Parmalash dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari:
Parmalash dastgohlarining asosiy yuritmasi quvvati 4 kV gacha va shpindelining aylanish chastotasi 3000 ayl/min gacha bo‘lgan dastgohlarda shpindelning to‘xtash vaqti 3 sek. dan oshmasligi lozim.
Asosiy yuritmasining quvvati 4 kV dan ko‘p va shpindelining aylanish chastotasi 2000 ayl/min gacha bo‘lgan dastgohlarda shpindelning to‘xtash vaqti 5 sek. dan oshmasligi kerak.
Dasturli boshqaruv dastgohlarida asbob shpindelga avtomatik tarzda o‘rnatilishi va mahkamlanishi kerak.
Umumiy staninaga o‘rnatilgan, shpindellari individual yuritma va umumiy kirish ulab-o‘chirgichga ega bo‘lgan ko‘p shpindelli parmalash dastgohlarida har bir shpindelni ishga tushirish va o‘chirish qurilmalari hamda ixtiyoriy ish o‘rnidan hamma dastgohlarni bir vaqtda o‘chirish uchun avariyaviy ulab-uzgichlar ko‘zda tutilishi lozim.
Ishlatilmaydigan shpindellar o‘chirib qo‘yilishi kerak.
Dastgohning shpindelini boshlang‘ich holatiga qaytarish qurilmasi (posangi yoki prujina) uning butun yurish uzunligi bo‘ylab surilishini ta‘minlashi kerak.
Detallarga teshik parmalash paytida qo‘zg‘almas yoki dastaki qisish moslamalaridan foydalanish zarur. Detalni bevosita qo‘lda ushlab ishlash mumkin yemas.
Dastgohni mahkamlash moslamalari asbobni ishonchli tarzda qisilishini, aniq markazlashtirilishini ta‘minlashi zarur.
Vertikal parmalash va radial parmalash dastgohlari traversi, xartum, kronshteynlarning o‘z-o‘zidan pastga tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Yo’nib kengaytirish dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari:
Gorizontal yo‘nib kengaytirish dastgohlarining shpindellaridagi shponka pazi shpindelning birinchi yon tomoniga yetmasligi yoki uning yon tomonidan chiqqan joyi yopilishi kerak.
Asbobni mahkamlash uchun ishlatiladigan vint va boshqa yelementlar shpindel periferiyasidan chiqib turmasligi kerak. Agar bu talabni bajarish imkoni bo‘lmasa, xavf tug‘diruvchi yuza himoya qurilmasi bilan yopilishi lozim.
Dasturli boshqarish dastgohlarida asbob shpindelga avtomatik usulda o‘rnatilishi va mahkamlanishi kerak.
Shpindel (asbobsiz) o‘chirilgandan so‘ng uning to‘xtash vaqti 6 sek. dan oshmasligi zarur.
Universal konsolli frezalash dastgohlarda, shuningdek xoch shakldagi stolli dastgohlarda ham ishlov berish zonasi himoya qurilmasi (ekran) bilan to‘silishi lozim.
Balandligi 2,5 m dan ko‘p bo‘lmagan gorizontal frezalash dastgohlarida shpindelning orqa qismi bilan asbobni mahkamlaydigan vintning chiqib turgan uchi birgalikda, shuningdek frezalash moslamasining tutqichdan chiqib turgan uchi ham tez olinadigan kojux bilan to‘silishi zarur.
Frezalash dastgohlarining uzatish vali, kardan birikmasi, shpindel va shompollarini chiqib turgan orqa uchlari to‘silishi kerak.
Universal konsolli frezalash va xoch shakldagi stolli (stol yeni 63 mm gacha) dastgohlarda shpindel (asbobsiz) o‘chirilgandan so‘ng uning to‘xtash vaqti 6 sek. dan oshmasligi lozim.
Konsolli frezalash dastgohlarining konstruksiyasi konsol va stanina oralig‘idagi hududdan qirindini qulay va xavfsiz olib tashlanishini yoki ushbu hududga qirindi tushmasligi uchun berkitilishini ko‘zda tutishi kerak.
Nusxa ko‘chirish parmalash-frezalash va frezlash dastgohlarining parmalash va frezalash karetkasini berilgan vaziyatda o‘chirib qo‘yish uchun oxirgi ulab-uzgichlar bo‘lishi zarur.
Frezalarni o‘rnatish va olish paytida qo‘l kesilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan maxsus moslamalar qo‘llanilishi kerak.