Noverbal shkalaning qo‗zg‗atuvchi materiali 12- ilovada keltiriladi.
Etishmaydigan qismni topish subtesti. Ko‗rish idroki xususiyatlarini, kuzatuvchanlikni, muhim qismlarni farqlay olish qobiliyatini o‗rganishga mo‗ljallangan. Sinaluvchiga 20 ta rasm ko‗rsatiladi, ularning har birida etishmaydigan qismni yoki mos emaslikni topish zarur. To‗g‗ri javob 1 ball bilan baholanadi /15 soniyadan kam vaqtda/.
Rasmlar ketma-ketligi subtesti. Parchalarni mantiqiy bir butun qilib birlashtirish, vaziyatni tushunish, hodisalarni oldindan bilish qobiliyatlarini tekshirishga mo‗ljallangan. Rasmlarning 2 seriyasi beriladi. Har bir seriyada rasmlar sYujet bilan birlashtirilgan bo‗lib, sinaluvchi sYujetga mos ravishda ularni ma‘lum ketma-ketlikda joylashtirishi kerak. Topshiriq vaqtga va to‗g‗ri bajarilishiga bog‗liq ravishda baholanadi.
Koss kubiklari testi. Metod qismlardan butunni birlashtirish qobiliyatini, sensomotor koordinatsiyani tekshirishga qaratilgan. Sinaluvchi berilgan namunaga qarab har xil rangli kubiklardan shunday figuralar yasash kerak. 10 figura beriladi. Har bir topshiriq bo‗yicha vaqt chegaralangan bo‗ladi. Baholar aniqlikka va ketgan vaqtga bog‗liq bo‗ladi.
Figuralar yasash subtesti. Yo‗nalishiga ko‗ra 9-subtestga o‗xshaydi. Sinaluvchiga ma‘lum ketma-ketlikda 4 ta figuraning qismlari beriladi. /«maneken», «ot», «odam boshi», «mashina»/. Sinaluvchiga bu qismlardan nima yasash kerakligi aytilmaydi. Topshiriqni to‗g‗ri bajarish va ketgan vaqtga bog‗liq holda sinaluvchiga baho qo‗yiladi.
Raqamlarni shifrlash subtesti. Ko‗rish-harakat malakalarini o‗zlashtirganlik darajasini aniqlashga mo‗ljallangan. Topshiriq har bir raqamning tagida katakchaga ularga mos belgini yozishdan iborat. Bajarish vaqti 120 soniya. To‗g‗ri shifrlangan raqamlar soni – sinaluvchining bahosiga teng bo‗ladi. Dastlab «A» shakl, so‗ngra «V» shakl ko‗rsatiladi.
Labirintlar subtesti. Bu yo‗nalishiga ko‗ra II subtestga o‗xshaydi. 9 ta labirintni o‗z ichiga oladi, «chiqish» vaqti hisobga olinadi.
WISC metodikasida qo‗shimcha subtestlar /«raqamlarni eslab qolish» va «labirintlar»/ topshiriqning asosiy guruhlari bilan birga o‗tkazilishi mumkin. Bu holda intellekt koeffitsienti/IQ/ni aniqlashda ularning ko‗rsatkichlari hisobga olinadi.
Test natijalarini qayta ishlashda verbal va noverbal subtestlarning har biri bo‗yicha olingan ballar yig‗indisi topiladi. «Olingan» ballni shkala ballariga aylantirish jadvaliga muvofiq har bir subtestni bajarish natijalarining standart baholarini olish mumkin. «Olingan» ballar yig‗indisi
/testning alohida verbal va noverbal qismlari bo‗yicha/ va jadvaldagi natijalar bo‗yicha IQ-verbal shkala baholari, IQ-noverbal shkala baholari va umumiy IQ ko‗rsatkichlari aniqlanadi. Veksler testi bo‗yicha IQ ko‗rsatkichlari talqini yosh me‘yorlarini hisobga olgan holda o‗tkaziladi. 1963 yilda 4–6,5 yoshli bolalarning intellektini tekshirish uchun shkala ishlab chiqildi. /Wechsler Preschool and Primary Scale of intelligence, WPPSI/. Intellekt shkalasining bu varianti bizning mamlakatimizga moslashtirilmagan.
WPPSI shkalasi subtestlarining tarkibi quyidagicha:
Verbal subtestlar:
|
Noverbal subtestlar
|
1. Bilimdonlik.
|
2. Hayvon uyi.
|
3. So‗z boyligi.
|
4. Rasmlarni tugatish.
|
5. Arifmetika.
|
6. Labirintlar.
|
7. O‗xshashini topish.
|
8. Geometrik sxemalar.
|
9. Tushunish.
|
10. Koss kubiklari.
|
11. Gaplar (o‗xshash).
|
|
«Hayvon uyi» subtesti raqamlarni shifrlash subtestiga o‗xshaydi. Bu topshiriqni bajarishda bolaga kuchuk, jo‗ja, baliq va mushuk tasvirlangan karta ko‗rsatiladi. Kartaning Yuqori qismida turli rangdagi tsilindr rasmcha – kalit /hayvon uyi/ joylashtiriladi. Bola rasmlarga mos hayvon uylarini qo‗yib chiqishi kerak. Bolaga topshiriqni to‗g‗ri bajarganiga va ketgan vaqtga bog‗liq ravishda baho qo‗yiladi.
«Geometrik sxemalar» subtestida rangli qalamlar yordamida 10 ta sodda tasvirni chizish kerak.
«Gaplar» subtesti sonlar qatorini takrorlash subtestiga o‗xshaydi. Sinaluvchi eksperimentator aytgan gaplarni takrorlashi kerak.
WISC, WPPSI shkalasi subtestlari birgalikda intellekt funktsiyalari xususiyatlari haqida, turli omillar ta‘sirida ularning rivojlanish xususiyatlari to‗g‗risida bilib olish imkonini beradi (19- jadval).
19-jadval
Veksler shkalasi subtestlari yordamida aniqlanadigan intellektual funktsiyalar
Subtest
|
O‗rganilayotgan funktsiya
|
Natijaga ta‘sir etadigan omil
|
Bilimdonlik
|
Xotirada materialni uzoq vaqt saqlash. Tajribaning mavjudligi va
assotsiatsiyalari
|
Madaniy muhit, qiziqishlar
|
Ziyraklik
|
Mavhum tafakkur. Bilimlarning
mavjudligi, tushunchalarning shakllanganligi
|
Madaniyatli muloqot qilish
qonuniyati. Real vaziyatlarga munosabat. Diqqat hajmi
|
Arifmetika
|
Xotirada arifmetik amallarni
saqlash
|
Asosiy arifmetik amallarni
egallash mumkinligi
|
O‗xshashini topish
|
Aloqalar, o‗zaro bog‗lanishlar
tahlili, verbal tushunchalarning shakllanganligi
|
Madaniyatli muloqot qilish
|
So‗z boyligi
|
Nutqning rivojlanganligi,
tushunchalarning shakllanganligi
|
Madaniyatga aralashish
imkoniyati
|
Sonli qatorlar
|
Tez qayta esga tushirish, eshitish
|
Diqqat hajmi
|
|
obrazlari
|
|
Rasmlar ketma-ketligi
|
Munosabatlarni ko‗rib idrok etish
|
Madaniyatga aralashish imkoniyati
|
Etishmayotgan
qismlar
|
Ko‗rish idroki, analiz. Ko‗rish
obrazlari
|
Atrof-muhitni idrok qilish
tajribasi
|
Figuralar yasash
|
Ko‗rish idroki, sintez. Ko‗ruv
harakat tahlili
|
Harakat faolligi va aniqligi
|
Koss kublari
|
Shaklni idrok qilish, ko‗rish idroki,
analiz
|
Harakat faolligi darajasi.
Rangli ko‗rish darajasi
|
Shifrlash
|
Tez idrok qilish, ko‗rish obrazlari
|
Harakat faolligi darajasi
|
Sinaluvchining aqliy taraqqiyot darajasini aniqlashda IQning oxirgi natijasi emas, balki har bir subtest bo‗yicha olingan natijalarni ham tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda umumiy xulosa tuzishda, alohida subtestlar bo‗yicha olingan natijalarnigina emas, boshqa metodikalardan olingan natijalarni ham hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |