turadigan ichki ishlar organlari xodimlari, maxsus unvonga ega bo‗lmagan va Davlat yong‗in xizmatining operativ lavozimlarida ishlaydigan hamda yong‗inni o‗chirishda bevosita qatnashadigan xodimlardan iborat shaxsiy tarkibga ta‘rif berilgan. Alohida moddalarda Davlat yong‗in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari hamda uning hayoti va sog‗ligi davlat tomonidan sug‗o‗rta qilinishi shartligi belgilab qo‗yilgan. Shuningdek, idoraviy va ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarini hisobga olish, ro‗yxatdan o‗tkazish masalalari ko‗rsatib o‗tilgan.
―Yong‗in nazorati‖ deb nomlangan 5-bob ikki moddadan iborat bo‗lib, yong‗in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat yong‗in nazoratini va idoraviy yong‗in nazoratini amalga oshirish tartibi bayon etilgan.
―Yakunlovchi qoidalar‖ deb nomlangan 6-bobda davlat, idoraviy va ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika ta‘minoti tartibi, nizolarni hal etish tartibi, shuningdek, yong‗in xavfsizligi to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Mazkur qonun MDHga a‘zo davlatlarda xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarga qaraganda, bir muncha ijobiy jihatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida yong‗inga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun yaxlit ko‗rinishga ega bo‗lmay, sohaning texnik qoidalariga bag‗ishlab alohida qonun qabul qilingan. Bizning qonunda esa ushbu masalalar qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi to‗g‗risidagi norma qonunning o‗zida aks ettirilgan.
―Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunini ko‗rib chiqish vaqtida O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Adliya, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti vakillari, olimlar hamda ekspertlardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh ishtirokida keng muhokama qilinib, ularning mulohaza va takliflari ham inobatga olindi.
Mazkur qonun fuqarolarimizning hayoti va sog‗ligini yong‗indan himoyalashning huquqiy kafolatini ta‘minlash bilan bir qatorda, sohaga aloqador jismoniy hamda yuridik shaxslarning faoliyatini qonun yo‗li bilan yanada samarali tartibga solishga xizmat qiladi.
2013 yil 28 mart kuni ―«Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 89-sonli Qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga asosan, ―Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, yong‗inlarning oldini olish va ularni o‗chirish ishida fuqarolarning sa‘y- harakatlarini birlashtirish, muhandis-texnik xodimlarni, ishchi va xizmatchilarni bu ishga keng jalb etish, o‗sib kelayotgan avlodni yong‗in xavfsizligi choralarini qo‗llashga va yong‗in paytida to‗g‗ri harakat qilishga o‗qitish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek idoraviy va ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning zarur tarzda hisobga olinishi va tizimlashtirilishini ta‘minlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:

  1. Yong‗in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‗g‗risidagi Nizom.

  2. Ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‗g‗risidagi Nizom.

  3. YOsh yong‗in o‗chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‗g‗risidagi Nizom.

  4. Idoraviy va ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarini hisob ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi Nizom.

Qarorda, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar aholi punktlari va ob‘ektlarda ko‗ngilli yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarini tashkil etishda hamda ularning faoliyatini yo‗lga qo‗yishda, ko‗ngilli va idoraviy yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarini hisobga olishda, shuningdek umumiy o‗rta, o‗rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi muassasalarida yosh yong‗in o‗chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‗lga qo‗yishda har tomonlama ko‗maklashishlari ko‗rsatib o‗tilgan.
2010 yil 22 sentyabr kuni 261-sonli O‗zbekiston Respublikasining ―Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi.
Aslida bu huquqiy hujjat pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash joriy etilishini, shuningdek, pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi yuzasidan ma‘muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Pirotexnika buyumlari maqsadi va qo‗llanish sharoitlariga ko‗ra, ikki guruhga - maishiy maqsaddagi buyumlar hamda ­maxsus va texnik maqsaddagi ­buyumlarga bo‗linadi.
Darhaqiqat, keyingi yillarda pirotexnika buyumlarining, asosan, maishiy maqsadlardagi pirotexnika vositalarining muomalasi keskin ko‗paydi.
Halqaro hamda milliy tasnifga muvofiq, pirotexnika ­buyumlari birinchi klassga mansub portlovchi materiallar va buyumlarning alohida toifalariga kiritilgan hamda ular fuqarolarning hayoti va sog‗lig‗i xavfsizligini ta‘minlash, jamoat tartibini saqlash va mol-mulkni asrash manfaatlariga bevosita ta‘sir etadi.
Pirotexnika buyumlarining Yuqori darajada xavfliligiga qaramay, ularning asosiy qismi muomalasiga doir masalalar qonunchilik bilan etarli darajada tartibga solinmagan.
Vazirlar Mahkamasining ―Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2004 yil 5 martdagi qarori bilan yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‗yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‗lgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‗llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari ro‗yxati tasdiqlangan edi. Pirotexnika buyumlarining o‗ziga xos farqlanuvchi xususiyatlarga egaligi hisobga olinib, ular ushbu ro‗yxatga kiritilmagan edi.
Bundan tashqari, amaldagi qonun hujjatlarida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasidagi harakatlarning, litsenziyalardan tashqari, boshqa ro‗xsat beruvchi hujjatlar yoxud davlat tomonidan tartibga solishning boshqacha shakllari asosida amalga oshirilishi ham nazarda tutilmagan.
Halqaro tajribani o‗rganish shuni ko‗rsatmoqdaki, qator mamlakatlarda, jumladan, Evropa ittifoqiga a‘zo davlatlar, Kanada, AQSH (ayrim shtatlarida), Rossiya Federatsiyasi, Qozog‗iston Respublikasi, Moldova, Latviya va Estoniyada pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash amalga oshirilmoqda.
Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olib, bu sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadida to‗rt moddadan iborat bo‗lgan mazkur Qonun qabul qilingan. Ushbu Qonunning birinchi moddasi bilan O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi ―Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi‖ deb nomlangan, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‗natish, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‗zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‗zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‗tkazish, shunday harakatlar uchun ma‘muriy jazo qo‗llanilganidan keyin sodir etilgan bo‗lsa, jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 2501 -modda bilan to‗ldirildi.
Mazkur Qonunning ikkinchi moddasiga binoan, O‗zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksi ―Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi‖ deb nomlangan 1851 -modda bilan to‗ldirildi.
Bu moddadagi huquqbuzarliklar to‗g‗risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‗yicha sudlar tomonidan ko‗rib chiqiladi. Negaki, ushbu modda sanksiyasi huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilishni nazarda tutadi.
Mazkur Qonunning uchinchi moddasiga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan ―Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining Ro‗yxati to‗g‗risida‖gi Qarorining birinchi ilovasi ―Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‗q qilish va utilizatsiya qilish‖ mazmunidagi 74-xatboshi bilan to‗ldirildi.
To‗rtinchi modda esa mazkur Qonunning kuchga kirishi tartib-taomilini belgilaydi.
Qisqa qilib aytganda, yangi Qonun pirotexnika buyumlarining muomalasi sohasida davlat tomonidan samarali nazorat o‗rnatilishiga, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning sog‗lig‗ini muhofaza etishga hamda jamoat xavfsizligini ta‘minlashga, shubhasiz, ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‗g‗risida», «Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va xavfsizligi ta‘minlanishini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 2010 yil 25 oktyabrdagi 234-sonli qarori qabul qilindi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish