O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


 Elektrokimyoviy oksidlash rejimlari



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

 
6.2. Elektrokimyoviy oksidlash rejimlari 
 
Metall  sirtida  oksid  plyonkasining  shakllanishi  sirtni  silliqlanishga,  ya‟ni  
elektrokimyoviy  potentsialning  anod  tomonga  siljishiga  olib    keladi.  Metall  va 
qotishmalar  yuzasini  silliqlaydigan  anodli  plyonkalar  uchta  tashqi  qatlamdan 
iborat:  zich  tuzilishga  ega  va  metallga  tutashgan  to'siq  qatlamdan,  ikkilamchi 
namlangan  qatlamdan  va  po‟k  tuzilishga  ega  bo'lgan  uchinchi  tashqi  qatlamdan 
iborat.  
 
Metalllar  yuzasida  oksid  qatlami  shakllanganda  ionlar  harakatlanayotgan 
qo'shaloq diffuzion  elektr qatlami doim hosil bo'ladi. Qo‟shaloq elektr qatlamining 
kengligi  o'rtacha  10
-10
  m  ni  tashkil  qiladi.  Metal  va  qotishmalar  sirtida  oksid 
qatlamni  o‟sish  tezligi  jadal  sekinlashdi  va  ma‟lum  kritik  qalinlikga  yetgandan 
keyin  o‟sish  to‟xtaydi.  Alyuminiy  uchun  2,0  V  potentsialda  oksid  qatlamining 
kritik  qalinligi 2
.
10
-9
  m ni tashkil qiladi. 
Elektrokimyoviy  oksidlash  -  bu  elektrolit  muhitidan  o‟zgarmas  elektr  tok 
o'tkazillganda  materiallar, metallar va qotishmalar sirtida oksid plyonkalarini hosil 
bo‟lish  texnologik  jarayoni.  Elektrolit  muhiti  -  bu  tuzlarni  suvdagi  yoki  boshqa 
suyuqliklardagi eritmalari yoki eritilgan tuzlar. Ishlov beriladigan buyum har doim 
anod bo‟ladi. Sanoatda qo‟llaniladigan elektrolitiar murakkab tarkibga ega bo‟lib, 
har bir metal va qotishma uchun  alohida mo‟ljallangan bo‟ladi. Elektrolitlar oksid 
va  metallarni  kam  eritadigan,  jadal  eritadigan  va  bularning  oraliqdagi  turlarga 
ajraladi.  Elektrolitlar  tarkibiga  ularning  elektro‟tkazuvchanligini  o‟zgartirish 
maqsadida  mahsus  qo‟shimchalar  kiritiladi.  Oksid  plyonkalarning  sifati,  ya‟ni 


125 
 
po‟kligi,  qalinligi,  nuqsonlar  zichligi  va  boshqalar  elektrolit  tarkibi  va  anodlash 
rejimlariga bog‟liq. 
Elektrolitik  jarayoning    asosiy  mahsuloti  oksid  qatlami  hisoblanadi,  ammo 
hozirgi  kunda  oksid  qatlamning  o‟sish  jarayonining  yagona  nazariyasi  yo‟q. 
Ularning    barchasi    metall  va  kislorod  ionlari  yoki  gidroksil  guruhlari  harakatini 
ta‟riflaydi,  bu harakatlar natijasida oksid hosil bo'ladi. Ushbu o'zaro ta'sir qayerda 
sodir bo'lishi: metall-oksid yoki oksid-elektrolit chegarasidami degan savol hanuz 
ochiq  qolayapti.  Bir  narsa  ayonki,  sirtda  oksid  plyonkasi  paydo  bo'lganda,  metall 
atomlarining  pastki qatlamdan  yuqoriga  va  kislorodning  yoki  gidroksil guruhning 
qarama-qarshi  yo'nalishda  diffuzion  harakatchanligi  qoplama  o'sish  kinetikasida 
asosiy rol o'ynaydi.  Oksid  qoplamining qalinligi oshgani sayin metall va kislorod 
atomlarining  diffuziya  faolligi  pasayadi.  Bundan  tashqari,  anodlash  jarayonida 
elektrod yuzasida dastlab gaz pufakchalari hosil bo'ladi, ular keyinchalik yaxlit gaz 
qatlamini  hosil  qiladi.  Bularning  barchasi  oksid  qoplamaning  o'sishini  keskin 
pasayishiga  olib  keladi.
 
Shu  munosabat  bilan  qoplamaning  o'sish  sur'atini  saqlab 
qolish  uchun  shakllantiruvchi  potentsialni  oshirish  kerak.  Shu  bilan  birga, 
kuchlanish  oshganda  elektrokimyoviy  jarayon  anodlash  rejimidan  uchqunli, 
so'ngra yoyli jarayonga o'tib ketadi. 6.4. rasmda potentsialining shakllanishi  oksid 
qoplamining qalinligiga bog'liqligi ko'rsatilgan. 
 
6.4.rasm.  Potentsialining  shakllanishi    oksid  qoplamining  qalinligiga 
bog'liqligi:  
I – anodlash maydoni;  II – uchqun maydoni;   III – yoyning maydoni; 
U
i
 – uchqun kuchlanishi;   U – emirilish kuchlanishi 
 
Elektr razryadli rejimida elektrolitlar yoki eritilgan tuzlarad oksidlash yuqori 
korroziyabardoshlik,  mexanik  va  tribologik  xossalarga  ega  bo‟lgan  qoplamalarni 
yaratishga  imkon  beradi.  Uchqunli  rejimida  anodda  turli  jadallikdagi  uchqunlar 
kuzatiladi.  Uchqun  kanaldagi  lokal  temperatura  7000  ...  20000
0
  C  ga  va  bosim 
1000  MPa  gacha  yetadi.  Bunday  sharoitda  anodda  qoplama  elementlari  orasida 
kimyoviy  reaktsiyalar  uchun  qulay  rejim  shakllanadi,  qoplama  tarkibiga 
korroziyaga chidamli bo'lgan elektrolit komponentlari kiritiladi. Uchqun rejimining 
afzalliklari:  jarayon  davomiyligini  kamayishi,  elektrolit  temperaturasiga    nisbatan 


126 
 
talablarni  uncha  kuchli  qo‟yilmaganligi,  zaxarsiz  elektrolitlarda  yuqori  sifatli 
qoplamalar ishlab chiqish mumkinligi. 
 
Keyinchalik kuchlanishning oshishi bilan uchqunli rejim mikroyoyli rejimga 
o‟tadi    va  bu  jarayon  mikroyoyli  oksidlash  (MYO)  jarayoni  deb  nomlanadi. 
Mikroyoyli  oksidlash  har  doim  ham  shakllanayotgan  qoplama  sifatini 
yaxshilamaydi,  ko'pincha  ushbu  rejimda  hosil  bo'lgan  qatlamlarning    dielektrik 
xususiyatlari  yomonlashadi,    mikroyoyli  oksidlash  jarayonida  kop  hollarda  
plyonkaning  buzilishi  kuzatiladi.  Metalllar  va  qotishmalarning  MYO  jarayoni 
doimiy tok  zichligida (galvanik rejimda) yoki elektrodlarga qo‟yilgan potentsiallar 
farqi  o‟zgarmaganda  (potentsiostatik  rejimda)  o‟tkaziladi.  Bu  ikkita  rejimni 
birlashtirish,  masalan,  quvati  pasayib  borayotgan  rejimni  qo‟llash    istiqbolli 
yo'nalish hisoblanadi. 
Ventil  metallariga
27
  metall  oksidlari    metal  -  oksidi  -  metal  tizimida  metal 
musbat  potensialda  ega  bo‟lganda  o‟z  voltamper  tavsifi  bilan
  n-p 
o‟tish
 
strukturasiga oxshash bo‟lgan   metallar kiradi. Bunday metallar – bu Al, Nb, Ta, 
Ti,  Zr,  Hf,  W,  Bi,  Sb,  Be,  Mg,  U.  Ventil  metallar  sirtidagi  oksidlar  eng  yuqori 
korroziyabardoshlik  xususiyatlarga  ega.  Masalan,  titan  sirtidagi  oksid  plyonkasi 
dengiz  suvida  4000  yil  davomida  yozma  qog‟oz  qalinligida  titan  qatlami  erish 
mumkin.  
6.5-rasmda  AMцM  markali  alyuminiy  qotishmasining  oksidlanish 
jarayonida  qoplama  qalinligi  va  kuchlanishning  vaqtga  bog'liqligi  ko'rsatilgan. 
Ko'rinib  turibdiki,  qoplamaning  yuqori  o'sish  sur'atini  ta'minlash  uchun 
shakllantiruvchi kuchlanish doim o‟sib borishi maqsadga muvofiqdir. 
 
 
 
6.5-rasm. 10% li suyuq shishaning suvdagi  aralashmasida  АМцМ  alyuminiy 
qotishmasining mikrouoyli oksidlashda qatlam qalinligi (1) va kuchlanishning (2)  
vaqtinchalik bogliqligi. 
 
                                                 
27
  Ventil  metallar  –  bu  shunday  metallarki,  ularning  oksidlaridan  tayyorlangan  plyonkalarning  har  xil  yo‟nalishda 
tok o‟tkazuvchanligi keskin farq qiladi.   


127 
 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish