Tormozlash qurilmasi harakatlanayotgan mashinalarni, uskunalar qismlarini, ko‗tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuklarni tezda to‗xtatish uchun qo‗llaniladi. Ayrim mashinalarning ishchi organlari katta massa va chastotali aylanishga ega bo‗ladi hamda ular o‗z inersiyasi bilan uzoq vaqt aylanishi mumkin. Bu esa o‗z navbatida ularga xizmat ko‗rsatayotgan ishchilarga xavf tug‗diradi.
Shuning uchun ular harakatlanadigan mashinalar eki ularning qismlarini tez tuxtatish, yurish tezligini sekinlatish, bir joyda qo‗zg‗almay turishini taminlash hamda ko‗tarilgan yuklarni uz xolicha tushib ketishini oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Ko‗pgina mashina va mexanizmlarning ishchi azolari katta massaga va Yuqori aylanish tezligiga egaligi sababli, uz enersiyasi hisobiga o‗zoq vaqt aylanishi va bu ishchilar uchun katta xavf keltirib chiqarishi mumkin. SHu sababli, ishchining jarohatlanish xavfi darajasi birinchi navbatda tormoz qurilmalarining ishga tushish vaqtiga bog‗liq bo‗ladi.
Odatda, tormoz qurilmalari gildiraklarga eki uzatmalar kutisining etaklanuvchi valiga o‗rnatilgan bo‗ladi. Gildiraklarga o‗rnatilganda ular gildirak tormozi deb, valga o‗rnatilganda esa markaziy tormoz deb ataladi.
Tormoz qurilmalari tormoz mexanizmi va tormoz yuritmalaridan iborat bo‗ladi. Tormoz mexanizmlarini gidravlik, pnevmatik eki mexanik yuritmalar harakatga keltiradi. Avtomobillardan foydalanilganda tormozlar yaxshi ishlashi uchun tormoz pedalining erkin yuli va tormoz kolodkalari bilan tormoz barabani orasidagi zazorlar rostlanadi.
Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada bo‗lmasligi ta‘minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo‗lishi qiyin yoki mumkin bo‗lmaganda jarayonni masofadan boshqarish usuli qo‗llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining (operator) xavfli zonadan etarlicha masofaga uzoqda bo‗lishi ta‘minlanadi.
Masofadan boshqarish zamonaviy chorvachilik komplekslarida, oson alangalanadigan yoki zaharli moddalar bilan ishlaganda, bug‗li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida, idishlarni bug‗lashda va boshqa joylarda qo‗llaniladi.
Masofadan boshqarishning mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektron va kombinatsiyalashgan tizimlari mavjud.
Mexanik boshqarish uskunalar boshqarish pultidan uncha uzoq bo‗lmagan masofada joylashganda qo‗llaniladi. Agar boshqarish etarlicha uzoqlikdan amalga oshirilishi kerak bo‗lsa boshqarishning boshqa tizimlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |