a - rejalash; b - qirqib tushirish.
Qirqish vaqtida iskananing uchini reja chizig‘idan tashqariroqda yog‘ochga tutib o‘yiladi. So‘ngra yog‘ochning yo‘g‘oning ichkaligiga qarab payraxa chiqarish uchun iskanani rejadan tashqariga burchak ostida tutib qirqish ishi bajariladi (4-rasm, b). Qirqish ishi yog‘ochning diametri 8-10 mm qolgunga qadar davom yettiriladi. So‘ngra iskanani reja chizig‘i bo‘yicha tik tutib, tekis ko‘ndalang qirqim hosil qilinadi. Agar reja bo‘yicha ko‘ndalang qirqim tekis chiqmasa, u holda qirqish ishi takrorlanib, tekis qirqim hosil qilinadi. Buning natijasida detalning uzunligi qisqaradi. Shuni hisobga olib detalning ikkinchi uchini birinchi uchidan tekis qirqim hosil qilingandan so‘ng rejalash ma‘qul. Tekis qirqimlar hosil qilingandan keyin detal markazlardan chiqarib olinadi va yog‘och uchlari iskana bilan qirqib tushiriladi.
O‘quvchilarning qo‘li yo‘nishga kelgandan so‘ng tayyor bulgan silindrik sirtlarni markazlar orasidan chiqarib olmasdan turib qator mashqlar o‘tkazish mumkin. Masalan, pog‘onali silindrik sirtlar, bo‘yinlar, har xil o‘yiqlar xosil qilish mashq qildiriladi.
Silindrik sirtlardan buyum tayyorlashda rejalash qalam yoki sirkul yordamida bajariladi. Qalam bilan rejalashda o‘lcham masshtab lineykasidan olinib, sirkul bilan rejalashda uni oldindan o‘lchamga sozlab olinadi. sirkul yordamida rejalash 5-rasm, a da ko‘rsatilganidek bajariladi.
rasm. Turli xil sirtlarni rejalash va yunish:
a- sirkul yordamida rejalash; b- tik bo‘yinlar hosil qilish; b- pog‘onali sirtlar; g- o‘yiqlar;
d- botiq sirtlar.
Pog‘onali sirtlar yo‘nishda (5-rasm, a) silindrning uzunligiga va tayyorlanadigan pog‘onalarning soniga qarab teng bo‘laklarga bo‘lib rejalab olinadi. Yo‘nishni eng kichik diametrli sirtdan boshlab katta diametrlisiga o‘tish bilan olib boriladi.
Silindrik sirtlarda tik bo‘yinlar (5-rasm, b) hosil qilishda, bo‘yinning uzunligiga qarab, unga mos qirquvchi iskanalar ishlatilib, tik qirqimlar chiqariladi va bo‘yinlar hosil qilinadi.
To‘g‘ri burchakli o‘yiqlar (5-rasm, g) hosil qilishda o‘lchamlar asosida rejalanib o‘yiqlarning o‘rta qismi o‘yilib, reja bo‘yicha burchak ostida payraxa chiqariladi. Ularning chuqurligi kronsirkul yoki shtangensirkul bilan o‘lchab boriladi.
Egri chiziqli o‘yiqlar yoki botiq sirtlar (5-rasm, d) hosil kilishda rejalash aniq o‘lchamlarda bajarilib, yo‘nuvchi iskana yordamida botiq sirtlar hosil qilinadi. Buning uchun eni unga mos yo‘nuvchi iskana tanlanadi. Bu vaqtda iskana tirgak bo‘ylab surilmaydi, balki faqat o‘z o‘qi atrofida burib (aylantirib) turiladi.
Shu tariqa tayyorlanadigan buyum yoki detalning diametriga mos silindrik sirt yo‘nilib, xohlagan shakldagi tashqi shakldor sirtlar hosil qilinadi.
Tashqi shakldor sirtlarni hosil qilishda ularning aniq shaklga keltirib yo‘nilganligini tekshirishda andazalardan foydalaniladi (6-rasm). Bu maqsadda har bir shakldor detal yoki buyum uchun alohida- alohida andaza tayyorlanadi. O‘quvchi yog‘ochga ishlov berayotganda uni andazaga mos keltirishga harakat qiladi. Har bir buyumni ish chizmasi asosida aniq o‘lchamli qilib tayyorlanadi. Shuning uchun andazaga moslash bilan kifoyalanib qolmay, uning o‘lchamlariga ham e‘tibor beriladi.
rasm
Andazalar buyumlarning chizmasi asosida faner, plastmassa, kartondan tayyorlanadi.
Shakldor buyumlarni ko‘plab tayyorlashda andaza keskichlardan ham foydalaniladi. Sirtlar xomaki yo‘nilib andazaga yaqin shaklga keltiriladi, so‘ngra andaza keskich bilan aniq shakl hosil qilinadi.
rasm. Ichki sirtlarni yo‘nish.
Tokarlik-vint qirqish dastgohlari yordamida yog‘ochg‘a ishlov berishda andaza keskichlardan foydalanish ancha qulay, Bunda keskichlar tutkichlarga o‘rnatilib sirtga aniq yo‘naltiriladi va ko‘ndalang support yordamida tegishli masofaga surib, buyumlarning bir xil o‘lchamli chiqishi ta‘minlanadi.
Ryumka patron yordamida yakka tartibda ichki va tashki sirtlarni yo‘nishda tanlangan yog‘ochni patronga sig‘adigan qilib yo‘nib, so‘ngra qoqiladi va vint yoki burama mix yordamida qotiriladi.
Ryumka patronga o‘rnatilgan yog‘ochning tashqi sirtini yo‘nishda, uning uzunlig‘iga qarab orqa babka markazini tirab qo‘yilsa yaxshi bo‘ladi. Tashqi sirtlarni yo‘nib detal tayyorlash markazlar orasida detal tayyorlash kabi bajariladi.
Ichki sirtlar hosil qilishda orqa babkag‘a markaz o‘rniga kerakli o‘lchamdagi parma o‘rnatiladi va parmalash yo‘li bilan teshiklar, uyalar ochiladi. Teshik va uyalarni kengaytirish talab etilgan hollarda ung‘a mos o‘lchamdagi yo‘nuvchi iskanalar bilan yo‘nib ichki sirtlar kengaytiriladi yoki kerakli shaklga keltiriladi.
Ichki sirtlar xosil qilingaidan keyin tashqi sirtlarga ishlov beriladi. Ichki sirtlarni yo‘nishda tirgak shpindel o‘qiga tik yoki burchak hosil qilib o‘rnatiladi (7- rasm).
Qiska o‘lchamli, katta diametrli yog‘och buyumlar planshayba yordamida tayyorlanadi. Ishlov beriladigan yog‘och planshaybaga undan tayyorlanadigan buyumning o‘lchami va shakliga, unga qo‘yiladigan talablarga qarab turli usullar bilan o‘rnatiladi (8-rasm). Disksimon tagliklar tayyorlashda ularning qalinligiga qarab yog‘och planshaybaga unga mos burama mixlar bilan qotiriladi. Burama mixlarni buyumning «bet»ga o‘tib qolishi yoki yo‘nish vaqtida iskanalarga tegib qoladigan bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun burama mixlarni buyumning qalin qismig‘a qotiriladi.
rasm. Planshayba yordamida yo‘nish.
O‘quv ustaxonalarida yog‘och ishlanadigan tokarlik dastgohlarining soni kam bo‘lgan vaqtda yog‘och ishlash uchun tokarlik-vint qirqish dastgohlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu dastgohlarda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq o‘quvchilarni jalb etish va ularning dastgohdaetarli vaqt davomida turli ko‘rinishdagi ishlarni bajarishlariga, yaxshi malaka hosil qilishlariga imkon beradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning yog‘och ishlash vaqtida dastgohni ishga
sozlash, boshqarish, turli xil sirtlarni yo‘nish borasida hosil kilgan malakalari metall ishlashga oson ko‘chiriladi.
Pardozlash. Yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogida tayyorlangan barcha ichki va tashki sirtlar dastgohning o‘zida oson va tez pardozlanadi. Pardozlash tayyorlangan buyumni dastgohdan chiqarmasdan turib bajariladi.
Stanokda tayyorlangan buyumlarning sirti silliq chiqadi. Lekin shunga karamay o‘rtacha va mayin jilvirlar bilan jilvirlanib silliqlanadi. Jilvirlashda dastgohni yurgizib qo‘yib jilvirni yog‘ochga ko‘lda tutiladi yoki taxtachaga o‘rab yog‘och ustida yurgiziladi. Ichki sirtlarni jilvirlashda jilvir qog‘oz tayoqchaga o‘rab tutiladi.
Buyum sirti jilvirlangandan so‘ng bir siqim mayin qirindi olib yog‘och sirtiga bosib silliqlanadi.
Silliqlash tiniq, tovlanadigan sirt hosil bo‘lgunga qadar davom yettiriladi.
Silliqlangan sirtga lok yoki politur surtilib jilolanadi. Buning uchun bir parcha paxtani lok yoki politurga botirib olib aylanib turgan buyum sirtiga tutiladi. Paxtaning qurishiga qarab tez-tez lok yoki politurga botirib olinadi. Agar paxta qurib sirtga yopishib qoladigan bo‘lsa, uning yuziga bir-ikki tomchi paxta moyi tomizib olinadi. Paxtani matoga o‘rash tavsiya ztilmaydi. Mato kurishi natijasida uning tolalary titilib buyum sirtiga yopishadi va sifatini buzadi.
Pardozlash bir tekis tiniq, yaltiroq sirt xosil bo‘lgunga qadar davom yettiriladi. Lok yoki politur surtishda vaqt-vaqti bilan dastgohni to‘xtatib sirtning qurishiga imkon beriladi. Aks holda qurimagan sirtga navbatdagi lok yoki politur qatlami yopishmaydi, balki hosil bo‘lgan parda qatlami shilinadi. Pardozlash tugagaidan keyingina buyum dastgohdan chiqarib olinadi.
Stanoklarda tayyorlangan buyumlarni bo‘yash ham mumkin. Bo‘yoqlarni sirtlarga yoppa yoki halqasimon qilib surtiladi. Bu esa sirtlarni har xil rangly bo‘yoqlar bilan bo‘yab unga sayqal berish imkonini beradi.
Bo‘yash va loklashda ularning markazdan qochirma kuch ta‘sirida dastgohka va pardozlovchiga sachramasligi uchun paxta yoki cho‘tkaga ortiqcha lok, bo‘yoq shimdirmaslik kerak, shuningdek, bo‘yash vaqtida ihota to‘sqich o‘rnatib olinadi.
O‘quvchilar yog‘och ishlanadigan tokarlik stanogini ishga sozlash, boshqarishni o‘rnatib, xomaki yo‘nish va silliqlashga qo‘llari kelgandan keyin ularga ish chizmalari asosida bajariladigan bir qator ishlar topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |