Karbonat angidrid gazi. (SO2-uglerod dioksidi). oddiy holda rangsiz, nordon ta‘mga ega, yonmaydi, aksincha yonishni pasaytiradi, havodan 1,5 martaba og‘irroq, suvda yomon eriydi. Odam organizmi to‘qimalarida oksidlanish maxsuloti sifatida paydo bo‘lib, o‘pkadan og‘iz va burun orqali nafas chiqarish va to‘qimalardan ter orqali chiqarib yuboriladi.
Karbonat angidridning organizmda normal holda bo‘lishi markaziy asab tizimi orqali boshqarib turiladi. Uning havodagi miqdori ko‘payishi bilan organizmdagi miqdori ham asta-sekin oshib borishi kuzatiladi. Zararsiz miqdori 0,04 % ga teng.
Havo tarkibida SO2 ning miqdori 3% bo‘lganda yurak urishi va nafas olish tezlashadi. Organizmning o‘zini bunday tutishi undagi SO2 ning ortiqcha miqdorini chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
Havo tarkibida SO2 ning miqdori 3 % dan ortiq bo‘lganda va undan uzoq muddat nafas olish natijasida organizmda patologik o‘zgarishlar ro‘y beradi, chunonchi markaziy asab tizimi, yurak va nafas olish tizimi hamda modda almashish tizimi ishlarida bo‘zilish holati vujudga keladi. SO2 bosimning oshishini, kislorodning zaharlilik qobiliyatini va azotning narkotik ta‘sirini kuchaytiradi.
Uglerod oksidi (SO) – rangsiz va hidsiz gaz bo‘lib, havodan bir oz yengilroq (1,25 g/l), suvda erimaydi, yaxshi yonadi. Uglerod oksidining zaharlovchi omili uning qon gemoglobini bilan birikib karboksigemoglobin hosil qilishdadir. Bu holatda kishi organizmida kislorod yetishmasligi yuzaga keladi. Organizmning uglerod oksidi bilan zaharlanish darajasi, uning havodagi tarkibiga bog‘liq.
Yong‘in sodir bo‘lgan muhitdagi havoning tarkibi anchagina o‘zgarib, yong‘in natijasida ajralib chiqqan zaharli gazlarning miqdori ko‘payadi, kislorod miqdori esa kamayadi.
Uglerod oksidi ta‘sir etganda, qon kislorod yutish qobiliyatini yo‘qotadi. Nafas olinayotgan havoda SO 0,05% dan oshmasa, kishi bir soat davomida zaharli ta‘sirni sezmaydi. Havo tarkibidagi SO 0,1% dan oshsa bosh og‘rig‘i, qusish, umuman o‘zini yomon his qilish boshlanadi.
Tarkibida 0,5% SO bo‘lgan havodan 20-30 daqiqa nafas olish o‘limga olib keladi. Uning havodagi miqdori 1% ga yetsa 1-2 daqiqada o‘limga olib keladi.
jadval Havo tarkibidagi SO va SO2 ning miqdoriga qarab inson organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
Gaz
|
Havodagi
miqdori, %
|
Inson organizmiga ta‘siri
|
SO
|
0,01
|
Bir necha soat ichida sezilmaydi
|
|
0,05
|
Bir soat ichida sezilmaydi
|
|
0,1
|
Bosh og‘rig‘i boshlanadi, 1 soat ichida ko‘ngil ayniydi
|
|
0,5
|
20-30 daqiqada o‘ldirishi mumkin
|
|
1,0
|
Bir necha marta nafas olgandan keyin hushdan ketish 1-2
daqiqadan so‘ng zaharlanish mumkin
|
SO2
|
1-2
|
Nafas olish mobaynida o‘zgarish sezilmaydi
|
|
4-5
|
Quloqlarda shovqin kuchayadi va nafas olish tezlashadi
|
|
8
|
Bosh og‘rishi va aylanishi kuzatiladi
|
|
10
|
Inson hushidan ketadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |