Baxtsiz hodiasalar bo„yicha tekshiruv o„tkazish, hisobga olish va hisobot berish. Ishlab chiqarishda sodir bo‗ladigan barcha baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286- sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan olib boriladi.
Tekshirish va hisobga olishga korxonada va uning tashqarisida ish vaqtida yuz bergan qo‗yidagi baxtsiz hodisalar kiradi - jarohatlanish; zaharlanish; kuyish; cho‗kish; elektr toki va yashin urishi; o‗ta issiq yoki o‗ta sovuq harorat ta‘siri; portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalarning buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan jarohatlanishlar; tabiiy ofatlar (er qimirlashlar, upirilishlar, suv toshqini, to‗fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari; kasb kasalliklari (sog‗liqni saqlash vazirligi o‗rnatgan va tasdiqlagan ko‗rsatmalar bilan tekshiriladi); agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo‗lmagan holda yo‗qotilsa (H-1 shakldagi dalolatnoma to‗ldirilib qayd qilinadi va bu dalolatnoma 4 nusxada to‗ldiriladi va 45 yil arxivda saqlanadi); ish bilan ta‘minlovchi topshiriq bermagan bo‗lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko‗zlab qandaydir ishni amalga oshirayotganda; avtomobil, temir yo‗l, havo yo‗llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo‗l harakati hodisasi natijasi; korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o‗zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda; ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo‗lganda; shanbalik (yakshanbalik) o‗tkazilayotganida, qaerda bo‗lishidan kat‘i nazar, korxonalarga otaliq yordami ko‗rsatilayotganda; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyatliligi tibbiy xulosaga muvofiq kamida bir kunga yo‗qotilsa.
Mehnatni muhofaza qilish tug‗risidagi Qonunga binoan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
bir vaqtning o‗zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar; o‗lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; oqibati og‗ir baxtsiz hodisalar.
guruhiy o‗lim bilan tugagan yoki og‗ir baxtsiz hodisa to‗g‗risida ish bilan ta‘minlovchi darhol tubanda keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga - Davlat mehnat texnika nazoratchisiga, mutasaddi xo‗jalik organiga, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat va shahar mehnat boshqarmasiga, baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga, baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga, O‗zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga, «O‗zsanoatkon texnazorat» Davlat ko‗mitasining mahalliy organiga, agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo‗lsa, viloyat kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa to‗g‗risida xabar berish sxemasi
Korxona, Yuqori turuvchi xo‗jalik organi, vazirlik, korporatsiya, uyushma, konsern nomi.
Hodisa yuz bergan sana, vaqt, joy, bajarilayotgan ish va baxtsiz hodisa yuz bergandagi holatning qisqacha tavsifi.
Jabrlanuvchilar, shu jumladan, halok bo‗lganlar soni.
Jabrlanuvchi (halok bo‗lgan)ning ism-sharifi, yoshi, kasbi, lavozimi.
Xabar yuborilgan sana, vaqt, xabarni imzolagan shaxsning ism-sharifi, lavozimi. Baxtsiz hodisalar to‗g‗risida hisobot va ularning kelib chiqish sabablari tahlili:
H-1 shaklidagi dalolatnoma bo‗yicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobga kiritiladi va shunga asosan ish bilan ta‘minlovchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar chog‗ida jabrlanuvchilar to‗g‗risida statistika organi tasdiqlagan shakllarda hisobot tayyorlaydi va uni tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilishi, ularning mehnat jamoasida ko‗rib chiqilishini ta‘minlashi va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir.
Mehnat muhofazasi bo‗yicha hisobot berish tartibi
Xo‗jalik ma‘muriyati H-1 dalolatnomasiga asoslanib baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanganlar bo‗yicha, yarim va bir yillik hisobotni O‗zbekiston Respublikasi Markaziy statistika boshqarmasi belgilagan (7-TVH) formaga asosan tuzadi. Ishlab chiqarishda sodir bo‗lgan baxtsiz hodisalar bo‗yicha hisobotga xo‗jalik rahbari va kasaba uyushmasining vaqili ko‗l ko‗yadi.
Kasaba uyushmasi o‗z yig‗ilishida xo‗jalik rahbarining ishlab chiqarishda sodir bo‗lgan baxtsiz hodisalarni yo‗qotish sabablari va profilaktika chora-tadbirlari nazorat qilinishi to‗g‗risidagi ma‘ruzasi tinglanadi. Baxtsiz hodisalar kasaba uyushmasining yig‗ilishida, sexda, bo‗limlarda va kasaba
guruhlarida muhokama qilinadi. Og‗ir yoki o‗lim bilan tugagan guruhiy baxtsiz hodisalar tuman, viloyat va respublika kasaba uyushmalari ko‗mitasida hamda xo‗jalik organlarida muhokama qilinadi.
Mehnat xavfsizligining holati bo‗yicha hisobot profilaktika ishlari, shikastlanksh va kasallanish haqidagi axborot manbalari asosida tuziladi. Bunday axborot manbalariga quyidagilar kiradi: «Ish sharoitlarini yaxshilash kompleks rejasi, mehnat xavfsizligi va sanitariya davolash chora-tadbirlarini bajarilishi bo‗yicha hisobot» (forma № 1 -T yillik); «Vaqtinchalik ishga yaroqsizlik tufayli ishga chiqmagan kunlar soni, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanuvchilarga va mehnat xavfsizligining chora-tadbirlariga ketgan harajatlar bo‗yicha hisobot» (forma №7-T VN-yillik);
«Qishloq xo‗jaligi xodimlarining kasb kasalliklari bo‗yicha hisobot» (forma № 43-qx); «Jamoa shartnomalarini tuzish va bajarilishi bo‗yicha hisobot» (forma № 1-j.sh.)
Ish bilan ta‘minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‗g‗risidagi H-1 shakldagi dalolatnomani berish tartibi mehnat kodeksining 222-moddasida o‗z aksini topgan.
Kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‗rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me‘yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‗lgan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshirish asosida olib boriladi:
Bir vaqtning o‗zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guro‗hiy baxtsiz hodisalar;
O‗lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
Oqibati og‗ir baxtsiz hodisalar.
Guro‗hiy o‗lim bilan tugagan yoki og‗ir baxtsiz hodisa to‗g‗risida ish bilan ta‘minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga:
Davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
Muttasaddi xo‗jalik organiga;
Qorakalpog‗iston Respublikasi Mehnat vazirligiga;
Viloyat va shahar mehnat boshqarmasiga;
Baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;
Baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga;
«O‗zsanoatkontexnazorat» Davlat qo‗mitasining mahalliy organiga va agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo‗lsa, viloyat kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak.
Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to‗lanadigan pulning miqdori jabrlangan odamning o‗rtacha oylik ish haqiga bog‗liq, uni kasbiy qobiliyatini yo‗qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish komissiyasi xulosasini hisobga olgan holda ma‘muriyat tomonidan belgilanadi. Mehnat mayibligi tufayli belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risidagi qonunning 28 moddasi talablari asosida amalga oshiriladi.
Agar xodim vafot etgan hollarda, ish bilan ta‘minlovchi marhumning qaramog‗ida bo‗lgan mehnatta qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o‗n olti yoshga to‗lmagan yoki vafot etgan kunga qadar undan ta‘minot olish huquqiga ega bo‗lgan shaxslarga, marhumning vafotidan keyin tug‗ilgan farzandiga, shuningdek ota-onasidan biriga, umr yo‗ldoshiga yoki oilaning boshqa a‘zosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga etmagan bolalari yoki nevaralarining parvarishi bilan band bo‗lsa, zararni to‗lashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |