Psixofiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari:
fizik (statik va dinamik) va asabiy zo‘riqishlar (miya, quloq, ko‘z va boshqa a‘zolarning zo‘riqib ishlashi).
Inson faoliyati bilan bog‘liq xavflar ikki muhim sifatga ega:
ular yashirin xarakterga ega (xavf bo‘lishi mumkin, lekin zarar keltirmasligi mumkin) va, 2-ta‘sir doirasi cheklangan bo‘ladi.
Tavakkal tushunchasi.
Tavakkal – ma‘lum bir davrda insonning aniq bir faoliyati tufayli shakllangan xavflarni (o‘lim hodisalari soni, kasallanish soni, ishga yaroqsizlik (nogironlik) soni va h.k.) ma‘lum bir aholi (ishlovchilar) soniga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikdir. Aniq bir xavf bo‘yicha tavakkalning qiymatini baxtsiz hodisalar, kasallanishlar va h.k.lar soni bo‘yicha turli vaqt birligi; smena, sutka, xafta, oy, kvartal, yil bo‘yicha hisoblash mumkin. ―Tavakkal‖ hozirgi paytda ko‘proq ishlab chiqarishdagi nohush omillarning ta‘sirini baholashda ishlatilmoqda. Chunki tavakkal xavfning miqdoriy bahosi bo‘lib, undan korxonada mehnat muhofazasini, baxtsiz hodisalar va kasallanishlar tufayli ko‘rilgan iqtisodiy zararni baholashda hamda korxonada ijtimoiy siyosat tizimini shakllantirishda foydalanish mumkin (badal va imtiyozlar bilan ta‘minlash).
Ishlab chiqarishda jarohat va kasallanishlar noksosfera bilan gomosfera bir–biri bilan kesishgan holdagina bo‘lishi mumkin.
Noksosfera – doimo xavf mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zona. (Masalan, uskuna qobig‘ining ichki qismi).
Gomosfera – inson faoliyati zonasi (ish zonasi). Ishlab chiqarish sharoitida tavakkal ikki xil:
shaxsiy va
jamoa turlarga bo‘linadi.
Shaxsiy tavakkal aniq bir shaxs uchun ma‘lum faoliyat turi uchun xavfning amalga oshishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda bizda qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish jarohatlarini tadqiq qilishni statistik usuli (chastota koyeffisiyenti, og‘irlik koyeffisiyenti) shaxsiy tavakkalning ifodalanishidir.
Jamoa tavakkal – ikki va undan ortiq kishini xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari tufayli jarohatlanishi yoki vafot yetishidir.
Xavfni baholashda tavakkal usulini qo‘llash mutaxassislarning fikricha, faqatgina bir korxona yoki bir tarmoq ichidagi korxonalarni taqqoslash, balki turli iqtisodiy tarmoqlarni va ish turlarini taqqoslash, ijtimoiy afzalliklarini isbotlab berish imkonini ham beradi. Bu esa barcha sohalarda ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklarni kamayishiga, mehnat sharoilarining yaxshilanishiga pirovard natijada jamiyatni sog‘lomlashtirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |