O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet45/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Mehnat xavfsizligi - bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta‘sirini butunlay oldi olingan bo‗ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi.
Mehnat muhofazasi bo‗yicha muhim me‘yoriy hujjatlardan biri ―Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi‖dir (MXST).
MXST - bu, mehnat jarayonida insonning sog‗lig‗ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan talablar, me‘yorlar va qoidalarni o‗z ichiga olgan o‗zaro bog‗liq standartlar majmuasidir. U 5 to‗rga bo‗linadi.

  1. Tashkiliy - uslubiy standartlar.

  2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari.

  3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari.

  4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari.

  5. Ishchilarning himoya vositalariga bo‗lgan talablari davlat standartlari. Davlat standartlarida quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi:

  1. Qizil - «man etish», «stop», «yaqqol xavflilik»;

  2. Sariq - «diqqat» «mumkin bo‗lgan xavf to‗g‗risida ogohlantirish»;

  3. Yashil - «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo‗l ochiq»;

  4. Ko‗k - «informasiya».

Davlat standartlaridan tashqari texnika xavfsizligi bo‗yicha bir necha me‘yoriy hujjatlar mavjud.
Hususan:

  1. ―Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‗g‗risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖ O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 286-sonli qarori (06.06.1997 yil).

  2. ―Mehnat sharoitlari bo‗yicha ish joylarini baholash ishlarini o‗tkazish tartibi haqida‖ O‗zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 2/18- sonli qarori (25.02.1993 yil).

Shuningdek, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ob‘ektlarida faoliyat yo‗nalishidan kelib chiqqan holda mehnat muhofazasi bo‗yicha nizom va yo‗riqnomalar ishlab chiqiladi va tegishli buyruqlar bilan tasdiqlanadi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo‗yicha me‘yoriy qoidalarga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o‗z texnik inspektoriga ega.
Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash hisoblanadi.
Hozirgi zamon halq xo‗jalik ob‘ektlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, dastgohlar, ko‗tarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki, bularning hammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma‘lum xavf tug‗dirishi, agar extiyot chora-tadbirlarini belgilab qo‗yilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo‗lishi mumkin.
Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni qirqishda ishlatiladigan dastgohlarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta‘sirida bug‗lanishi havo muhitining ifloslanishiga, shuningdek, havo namligining oshib ketishiga olib keladi. Demak, sexda ishlayotgan har bir dastgoh baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkinligidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning asosiy yo‗llaridan biri ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishdir.
Mexanizatsiyalashtirish ishchilarni og‗ir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa o‗z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Ishchi uchun eng xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg‗alash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi.
Zamonaviy texnologiyalarda ko‗pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo‗lgan ishlar, masalan, eritilgan metallarni har xil qoliplarga quyish, engil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo‗yashga tayyorlash ishlari, bo‗yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlarni bajarishda avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish muhim rol o‗ynaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli tomonlarini belgilaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga keladigan barcha xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni ta‘minlash vositalari bilan jihozlash talab etiladi.
Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta‘minlash uchun uni loyihalashda qanday ish bajarishini hisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o‗rnatilgan muhofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uyg‗unlashib ketishi kerak. SHuni hisobga olish kerakki, muhofaza vositalari iloji boricha ko‗proq masalalarni echishga xizmat qilsin.
Mashina va mexanizmlarning puxta ishlashini ta‘minlashdagi asosiy omillaridan biri, ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik boshqarish, hamda muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jihozlashdir.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish