O‟t o‟chirishning muqim (stasionar) va ko‟chma vositalari
quvvatli qilib tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda karbonat kislotali OU-10VSE, OU-20VSE, OU-80VSE (54a-rasm), havo ko‘pikli – OVP-50, OVP-100 (54b-rasm), kukunli OP-100 (8v-rasm) ko‘chma o‘t o‘chirish vositalari qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda qurama, ikki zaryadko‘pik hosil qiluvchi modda bilan suv qorishmasi va kukundan tashkil topgan OK-100 markali ko‘chma o‘t o‘chirish vositasi ham qo‘llaniladi. U yengil yonuvchi va yonuvchan suyuqliklarni, gaz va cho‘g‘lanuvchi moddalarni o‘chirishda ishlatiladi. Ko‘chma o‘t o‘chirish asboblari ishlatilishda biroz noqulaydirlar. Ularni ishga tushirish uchun ko‘pik generatorini, ko‘pik chiqaruvchi klapanni yechib olish,ko‘pik xosil qilish uchun
ichakni chuvatib yechib olish, ballondagi qo‘rg‘oshin tamg‘ani uzib tashlash va dastakni strelka bo‘yicha oxirigacha qaytarish ishlarini bajarish kerak.
Bulardan farqli ravishda, muqim o‘t o‘chirish vositalari yong‘inni o‘chirishda doimo tayyor holda bo‘ladi. Bu ularning katta afzalliklaridan biridir. Hozirgi paytda karbonat kislotali OSU-5, OSU-5P, havo-ko‘pikli OVPU-250; xladonli OS-8M, OS-8MD, OF-40, kukunli OP-250 muqim o‘t o‘chirish uskunalari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Muqim o‘t o‘chirish uskunalari qo‘lda va avtomatik ravishda yong‘in haqida xabar beruvchi asboblar yordamida ham ishga tushirib yuborilishi mumkin. Muqim o‘t o‘chirish uskunasining ishlash uslubi 9-rasmda ko‘rsatilgan.
8-rasm. Ko‘chma o‘t o‘chirgichlar. a-karbonat kislotali; b-ko‘pikli OP-100 ko‘chma o‘t o‘chirish vositasi; v-OP-100 kukunli o‘t o‘chirish vositasi.
O‘t o‘chirishning ko‘chma vositalari avval ko‘rib chiqilgan qo‘l o‘t o‘chirish asboblariga nisbatan
9-rasm. Muqim o‘t o‘chirish uskunasi sxemasi.
.
rasm. Yengil eruvchan metall qulfli sprinklar kallagi. 1-shtuser; 2-bironza halqa; 3-metal diafragma; 4-shisha sharcha-qopqoq; 5-yengil eruvchan metalldan yasalgan qulf; 6- suvni sochib beruvchi rozetka.
Yong‘indan himoya qilinishi zarur bo‘lgan xona 1 shiftiga avtomatik ravishda o‘t o‘chirish uskunasining quvurlari 2, ularga o‘rnatilgan o‘t o‘chiruvchi kallaklari 3 va yong‘in haqida xabar beruvchi vosita 4 bilan xabar beruvchi tarmoq ulangandir.
Xonaning biron yerida yong‘in chiqsa, o‘sha yerdagi xabar beruvchi vositaga ta‘sir qilib va elektr tarmog‘i bo‘ylab buyruq beruvchi apparat 7 ga xabar keladi va bu xabar ijro etuvchi mexanizm orqali ishlatib yuboruvchi uskuna 8 ga beriladi. O‘z navbatida bu uskuna o‘t o‘chirish sistemasi 9 ni ishlatib yuboradi (sxemada azot to‘ldirilgan balonlar ko‘rsatilgan) undagi o‘t o‘chiruvchi modda 6 va 2 quvurlardan o‘tib o‘t o‘chirish kallaklari uchiga yetib boradi. Yong‘in haqida xabar beruvchi vosita 4 ishlagach, bo‘yruq beruvchi apparat 7 yong‘in vahimasi haqida xabar beruvchi uskuna 11 ni ishlatib yuboradi. Muqim o‘t o‘chirish sistemasini ishlatib yuborish, yuqoridagidek avtomatik ravishda hamda 10-qo‘lda yurgazib yuborish boshqarmasi orqali amalga oshirish mumkin.
To‘qimachilik korxonalarida aksariyat yuqorida zikr qilingan o‘t o‘chirish tizimi suv ta‘minoti tarmoqlari bilan ulangan bo‘ladi. Avtomatik o‘t o‘chirish tizimi bilan xom ashyo va tayyor maxsulot omborlari, yigiruv fabrikalarining saralash, chiqindilarni qayta ishlash, changli havoni tozalash xonalari, to‘quv va pardozlash fabrikalarining maxsulot sifatini nazorat qilish sexlari, tayyor maxsulot omborlari va umuman yonuvchi moddalar ko‘p miqdorda to‘planadigan sex yoki xonalarga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |