Tayanch iboralar
Mesopotamiya, piktografiya, mixxat, Ashshurbanipal kutubxonasi, poema,
arxivlar, «Bobil teodisiyasi», Anu, Nergal, Enlil, Ennana, Ea, Nannar, Marduk, Nabu,
Borsippa, Sippar, freska, Nineviya, Kuden, Naburion, zikkurat, Gilgamesh poemasi,
mixxat, oromiy yozuvi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.
Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. 1998.
2. Qadimgi dunyo tarixi. Kuzishin tahriri ostida. II jild, 1974.
3. Boynazarov F. A. Kadimgi dunyo tarixi. T., 2004.
4.
Istoriya drevnego mira/Pod red. I. M. D’yakonova, V. D.
5.
Neronovoy,
I. S. Svensiskoy. M., 1983,1.1, leksiya 15.
6.
Polyakova G. F. Sosial’no-politisheskaya struktura pilosskogo
obshestva. M., 1978
- 1 1 9 -
Mavzu: Qadimgi Misr sivilizatsiysi
manbalari
Qadimgi Misr tarixini o'rganish uchun qadimgi Misming zamonamizgacha
saqlanib kelgan ko'pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma
manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko'p jihatdan
to'ldiradi, bu ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san'at va
diniy e'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib boradi. Antik dunyo mualliflarining
qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o’tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko'p
ma’lumot olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va
madaniyati haqida ba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo'lsalar ham,
lekin ulaming ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi.
Qadimgi Misr sivilizatsiyasini quyidagi manbalar orqali o'rganiladi.
1) Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va
yo'riqnomalar.
2) Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol
idishlar, haykallar va h. k.
3) Xalq og'zaki ijodiyoti: qo'shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy-etnik asarlar.
4) Tilshunoslik ma’lumotlari.
5) Etnografiya ma’lumotlari
6) Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlami
jismoniy tuzilishini o'rganish mumkin bo'lgan tasvirlar.
7) Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo’llar.
Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampol'onning Misr iyerogliflarini
o’qishi qadimgi Misr yozuvini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo
toshi yozuvlarida V sulolagacha bo'lgan fir'avniarining ro’yxati sanab o’tilgan va
yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari to'g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra
ibodatxonalari (Fivadagi Kamak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III
annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri hisoblanadi.
Kohin Manefonning (taxminan er. aw . VI-III asrda) yozilgan asarida misr
sivilizatsiyasi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola
ro’yxatini tuzib, ulami uch dekada 10 sulolaga bo'ldi. Bu yangi dawda
tadqiqotchilaming Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan,
qadimgi Misr sivilizatsiyasini, qadimgi, o'rta, yangi va so'nggi podsholik davrlariga
bo'lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil
topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er. avv.
XXV-XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni
qazishda topilgan bo'lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.
Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti
namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope
nasihatnomasi», «Ipuser so'zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon
to'g’risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin.
Ertaklar: «Ikki aka-uka to'g’risida», «To'g’ri va egri» haqida «Kemada
halokatga ushraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr
kabilar).
~
120
Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari piramidalari ichki devorlarida
iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo'Iib (er.aw.XXIV-XXlI asrlar), ular
«Piramida matnlari» deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |