O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet133/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

O‘quv ustaxona binosining yetarli darajada yoritilishi. Ustaxona binosi uning joylanishiga qarab tabiiy yoki sun‘iy yo‘l bilan yetarli darajada yoritilishi kerak. Yoritilish tabiiy bo‘lgan holda yorug‘likning binoga sharq, janub, g‘arb, sharqi-janubiy yoki janubi-g‘arbiy tomonlardan tushgani yaxshi. Ustaxona binosining tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishini ta‘minlash maqsadida deraza romlarining katta va yetarli bo‘lishi talab etiladi. Deraza romlarining umumiy yuzasi pol yuzasining 1:4 qismiga teng bo‘lishi yetarli hisoblanadi, bundan kam bo‘lgan hollarda qo‘shimcha sun‘iy yorug‘lik bilan ta‘minlanadi.






  1. rasm. Chilangarlik dastgohlarini joylashtirishning taxminiy rejasi:

1 - yozuv stollari (yoki partalar), 2 - chilangarlik dastgohlari.

Xonalarni sun‘iy yo‘l bilan yoritishda har bir ish o‘rniga tushadigan yorug‘likning 200...150 lyuks bo‘lishi kifoya qiladi. Ish o‘rinlari tabiiy yoki sun‘iy yo‘l bilan yoritilishidan qat‘i nazar, ish o‘rinlarini joylashtirishda yorug‘likning old yoki o‘ng tomonidan yoki tik tushadigan bo‘lishiga e‘tibor beriladi. Bu maqsadda chilangarlik ish o‘rinlarini sun‘iy yorug‘lik bilan yoritishda ularning joylanishiga qarab


yoritgichlarni shipga, devorlarga yoki har bir ish joyiga maxsus tutqichga o‘rnatiladi. Bunda kunduzgn yorug‘lik beradigan yoki armaturali lampalardan foydalanish o‘rinlidir.

  1. Ustaxona binosining isitilishi. O‘quv ustaxonasida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlarda maxsus kiyim kiyib ish qilishni hisobga olib, yil faslining turli davrlarida xona haroratining 16...20° o‘rtasida bo‘lishi ta‘minlanishi zarur (yoz faslida deraza romlarini ochish, shamollatish yo‘li bilan, qish faslida turli xil, yong‘inga nisbatan xavfsiz isitgichlar yordamida isitish yo‘li bilan). Haroratning bundan ootib yoki pasayib ketishi salomatlikka zarar yetkazadi.

  2. Ustaxona binosi taxta polli, quruq, zah bo‘lmasligi talab etiladi. Zax bino salomatlikka zarar yetkazishi bilan bir qatorda yog‘och buyumlarning nam tortib bo‘kishiga, shakl va o‘lchamlarining o‘zgarishiga, metall material va asboblarning, dastgohlarning zanglab ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Binolarning taxta polli va quruq bo‘lishi elektrlashtirilgan qismlardagi elektr ta‘siridan saqlanishning ehtiyot choralaridan biridir.

  3. Ustaxona binosi shamollatiladigan bo‘lishi kerak. Chilangarlik ustaxonasida charxlash ishlarini olib borganda, ish o‘rinlari va xonani yig‘ishtirishda ko‘p miqdorda chang ko‘tariladi.

«Chang zararli, undan qoch» degan sanitariya-gigiyena talabiga amal qilib, ustaxonada ko‘tariladigan changni yo‘qotish maqsadida bino maxsus shamollatgich - ventilyator yordamida yoki deraza romlari, fortochkalarni ochish yo‘li bilan changdan tozalanadi, shamollatilib havosi yangilanadi. Chang zararli yekanligini hisobga olib, xonalarni tozalash ishlarini mashg‘ulotdan so‘ng navbatchi o‘quvchilargina olib boradi. Chang ko‘tarilmasligining oldini olish maqsadida polni nam latta bilan artish yoki yuvish tavsiya etiladi.

  1. Ustaxona binosida qo‘l yuvgich, sovun, sochiq bo‘lishi. «Salomatlik - tuman boylik» deydi xalqimiz. Salomatlik garovlaridan biri ozodalikdir. Shuning uchun sanitariya-gigiyena talablariga ko‘ra mashg‘ulotdan so‘ng yuz-qo‘lni yuvish zarur. Buning uchun ustaxonada ixtiyoriy bir turdagi qo‘l yuvgich, sovun va sochiq bo‘lishi kerak.

  2. Ustaxona binosining elektr energiyasi bilan ta‘minlanishi. Binoni yoritish, dastgohlarni elektr energiyasi bilan ta‘minlash maqsadida binoga uch fazali elektr tarmog‘i kiritiladi.

Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilgan holda elektr tarmog‘i umumiy taqsimlagich shitga ulanib, undan xonalardagi yoritish tarmog‘i va dastgohlarga taqsimlanadi.
Xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida har bir xonaga yoritish tarmog‘i uchun alohida, dastgohlar uchun alohida umumiy saqlagichli rubilnik o‘rnatish, shuningdek, har bir dastgohga alohida-alohida saqlagichli rubilniklar o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Bu hol bir dastgohni ishga sozlash yoki remont qilish vaqtida boshqalarining to‘xtab yoki yoritish tarmog‘ining uzilib qolmasligini ta‘minlaydi, ayrim ko‘ngilsiz xollarning oldini olishga yordam beradi.

  1. Ustaxona binosida aptechka qutisining bo‘lishi. O‘quv ustaxonasida amaliy mashg‘ulot vaqtida o‘quvchilar jarohatlanishi, tobi qochishi mumkin. Bunday hollarda birinchi yordam tariqasida turli xil dorilar ichkiziladi, jarohatlangan yer dorilanib bog‘lanadi. Shuning uchun.ustaxona binosida har xil dori-darmonlar, bint, paxta solib qo‘yilgan aptechka sutisi o‘rnatiladi. Undagi dorilarning yetarliligini ta‘minlash, ularni yangilash va to‘ldirib turish ishlari ustaxona mudirining (maktab medisina hamshirasining) vazifasidir.

O‘quv ustaxonalarini jihozlash mehnat o‘qituvchisining zimmasiga tushadi. Shuning uchun pedagogika institutlarining ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida, mehnat darslarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarda studentlarga o‘quv ustaxonalarini jihozlash xususida keng tushunchalar berilib, ayrim tayanch maktablarning o‘quv ustaxonalari bilan tanishtiriladi.
Mehnat o‘qituvchisi zimmasiga o‘quv ustaxonalarini jihozlash bilan bir qatorda undagi ishdan chiqqan dastgoh, asbob-uskuna, moslama va dastgohlarni tuzatish, ishga sozlash, yangi asbob- uskunalar bilan to‘ldirish vazifasi ham yuklanadi. Shuning uchun pedagogika institutlari o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida bo‘lg‘usi mehnat o‘qituvchilariga asbob-uskuna, moslama va dastgohlarni tuzatish va ishga sozlash kabilar ham o‘rgatib boriladi.
Chilangarning ish o‘rnini jihozlash. Ish o‘rni – zarur jihozlar, qurol va moslamalar bilan ta‘minlangan ishlab chiqarish uchastkasi. U ma‘lum ishchiga biriktirilib qo‘yiladi.








  1. rasm. O‘quv ustaxonasida chilangarning ish o‘rni va asbob-uskunalari

Ish sifati va unumdorligi ko‘p jihatdan ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil qilinishiga bog‘liq ilg‘or chilangarlarning ish tajribasiga asoslanib, ish o‘rnini jihozlashning quyidagi qoidalari ishlab chiqilgan:



  • dastgoh ayni ishni bajarish uchun zarur narsalarnigina bo‘lishi lozim;

  • ish o‘rnida tartib va tozalikka rioya qilish ishni tezlashtiradi va uning sifatini oshiradi;

  • chap qo‘l bilan olinadigan narsalar dastgohning chap atrofida, o‘ng qo‘l bilan olinadigan narsalar o‘ng tarafida turishi lozim;

  • ko‘proq ishlatiladigan qurol va moslamalar yaqinroqqa. Kamroq ishlatiladiganlari orqaroqqa qo‘yiladi;

  • kesuvchi qurollarni maxsus taglikka qo‘yish lozim;

  • o‘lchash qurollarini g‘ilofga solib qo‘yish kerak;

  • ish tugagandan so‘ng qurol, tiski va dastgoh qirindidan tozalanadi va artib qo‘yiladi;

  • ishlatib bo‘lingan qurolning ish qismlari vazelin bilan moylab qo‘yiladi;

  • qurol yashiklarida har qaysi qurol o‘z joyida kerak, ko‘proq ishlatiladigan qurollar yuzaroqqa qo‘yiladi.


  1. rasm. Bir o‘rinli va ko‘p o‘rinli verstak Slesarlik o‘quv ustaxonasining jihozlari quydagilardan iborat:

  1. Slesarlik dasgohi;

  2. Asbob-uskuna, moslama va dasgohlar;

  3. O‘quv qo‘llanmalari;

  4. O‘quv ko‘rgazma qurollari;

  5. Mebel va xo‘jalik invertarlari.

Ishlab chiqarishning turiga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har-xil nom bilan yuritiladi. Masalan, amaliy san‘atda tekis chizmalar, narsaning proyeksiyasini chizishda chizmalar turli mashina va mexanizmlarning detallarini yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari, bino inshootlarini qurishda qo‘llaniladigan chizmalar injener qurilish chizmalari, yer yuzasi yoki uning biror qismining tasvirlarini qo‘llaniladigan chizmalar geografik xaritalar deb ataladi va hokazo.
Har qanday chizmani tuzish va o‘qishda geometrik proyeksion chizmachilik hamda topografik chizmalarda qabul qilingan qoida va ko‘rsatmalarga rioya qilinadi. Yuqorida aytganimizdek atrofimizdagi narsalarning o‘lchamlari har xildir. Kosmik kema, samolyot, paravoz, ekskavator, har xil mashinalar, dasgohlar, ko‘p qavatli binolar kabi juda katta o‘lchamli narsalar bo‘ladi. Va, aksincha, soat mexanizmining, o‘lchov asboblarining detallari kabi kichik o‘lchamlari buyumlar ham bo‘ladi. Mutaxassis bunday buyum detallarini tayyorlashda lupadan foydalanadi. Juda katta o‘lchamdagi buyumlarni o‘z kattaligida chizmada tasvirlash juda noqulay bo‘ladi. Ba‘zan mumkin ham bo‘lmaydi. Juda katta narsani (yer shari, kosmik kema va shu kabilar) ham asliga teng qilib tasvirlash mumkin bo‘lmaydi. Katta narsalar, oddatda, kichik qilib kichik narsalarni katta qilib tasvirlanadi. Juda kam buyumlar o‘z kattaligida tasvirlanadi.
Biz narsalarni o‘z haqiqiy o‘lchamlaridan katta yoki kichik qilib tasvirlashda masshtabdan foydalanamiz. Buyum tasviridagi chiziqli o‘lchamlarning shu buyumning haqiqiy o‘lchamiga nisbati masshtab deb ataladi va raqam oldiga uning belgisi M harfi qo‘yiladi.
Chizma masshtablar standartlashtirilgan GOST 2.302-96 da barcha sanoat va qurilish tarmoqlarining chizmalari uchun quyidagi masshtablar belgilangan.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish