Bog'liq 6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI
Tishga ishlov berish dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari:
Tish silliqlash dastgohlaridagi jilvirlash charxtoshlarining himoya kojuxlari GOST 12.3.028-82
―Yelbordan yasalgan asboblar va jilvirlash bilan ishlov berish jarayonlari. Xavfsizlik talablari‖ga javob berishi kerak.
Ishlov beriladigan mahsulot diametri 1250 mm gacha bo‘lganda, dastgohlarda ishlov berish hududini to‘sadigan himoya qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
Dastgohlarda tanovarga ishlov berish sikli tugagandan so‘ng asbob va kinematik zanjir yelementlarining harakati avtomatik tarzda o‘chirilishi ko‘zda tutilishi kerak.
Kesibtushirishdastgohlarigaqo‘yiladiganxavfsizliktalablari: Doiraviy arrali kesib tushirish dastgohi arrasining ish bajarmaydigan qismi to‘silgan bo‘lishi lozim. Doiraviy arrali kesib tushirish dastgohlari old tomondan chetga suriladigan, ko‘tariladigan yoki olinadigan, kesish paytida uchib chiqadigan qirindidan xodimni himoya qiladigan ekran bilan to‘silishi
kerak.
Dastgohga teshigining diametri val diametridan katta bo‘lgan arra diskini o‘rnatish, shuningdek kichraytirish uchun qo‘shimcha halqa qo‘llash mumkin yemas.
Tasmali kesib tushirish dastgohining kesish polotnosida butun uzunligi bo‘ylab dastgohni ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovka qilingan to‘siq bo‘lishi kerak.
Arra tasmasining qirqish joyidagi harakati tepadan pastga qarab yo‘nalgan bo‘lishi zarur.
Tasmali arraning polotnosi jilvirlangan bo‘lishi va yoriq, qavariq, ko‘ndalang, yegri, orqa qirrasi bukik, zanglash kavaklari bo‘lmasligi lozim.
Tasmali kesib tushirish dastgohlari to‘xtash va kesish polotnosi uzilgan paytda u jarohat yetkazishga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan o‘rnatilishi kerak.
Tasmali kesib tushirish dastgohlariga kesish polotnosini payvandlash uchun qo‘yiladigan qurilmalar uchqun sachrab chiqishidan to‘silishi lozim.
Jilvirli kesib tushirish dastgohlarining qirqish doiralari GOST 12.3.028-82 ―Yelbordan yasalgan asboblar va jilvirlash bilan ishlov berish jarayonlari. Xavfsizlik talablari‖ga javob beradigan himoya kojuxlari bilan to‘silishi kerak. Kojuxlarning tashqi yon tarafida qulay olinadigan yoki ochiladigan, ish holatida yesa ishonchli tarzda mahkamlanadigan qopqoqlar bo‘lishi lozim.
Chang olgich va undan so‘rish qurilmasiga ulangan havo o‘tkazgichlarda cho‘g‘ metall zarralari chang olgich va havo o‘tkazgichlarning ichki yuzalariga sachraganda paydo bo‘ladigan qurumlarni qulay tozalash imkoniyati ko‘zda tutilishi kerak.
So‘ruvchi qurilmada matoli filtrlar qo‘llanilsa mato olovga chidamli bo‘lishi yoki qurilmagacha bo‘lgan so‘rish hududida uchqun ushlagich o‘rnatilishi lozim.
Jilvirli kesib tushirish dastgohlari texnik jihatdan zaruriyat bo‘lsa, alohida so‘rish qurilmasi bilan jihozlanishi zarur.
Asbobning harakatlanish yo‘nalishi uning himoya kojuxida ko‘rsatkich bilan jihozlanishi kerak.
Tasmali yoki doirali arralarda qirqilayotgan materialni uzatilishi uning qo‘zg‘almas holatini ta‘minlaydigan va jarohatlanishga imkon bermaydigan maxsus moslamalar yordamida amalga oshirilishi kerak.
Doirali arralarni charxlash paytida barcha tishlarning uchi arra aylanish o‘qiga nisbatan bir xil masofada bo‘lishi saqlanishi lozim, tishlar orasidagi o‘yiqlar doirasimon shaklga ega bo‘lishi lozim.
Ishga yaroqsiz yoki siniq diskli arralardan foydalanishga ruxsat yetilmaydi.
Dastgoh ishlayotgan paytda jarohatlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun diskli arra yoki jilvirli kesish doirasining aylanish tekisligida turish, disk aylanayotgan vaqtda segmentlaridan qirindini surib chiqarish, shuningdek tanovarning kesilayotgan uchini tutib turish mumkin yemas.