Mavzu: METALLARGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARIDA MEXANIK ISHLOV BERISH TEXNOLOGIK JARAYONLARIDA XAVFSIZLIK CHORALARI
Reja:
Metallarga ishlov berish dastgohlari haqida qisqa ma‘lumot;
Metallarga ishlov berish jarayonida xavfsizlik choralari;
Metallarga ishlov berish dastgohlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.
Tayanch iboralar: Chilangarlik, dastaki va mexanizasiyalashtirilgan asboblar, Tokarlik-vintqirqar dastgohi, parmalash dastgohi, plita, asos, rukav, ko‘tarish mexanizmi, spindel kallagi, boshqarish pulti.
Chilangarlik o‘quv ustaxonasida bajariladigan ishlar va uni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad, chilangarlik kasbi haqida, ustaxonada rioya qilinadigan umumiy tartib, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalari, o‘quv ustaxonasining jihozlari, chilangarlik ish o‘rni va uni tashkil etish to‘g‘risida umumiy tushunchalar beriladi. Chilangarlik kasbi deganda dastaki va mexanizasiyalashtirilgan asboblar bilan bajariladigan hamda moslash maromiga yetkazish, xar xil qismlarni yig‘ma birliklar, komplektlar va komplektlarga biriktirish hamda ularni rostlash yo‘li bilan ko‘pchilik buyumlarni tayyorlash tugallaydigan ishlar tushiniladi.
Tokarlik-vintqirqish dastgohlari. Tokarlik-vintqirqar dastgohi asosiy tokarlik jarayonlarini hamda silindr va konussimon yuzalarni ochish, toreslarni qirqish, parmalash va rezba ochish uchun mo‘ljallangan. Maktab ustaxonalarida, asosan, TV–6 va TV–7 rusumli tokarlik-vintqirqish dastgohlari ishlatiladi. Dastgoh himoyalash moslamalari bilan jihozlangan. Dastgohda ishlovchini metall qirindilari
sachrashidan himoyalovchi yekran o‘rnatilgan bo‘lib, agar u tushirilmagan bo‘lsa, dastgoh ishga tushmaydi.
1-rasm. TV–6 tokarlik vintqirqish dastgohi:
1 – old tumba; 2 – boshqarish tugmalari; 3 – yuritish valigi va yuritish vintini ishga tushirish dastagi; 4 – uzatish kattaligi va rezba qadami kattaligini o‘rnatish dastagi; 5 – uzatmalar qutisi; 6– oldingi babka; 7 – uzatma yo‘nalishini o‘zgartirish dastagi; 8 va 9 – shpindel aylanish chastotasini
o‘rnatish dastagi; 10 – keskich kallagini o‘rnatish dastagi; 11 – ketingi babka pinolini o‘rnatish dastagi; 12 – ketingi babkani yo‘naltiruvchi staninaga o‘rnatish dastagi; 13 – ketingi babka; 14 – ketingi babka pinolini surish dastagi; 15 – supportning yuqori salazkalarini qo‘lda surish dastagi; 16 – ko‘ndalang salazkalarni surish dastagi; 17 – reykali shesternyani ishga tushirish dastagi; 18 – stanina; 19 – yuritish vinti gaykasini ishga tushirish dastagi; 20 – ko‘ndalang mexanik uzatmani ishga tushurish dastagi; 21 – qo‘lda bo‘ylama uzatish dastagi; 22 – orqa tumba; 23 – fartuk; 24 – support.
Parmalash dastgohi yordamida detallarni teshish hamda o‘yish ishlari bajariladi. Turli shakldagi parmalash ishlarini bajarishda tik parmalash, yotiq parmalash, agregatli parmalash kabi dastgohlardan foydalaniladi.
Yirik sanoat korxonalarida parmalash ishlari kompyuterlashtirilgan avtomat liniyalarda raqamli dasturli dastgohlar va sanoat robotlarida bajariladi. Bu kabi dastgohlarda yuqori malakali parmalovchilar va sozlovchilar ishlaydi. Ular ishlov beriladigan metallar hamda kesuvchi asboblar materiallarining xossalarini, parmalash dastgohlari va boshqa uskunalarning tuzilishi hamda ishlash tartibini yaxshi bilishlari, dastgohlarni sozlash va rostlash ishlarini bajara olishlari, ularning ishlashdagi nuqsonlarini bartaraf etish va sozlay olishlari lozim.
2- rasm. Parmalash dastgohlari.
Parmalash jarayonida aniqlikni ta‘minlash maqsadida ishlov beriladigan detalni parmalash dastgohining stoliga mahkam qilib o‘rnatiladi. Buning uchun turli moslamalardan foydalaniladi. Ular ichida eng ko‘p tarqalgani boltli tutqich, mashina tiskalari (vintli, yekssentrikli, pnevmatik), prizma, tirgak, burchaklik, konduktor va boshqalardir. Mahkamlash uchun tutqichlar to‘rt xil - barmoqsimon, vilkasimon, taxtali va yegilgan shaklda bo‘lishi mumkin. Katta bo‘lmagan detalni taxtaga ishonchli qilib mahkamlashda bir tutqich kifoya, yirik detallar uchun esa ikki va undan ortiq tutqich kerak bo‘ladi.
Barcha turdagi parmalash dastgohlarining stollari shakldagi o‘yiqlarga ega. Ulardan stol va zagotovkani bolt bilan mahkamlab qo‘yish uchun foydalaniladi. Oddiy mahkamlash ishlarida kvadrat kallakli boltlar ishlatilib dastgoh stolini o‘yiqlarning istalgan joyiga siljitish mumkin. Zagotovkalarni parmalash dastgohiga o‘rnatib bo‘lmaydigan hollarda burchakliklar qo‘llaniladi.
3- rasm. Radial parmalash dastgohlari.
1-plita; 2-asos; 3-rukav; ko‘tarish mexanizmi; 5-spindel kallagi; 6-boshqarish pulti; 7-stol.
Frezalash dastgohlari. Maktab ustaxonalarida vertikal va gorizontal yuzalarga silindrik, diskli, burchakli, uchli va fason frezalar yordamida ishlov berishda gorizontal-frezalash dastgohlar qo‘llaniladi (4-rasm).
Dastgohning stoli ko‘ndalang va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlana oladi.
Yelektr uskunalar staninaning pastki qismida joylashadi va quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: elektrodvigatel; magnit ushlagich; transformator; klemma kolodkalari; saqlagichlar; o‘chirib yondiruvchi element; tugmali boshqaruv elementlar.
4- rasm. Gorizontal frezalash dastgohi.
Metallarga ishlov berish jarayonida xavfsizlik choralari.
Texnikalarni ta‘mirlashda turli xil metall kesuvchi jihozlar va dastgohlardan, jumladan, tokar, parmalash, frezerlash, charxlash va silliqlash dastgohlaridan keng foydalaniladi.
Metallarga ishlov berish dastgohlari bilan ishlash jarayonida sodir bo‘lgan jarohatlanishlarning tahlili, ular asosan xavfli me- xanizmlarda to‘siqlarning bo‘lmasligi, nosoz jihozlardan va oslamalardan foydalanish, metallqirindilar hamda charxlash va silliqlash charx toshlarining abraziv zarralarini
otilishi, belgilangan kesish rejimining buzilishi, elektr tokidan foydalanish qoidalariga rioya yetmaslik oqibatida kelib chiqishini ko‘rsatadi. Metallarga ishlov beruvchi barcha dastgohlarda ishlashda birinchi navbatda ishchi maxsus kiyim-bosh bilan ta‘minlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |