O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

Antik mualliflar asarlari. 
Antik mualliflar asarlaridan Gerodot tarixi (er. aw . 
V asr), Sisiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona» asari «Strabon geografiyasi» (er. 
avv. II-I asri) Plutarxning «Osiris» va «Isida» traktati qadimgi Misming ijtimoiy- 
siyosiy va madaniy hayoti to'g'risida batafsil ma'lumotlar beradi.
Etnografiya ma'lunmtlari. 
Misrliklar boshqa ko'pgina qadimgi Sharq xalqlari 
singari bir qancha qabilalaming sekin-asta aralashib ketishi natijasida tashkil topgan. 
Qadimgi Misr xalqini tashkil qilgan bu qabilalar Shimoliy va Sharqiy Afrikaning 
mahalliy qabilalaridir. Misrdagi arxaik davrga mansub bo’lgan kishilaming o'ziga 
xos haykalshalari, Misr hududidagi arxaik mozorlardan topilgan bosh suyaklarini 
o'lchab ko'rish natijalari, shuningdek qadimgi Misr tipining somali va boshqa 
qabilalaming tipiga bir muncha o’xshab ketishi eng qadimgi misrliklaming tropik 
Sharqiy Afrikadagi qabilalar bilan qarindoshligini ko'rsatadi. Qadimgi Misr 
tasvirlariga ko'ra Sharqiy Afrikada (Punt mamlakatida) yashagan qadimgi qabilalar 
o'zlarining tashqi qiyofalari bilan misriiklarga juda ham o'xshab ketadilar.
-
121
~


Qadimgi Misrdagi, samoviy sigir shoxli ayol qiyofasida tasvirlangan 
hosildorlik ma'budasining tasviri hamda sersoqol, pakana xudo Bes tasviri Misming 
Afrika xalqlaming diniy e'tiqodlari bilan mahkam bog'langanidan dalolat beradi. 
Qadimgi Podsholikka oid yozuvda Nubiyadan maxsus «xudo raqsi» ni bajaruvshi 
pakana odamning Misrga keltirilganligi to'g'risida ma'iumot beriladi. Bundan 
tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari Shimoliy Afrikaning luviyalik qabilalari bilan 
ham juda yaqin bolganlar. Qadimgi Misr tili ozining ba’zi xususiyatlari bilan 
Shimoliy Afrikadagi berber tillariga ham o’xshab ketadi. Misrda va Nil vodiysini 
o'rab 
olgan 
baland 
tog'liklarda 
o'tkazilgan 
arxeologik 
qazishmalarning 
ko'rsatishicha, o'ziga xos Misr madaniyatini vujudga keltirgan qabilalar qadimgi 
tosh davridan buyon Shimoliy-Sharqiy Afrikada yashaganlar.
XIX asr boshigacha Qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim 
shug’ullanmadi. Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 
1809-1828 yillari 48 tomli «Misr tasviri» nomli kitobni nashi' etdilar. 1822 - yili Jak 
Fransua Shampol'on qadimgi misr yozuvini o'qidi. Shampol'on misrshunoslik 
asoslarini yaratgan olim hisoblanadi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr 
xronologiyasi», «Misr fir'avnlari to'g'risida kitob» asarlarini yaratdilar.
XIX asming 80 - yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi.
1) Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalami 
o’tkazishning ilmiy asoslangan qat'iy metodikasi ishlab chiqildi, topilmalar o'rganildi 
va doimiy saqlana boshlandi.
2) Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila 
boshlandi.
3) Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik 
asarlar to'plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil qilgan va 
yirik arxeologik qazishmalar olib borgan olim O.Mariyettining misrshunoslik 
fanining taraqqiyotidagi xizmati katta bo'ldi. 
Ingliz tarixchisi Flinders Pitri 
uning davomchisi bo'ldi. U III tomii «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested II tomli 
«Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed.Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini 
yozdilar.
Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga to'g’ri keladi. 
Angliyada «Kembridj Qadimgi tarixi» seriyasi shop etilib (I-XI tomlari, 1928-1938 
yillarda shop etildi), nemis olimlari A.Erman va X.Tropye (1926-1931 у) V tomli 
Misr lug’atini tuzdilar.
A.Gardner III tomli «Vilbur papirusi», «Ramseslar davri ma'lumoti hujjatlari» 
va «Misr onomastikasi» asarlarini chop qiladi. Misrda 
asosiy arxeologik 
qazishmalami Yevropa va AQSH olimlari olib bordilar. Faqat XX asming 20- 
yillaridan boshlab, o’zi Misrlik bo’lgan olimlar arxeologik qazishmalami boshladilar.
Rus olimlari ham Misr tarixini o’rganishda muhim o’rin egallaydilar. V. G. 
Barskiy degan odam 1727-1730-yillarda bir necha sharq mamlakatlarini aylanib 
chiqqan, shunda Misrda ham bo'lgan, Barskiy, Qoxira, Rozett va Iskandariyada 
bo'lib, o'zining «Sayohat» degan asarida u Iskandariyadagi vaqtlarda mashhur 
yodgorliklaridan birini mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlarga rasmlami ilova 
qilgan, muallif bu rasmlami shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi 
iyeroglifni yozuvchi o'z zamonasiga ko'ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur ms
~
122


olimlari V. Turayev, I. Nikolskiy, E. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini 
rivojlantirishda muhim o'rin egallaydilar. Mashhur fransuz olimi Shampol”nning 
Misr ierogiiflarini o’qishi qadimgi Misr yozuvni o’rganishda muhim ahamiyat kasb 
etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo’lgan fir’avnlarining ro’yxati sanab 
o’tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari to’g’risida ma’lumot beradi. Aton 
va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Kamak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos 
III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri hisoblanadi.
Kohin Manefonning (taxminan er.aw. VI-III asrda) yozilgan asarida misr 
sivilizatsiyasi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola 
ro’yxatini tuzib, ulami uch dekada 10 sulolaga bo’ldi. Bu yangi davrda 
tadqiqotchilaming Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan, 
qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o’rta, yangi va so’nggi podsholik davrlariga bo’lish 
imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. 
Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er.aw. XXV- 
XXIV asr) topilgan. Eng 
boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni 
qazishda topilgan bo’lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.
Qadimgi Misrdan boy abadiy meros etib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan 
nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», 
«Ipuser so’zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon to’g’risidagi qissa», 
«Sinuxet hikoyalari» va hokazolami aytish mumkin.

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish