O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet75/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Kukunli birikmalar. Ular yonayotgan gazlar, yengil alangalanuvchan, yonuvchan suyuqliklar, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarini o‘chirishda ishlatiladi. Ular arzonligi tufayli tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Kukunli o‘t o‘chiruvchi moddalar – bu yaxshi maydalangan meniral tuzlar bo‘lib, tarkibida yopishqoqlikni va qumoqlanib qolishni kamaytiruvchi turli qo‘shimchalar mavjud. Bularning boshqa o‘t o‘chirish vositalariga qaraganda afzalliklari quyidagilardan iborat: o‘t o‘chirish qobiliyatining juda yuqoriligi (xatto goloidlangan uglevodorodlarnikidan ham bir necha marotaba yuqori), universalligi ular bilan xatto suvda, ko‘pikda, gazli yoki golloidlangan moddalarda o‘chirib bo‘lmaydigan materiallar (ishqor hosil qiladigan materiallar, kremniy va metalloorganik aralashmalar)ni o‘chirishi mumkin; turlicha o‘t o‘chirish uskunalarida qo‘llanish imkoniyati va arzonligidir.
Kukunlardan foydalanishda yong‘inni yuqori o‘chirish samaradorligi quyidagi omillarning birgalikdagi ta‘siri hisobiga erishiladi. Bular: yong‘in zonasida kimyoviy reaksiyani ingibirlash (tormozlash); issiqlikni kukun zarrachalarini qizdirishga va qizdirib parchalashga sarflash natijasida yong‘in zonasini sovutish; yonuvchi muhitning kukun zarrachalari va uning parchalangan maxsulotlari bilan aralashtirish va boshqalar. Ko‘pgina modda va materiallar kukun yordamida 5 – 7 soniyada o‘chiriladi.
Kukunli tarkiblarning afzalligi nafaqat ularning yuqori o‘t o‘chirish samaradorligi, balki ularning dielektrik xususiyatlarida ham namoyon bo‘ladi. Bu ularni kuchlanish ostidagi uskunalarni o‘chirishda ham qo‘llash imkonini beradi.
Metalloorganik birikmalarni o‘chirishda SI-2 kukuni ishlatiladi. Uning asosiy qismi freon 114 V2 bilan tindirilgan selikogen zarrachalarni tashkil etadi. Yong‘inga tushgach kukin zarrachalarida alangaga kuchli tormozlovchi (ingibator) sifatida ta‘sir qiluvchi freon ajralib chiqadi. Bu esa ularning kamchiligidir.
Ko‟pik. Yonayotgan yuzaga tushgan ko‘pik uni qoplab olib, kislorod kirishidan to‘sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovitadi. Ko‘pik asosan qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirishda ishlatiladi. Ko‘piklar paydo bo‘lishiga qarab ikki hil bo‘ladi: ko‘pik hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan mehanik aralashtiruv orqali olinadigan havo-mexanik ko‘pik va ishqor eritmasi bilan kislotani aralashishi natijasida paydo bo‘ladigan kimyoviy ko‘pik.
To‘qimachilik korxonalarida yong‘inga qarshi samarali kurashish maqsadida o‘t o‘chirish vodoprovodlari mavjud bo‘ladi. Bu vodoprovod ko‘pincha ho‘jalik-maishiy va ishlab chiqarish vodoprovodi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Bu vodoprovod quvurlariga suv ko‘l, daryo, kanal, suv ombori, artizian quduqlari, shahar vodoprovod tizimi va boshqa manbalardan olinishi mumkin.


4-rasm. Korxona suv ta‘minoti sxemasi.


1-suv manbai; 2-suv chiqarish inshoati; 3-dastlabki suv ko‘targich nasoslari; 4-ikkinchi qayta ko‘tarish nasoslari; 5-suv minorasi; 6-magistral quvurlar; 7-iste‘molchilar; 8-suvni taqsimlash
quvurlari; 9-binoga (korxonaga) kirish.

O‘t o‘chirish uchun mo‘ljallangan suv ta‘minoti manbaning turiga va himoyalanuvchi obyektning harakteriga qarab vodoprovod qurilmalarining soni belgilanadi. Odatda ochiq manbalardan bo‘ladigan suv ta‘minoti murakkab hisoblanadi. Bu sxema o‘z tarkibida suv chiqarish inshoati 2, dastlabki suv ko‘targich nasoslari 3, suv chiqarish qurilmalari, toza suv saqlash havzalari, suvni ikkinchi qayta ko‘tarish nasosi stansiyasi 4, suv bosimi hosil qiladigan minora (suv minorasi) 5, quvurlar va o‘t o‘chirish gidrantlari kabi ko‘pgina qurilmalarni o‘z ichiga oladi (4-rasm).


Ko‘pgina to‘qimachilik korxonalarida o‘tga qarshi suv ta‘minoti korxona xovlisiga qurilgan suv xovuzlaridan olinadi. Suv hovuzlarining hajmi o‘t o‘chirishning mexanik vositalarini 3 soat davomida tinimsiz ta‘minlab turishga mo‘ljallanadi. Ular korxona hududida shunday joylashtiriladiki suv nasozlar ishlatilganda o‘t o‘chirish ichaklari uzunligi 150 m dan, avtonasoslar ishlatilganda esa 200 m dan ortib ketmasligi kerak.
Ma‘lumki, suv korxona vodoprovodi tarmog‘ida bir hilda sarf bo‘lmaydi, suv bilan ta‘minlash nasoslari esa ma‘lum hajmda suv berib turadi. Korxona vodoprovod sistemasida suv sarfini rostlash uchun hamda baland pastligi jihatidan har xil bo‘lgan nuqtalarda bosimni rostlab turish uchun suv minoralari quriladi. Vodorovod sistemasida suv sarfi kam bo‘lganda kelayotgan ortiqcha suv shu suv minorasiga tushadi va aksincha suv sarfi ortiqcha bo‘lganda shu minoradagi zahira suvdan ishlatiladi.
Minoraning idishidagi suv o‘n minutlik uzluksiz ishlatishga yetadigan bo‘ladi. Xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkali suv sarfining 20 % miqdorida, nasoslarni avtomatik ravishda yurgazilganda esa 5 % miqdorida suv zahirasi olinadi. Hozirgi paytda bakdagi suvning sathi pasayishi bilan nasoslarni avtomatik ravishda yurgizib yuborish uskunalari qo‘llaniladi. Bunday hollarda suv minorasidagi suv hajmi 5 minutlik uzluksiz sarflashga hisoblanadi.
Suv minorasining balandligi odatda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Hм Hэб hc  (La Lб ), m (5.1)
bu yerda: Hэб - suvning vodorovod sistemasidagi minimal erkin bosimi, m; hc - suv minorasidan

uchastkaning oxirigacha bosimning pasayishi, m yer yuzasining balandlik belgisi, m.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish