Mehnat xavfsizligini takomillashtirish va ishchilarni rag„batlantirish. Mehnat haqi mexanizmini har doim takomillashtirish, mukofot berish va oylikka ustama haq to‗lash yo‗li bilan ishchilar rag‗batlantiriladi. Ilg‗or xo‗jaliklarda oylikka ustama haq to‗lash ishchilarga va o‗rta bo‗g‗in rahbarlariga mo‗ljallanadi. Xo‗jalikda chorva va ekin ekish bilan mashg‗ul bo‗lgan qishloq xo‗jaligi xodimlariga toifa, ya‘ni chorvachiliqda va o‗simlikshunosliqsa I yoki II klass masteri (ustasi) toifasi berilgan bo‗lsa, ish haqiga 10-20% miqdorida ustama haq to‗lanadigan holda amalga oshiriladi. Rahbarlar (brigadir, bo‗lim boshliqlari, otryad boshliqlari va boshqalar)ga ustama haq klassiga qarab 30-50 foiz miqdorida maoshiga ko‗shib beriladi. Shuningdek traktorchi-mashinistlarga kasb ustasiga (masterga), ustaxonalardagi ishchilarga ham toifasiga karab ustama haqlar beriladi.
Mehnat xavfsizligi talablarini buzganligi uchun ayrim shaxslarga mukofotlar berilmaydi. Bu tejalgan, ya‘ni berilmagan ish haqi shikastlanishlarning oldini olish sohasida unumli ishlagan rahbar va ish bajaruvchilarga ko‗shimcha mukofotlar tarzida to‗lanadi. Rahbarlar, bosh mutaxassislar va mehnat xavfsizligi bo‗yicha muhandislarga agar ishlab chiqarishdagi yo‗qotishlar ko‗rsatkichi asosiy ko‗rsatkichga nisbatan 20% ga kamaysa, o‗rta bo‗g‗indagi rahbar xodimlar yaxshi mehnat sharoitlari bo‗yicha xo‗jalikda o‗tkazilgan konko‗rsda Yuqori o‗rinlarni egallagan bo‗lsa yoxud uch yil mobaynida avariyasiz, shikastlarsiz va ishlab chiqarishda kasal bo‗lmasdan ishlagan bo‗lsa, xavfsizlik koeffitsienti hisob-kitob qilinganda ularning maoshini 5% ga oshirish ko‗zda tutiladi. Xo‗jalikda mehnat va yong‗in xavfsizligi bo‗yicha ko‗rik-konkurslarda, Yuqori o‗rinlarni egallagan ishchilar markazlashtirilgan rag‗batlantirish fondidan mukofotlanadilar.
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo„yicha o„qitish.
Ishlab chiqarishda faoliyat ko‗rsatadigan har bir ishchi va xodim uziga berkitilgan ishni xavfsiz bajarishi uchun chuqur bilimga ega bo‗lishi zarur. Buning uchun esa ularni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‗yicha malakali o‗qitish talab etiladi.
Ishlab chiqarishdagi barcha ishchilar ishlab chiqarish ishlarining xarakteri va xavfsizilk darajasidan kat‘iy nazar mehnat xavfsizligi bo‗yicha o‗qitilib, bilimlari tekshirilib qurilgandan keyin ishga ro‗xsat etiladi. Ishchilarni mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‗yicha o‗qitish ularga yo‗riqnomalar (instruktajlar) utish orqali amalga oshiriladi.
Mehnat xavfsizligi bo‗yicha yo‗riqnomalar o‗tkazish va malaka oshirish mehnat muhofazasiga o‗qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo‗yicha namunaviy Nizomda (№272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, insitut, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, birlashma, assotsiatsiya, korporatsiya, holding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat‘iy nazar malaka talablari hajmida
ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muxandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |