Erga ulab muhofaza qilish qurilmasi va uning turlari.
Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo‗lishi xavfi bo‗lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat‘iy nazar, uning korpusini erga ulab qo‗yiladi va bu elektr qurilmalarini erga ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Erga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‗lsa uni erga o‗tkazib yuborishdan iborat.
Odam va xayvonlarni el.tokidan jarohlaanishdan saqlashda keng tarqalgan va ishonchli choralaridan biri erga ulashdir - oldindan elektrni er bilan bog‗lash yoki unga mos keladigan tokga ulanmagan uskunalrning metall qismlari, qaysilar tok kuchlanishi ostida bo‗lib qolishi mumkin.
2- shakl. Himoyalovchi erga ulash:
a-tamoyilial chizma; b-erga ulovchi qurilma.
1-erga ulovchi; 2-birlashtiruvchi uzun metall parchasi
Erga ulashni asosiy vazifasi - elektr qabul qiladigan korpusdagi potensialni zararsiz (xavfsiz) darajasiga pasaytirishdir. Elektr qurilmalarni erga ulab muhofaza qilishning asosiy hususiyati, qurilma korpusiga o‗tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‗lmasligini ta‘minlashdan iborat.
Erga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, erga qoqilgan va elektr tokini erga o‗tkazib yuborish uchun mo‗ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‗tkazgich tushuniladi. Erga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‗ladi - bir joyga yig‗ilgan va kontur bo‗yicha joylashtirilgan.
Nolga ulab muhofaza qilish.
Elektr qurilmalarining tok o‗tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‗yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.
Muhofazalovchi nol simi elektr manbai g‗altagining neytral qismlarini mustahkam erga ulash bilan boshlanib uch faza bilan birlikda to‗rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‗ylab tortib boriladi va iloji boricha ko‗proq (ma‘lum masofalarda) erga ulab boriladi.
2- shakl. Nol simga ulash sxemasi
1- tok iste‘molchisi; 2-himoya qurilmasi
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi erga ulab muhofaza qilishniki bilan bir xil, ya‘ni elektr asbobi korpusiga o‗tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash tamoyilini korpusga o‗tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa tutashuv hosil qilish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi. Buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o‗rnatilgan saqlovchi-eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o‗chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib qo‗yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi-eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma‘lum miqdorda oshishiga mo‗ljallab o‗rnatib qo‗yiladi.Saqlovchi qurilmalar yordamida korpusiga tok o‗tkazib yuborayotgan (buzilgan) elektr qurilmasini saqlovchi-eruvchi qurilmalar o‗rnatilganda o‗chirish 5-7 s, avtomatlar yordamida esa 1-2 s davomida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari nolga ulangan qismlar erga qo‗yilgan bo‗lganligi sababli saqlovchi-eruvchi qurilmalar elektr qurilmasini o‗chirguniga qadar ularni erga ulab muhofaza qilish tizimi sifatida kishilarni elektr toki xavfidan saqlab turadi.
Boshqacha aytganda, nolga ulangan elektr tizimida erga ulanganligi sababli kuchlanish xavfsiz darajaga tushib qolgan bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |