Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‗rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‗lib qaraladi:
tok ta‘siridan qutqarish;
birinchi yordam ko‗rsatish.
Tok ta‘siridan qutqarish o‗z navbatida bir necha xil bo‗lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasiga kelayotgan tokni o‗chirishdir.
Agar buning iloji bo‗lmasa (masalan, o‗chirish qurilmasi o‗zoqda bo‗lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‗p bo‗lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‗ochli bo‗lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‗lsa, uning kiyimidan tortib tok ta‘siridan qutqarib olish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‗lsa, u holda dielektrik qo‗lkop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo‗lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Agar jarohatlangan kishi balandlikda bo‗lsa kuchlanishni o‗chirishdan oldin uning xavfsizligini taminlash, yiqilib tushishini oldini olish kerak. Badanning tok tegib yaralangan joyiga quruq sterillangan bog‗lam qo‗yish lozim.
Elektr tokidan shikastlanishning barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar vrachga murojaat qilish lozim.
Elektr ta‘siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‗rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta‘sirlangan kishi xushini yo‗qotmagan bo‗lsa, uning tinchligini ta‘minlab, vrach kelishini kutish yoki tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta‘sirida xushini yuqotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‗lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‗shatish va sof havo kelishini ta‘minlash zarur. Nashatir spirti xidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‗llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo‗lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‗lsa, unda bu kishiga sun‘iy nafas oldirish zarur.
Klinik o‗lim holati yuz bergan taqdirda sun‘iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun‘iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta‘siridan qutqarib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun‘iy nafas oldirish "og‗izdan-og‗izga" deb ataluvchi usul bilan, ya‘ni yordam ko‗rsatuvchi kishi o‗z o‗pkasini havoga to‗ldirib, jarohatlangan kishi og‗zi orqali uning o‗pkasiga bu havoni haydaydi. Odam o‗pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o‗pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‗lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‗zi ochib tozalanadi, havo o‗tish yulini ochish uchun boshini bir qo‗l bilan ko‗tariladi, ikkinchi qo‗l bilan dahanidan tortib, dahanini buyni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko‗krak qafasini to‗ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‗zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko‗rsatayotgan kishi og‗zi bilan, jarohatlangan kishining og‗zini butunlay berkitishi va barmoqlari yordamida uning burnini berkitish kerak.
Shundan keyin yordam ko‗rsatuvchi boshini ko‗tarib, yana o‗pkasini havoga to‗ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi.
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastrumol yoki boshqa sun‘iy nafas berish moslamalari orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun‘iy nafas oldirishni bemor o‗ziga kelguncha davom ettiriladi.
YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun‘iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Qorin bo‗shlig‗idan ko‗krak qafasiga o‗tgandan keyin 2 barmok Yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo‗lni bir-biri ustiga to‗g‗ri burchak shaklida qo‗yib, jarohatlangan kishining ko‗krak qafasi tana og‗irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.
Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo‗lishi kerak. Bunda ko‗krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi.
Massaj qilish sun‘iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko‗rsatayotgan kishi bir o‗zi bo‗lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‗krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo‗lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun Yuqoridagi vazifalarni 2-3 sekundga to‗xtatib, tomir urishi sanab ko‗riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |