O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag„ bilan ta‟minlash



Download 4,58 Mb.
bet38/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag„ bilan ta‟minlash.


Mehnat muhofazasi bo‗yicha chora-tadbirlarni rejalashtirishdan maqsad ishlovchilar uchun ish sharoitlarini mehnat kodeksidagi qoida, me‘yor, standartlar, direktiv organlarning qarorlariga asoslanib oqilona yo‗llarini aniqlash va amalga oshirishdir. Rejalashtirishni Davlat nazorati va mehnat bo‗yicha texnik inspeksiya organlari farmoyishlarini, o‗tgan yillar ichida sodir bo‗lgan jarohatlarning sabablarini va tahlil natijalarini, mehnat xavfsizligiga ajratilgan mablag‗ni o‗zlashtirish va ishlab chiqarishda sodir bo‗lgan baxtsiz hodisalar bo‗yicha hisobotlarni, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‗qotganlar to‗g‗risidagi tahlil natijalarini, sharoitlarni yaxshilash kompleks rejalarining bajarilishi bo‗yicha hisobotlarni va mehnat xavfsizligi va sanitariya-sog‗lomlashtirish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Rejalashtirishda quyidagi rejali ko‗rsatkichlarning yutuqlariga: zararli mehnat sharoitlarida va og‗ir jismoniy mehnat sharoitida ishlovchilarni va ob‘ektlar sonini qisqartirilishiga e‘tibor beriladi. Rejalar davriy (bir martali, yakka), tezkor (o‗n kunlik, chorak), kundalik (yillik) va perspektiv (besh yillik) bo‗ladi. SHu rejalarni ishlab chiqish xo‗jalik rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Rejalashtiruvchi asosiy hujjatlarga mehnat sharoitlarini, mehnat xavfsizligi va sanitariya-sog‗lomlashtirish chora- tadbirlarining besh yillik kompleks rejalari kiradi.
Birinchi navbatdagi yoki birinchi darajali tadbirlarga quyidagilar - xavfli va zararli uskuna, jarayonlarni o‗zgartirish va takomillashtirish hamda ularga masofadan turib avtomatik boshqarishni tatbiq etish, ishchilarni ko‗l mehnatidan halos qilish kiradi. Agar qilinayotgan xavfsizlik choralari Yuqoridagi tadbirlarni ta‘minlamasa, u holda mehnat xavfsizligi rejasiga ikkinchi darajali tadbirlar kiritilishi lozim, texnik qurilmalar va jamoatchilik bilan himoyalanishni qo‗llashga qaratilgan avtomatik nazorat va signalizatsiya tizimini qo‗llash, dam olish, mehnat qilish tartibini ishlab chiqarishga oqilona tatbiq etish va gipodinamiyani, og‗ir, hamisha bir xil mehnatni yo‗qotish, tashqi muhit omillarini me‘yorda saqlab turishini ta‘minlovchi qurilma va tizimlarni qo‗llash; xavfsiz mehnatni targ‗ibot etish va o‗qitishni takomillashtirish, zararli va xavfli mahsulotlarning chiqindilarini o‗z vaqtida zararsizlantirish va chiqarib tashlash, uskunalarni xavfsiz joylashtirish.
Agar talab qilinadigan mehnat sharoitlari birinchi va ikkinchi darajali talablar bilan ta‘minlanmasa, u holda vaqtinchalik mehnat xavfsizligi rejasiga uchinchi darajali tadbirlar kiritiladi. Ularga quyidagilar kiradi: xavfli va avariya holatlari sodir bo‗lganda ishchilar tomonidan rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinligini ta‘minlash bo‗yicha tadbirlar kiradi, xavfni kamaytirish yoki yo‗qotish bo‗yicha xizmatchilarni sanitariya-maishiy me‘yorlar bilan ta‘minlash, ya‘ni ularni maxsus kiyimlar va boshqa shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish.
Mehnatni muhofaza qilishni mablag‗ bilan ta‘minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qati nazar jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag‗lari boshqaruv va nazorat idoralarini saqlash, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyaviy ta‘minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun
foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‗larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonaning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir ko‗shimcha chiqim qilmaydilar.
Korxonalar o‗zining xo‗jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish hukuqiga ega. Mehnatni muhofaza qilish fondiga qaratiladigan foydaga soliq solinmaydi.
Mehnatni muhofaza qilishga mo‗ljallangan mablag‗larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas. Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‗zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi. Qishloq xo‗jaligida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni xo‗jalik ma‘muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo‗mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko‗p yillik rejalardan tashkil
topadi.
Mehnatni muhofaza qilinishini moliyaviy ta‘minlash, O‗zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risidagi qonunining 11- moddasi asosida amalga oshiriladi.
Qonunda ko‗rsatlgan talablar asosida mehnat muhofazasiga doir tadbirlar qo‗yidagi mablag‗lar hisobiga ta‘minlanadi:

  • davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag‗lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg‗armasi,

  • ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg‗armasi hamda xo‗jalik jamgarmasi;

  • agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‗lsa – amortizatsiya jamg‗armasi;

  • agar harajatlar kapital harajatlar bo‗lsa - asosiy faoliyat, tarmoq va umumharajat mablag‗lari;

  • yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar;

O‗ta zararli ishlab chiqarishda band bo‗lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq- ovqat mahsulotlarini bepul berish ko‗zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o‗rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi.
Tibbiy profilaktika chora-tadbirlarini tashkil qilish. O‗zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risidagi Qonunning 17-moddasiga asosan, korxona sog‗liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasb va ishlab chiqarish xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida mehnat shartnomasiga amal qiladigan davrda vaqt-vaqti bilan tibbiy ko‗riqdan o‗tkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy ko‗riklardan o‗tishdan bosh tortishga haqli emaslar. Xodimlar tibbiy ko‗rikdan o‗tishdan bosh tortsalar yoki o‗tkazilgan tekshirish natijalari bo‗yicha ―tibbiy komissiya‖lar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar ma‘muriyat ularni ishga ko‗ymaslik xuquqiga ega. Agar xodim, o‗zining salomatligi yomonlashishini mehnat sharoiti bilan bog‗liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko‗rik o‗tkazilishini talab qilish xuquqiga ega.
Qishloq xo‗jalik xodimlarini davolash va sog‗lig‗ini ta‘minlash tadbirlari. Noqulay mehnat sharoiti xizmatchilarni tez-tez shamollash, bronxint va ang‗ina, radikulit va polinervalgiya, nafas olish a‘zolari
va terini allergik kabi kassalanishlarga olib keladi. Bunday mehnat sharoitlarini yaxshilash va xizmatchilarni xavfsizlini ta‘minlash quyidagi usullarda ta‘minlanishi mumkin:

  • noqulay ish sharoitlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonidan keng foydalanish;

  • binolarini ichini me‘yoridan ortiq qizib ketmaslik shamollatish va havoni namlovchi qurilmalar o‗rnatish;

  • binolarni isitishda ochiq gazdan foydalishni cheklash va quvurli hamda kaloroiferli isitish tizimidan foydalanish;

  • ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini tashkillashtirish;

  • ovqatlanish rejimiga doimiy ravishda rioya qilish, kishi organizmining zararli kimyoviy moddalarga qarshilik ko‗rsatishi ortadi, masalan, tarkibida kraxmal va jelatin bo‗lgan ovqatlar zaharli kimyoviy moddalarning kasal uyg‗otuvchi ta‘sirini kamaytiradi, natijada ular organizmga kam singadi.

O‗zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish tug‗risidagi Qonunning 17-moddasida majburiy meditsina ko‗riklar haqida tuxtalgan.
Davriy ko‗riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch oydan sung, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko‗rsatilgan ko‗riklardan tashqari transport vositalarining haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin tibbiy ko‗rikdan o‗tadilar. Kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi- profilaktik ovqatlanishga keng o‗rin berilgan, bu esa zararlar ta‘sirini yo‗qotish maqsadida olib boriladi. Aynan xuddi shu masala O‗zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodeksida o‗z aksini topgan.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish