O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

Qadimgi Bobil yoki amoriy davri 
er. avv. XIX-XVI asrlar, 
o’rta Bobil yoki kassit (er. aw.XV-XII asrlar) davri, Bobilning siyosiy tushkunlik
~ ! 
06
~


davri (er. avv.XII-VII asrlar ), yangi Bobil qisqa qayta uyg'onish (er. aw . VII-VI 
asrlar) davri va Eron tomonidan malakattii bosib olinishi.
Qadimgi Mesopotatniya tarixi bo'yicha asosiy manbalar bu moddiy madaniyat 
yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari hisoblanadi.
Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining 
yozuvlari juda 
katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.aw. XXIV 
asrga oid Lagash davlatining 
yuksalishi, uning qo'shni Umma 
bilan kurashi 
to’grisida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning 
«Kalxatlar stelasi» 
deb 
atalmish yozuvidir. Er. aw . XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. aw . 
XXH asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag'ishlov yozuvlari, Akkad 
podshosi Rimushning (er. aw . XXIII asr) Elamga yurishlari to’g'risidagi yozuvlari 
va «Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan 
ko’payishi to’g'risida ma'lumot berilgan.
Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II 
ning Ashshurga xati», er.aw. 714 yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar 
yetib kelgan. Podsho Ashshurbanipalning 
batafsil tarixiy ma'lumot bemvshi 
yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari 
bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.aw. IV-III asarlarda paydo bo’ldi. Kohin 
Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil va Xaldey 
tarixi»i to’fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari 
diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asaming parshalari o’rta asr tarixshilari asarlarida 
keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan.
Umk podshosi Jmerkar to’g'risidagi epik poemalarda Shumeming ilk sulola 
davrida (er.aw. Ill ming yillik boshlari) uzoq mamlakat Aratta (Eron hududi) bilan 
aloqasi to’g'risida qiziqarli ma'lumotlar beriladi.
Shumer poemasi «Gilgamesh va Aga» da Urukning Kish shahri qaramligidan 
mustaqil bo’lishi uchun 
kurashi to’g'risidagi aniq ma'lumotlar mavjud. Akkad 
podsholigining asoschisi Buyuk Sargon to’g'risidagi Akkad afsonalari saqlanib 
qolgan.
Shumer, Bobil va Osuriya yodgorliklaridan qimmatli tarixiy ma'lumotlar olish 
mumkin. «Gilgamesh» dostoni haqiqiy tarixiy xazina hisoblanib, uning matni 
Nineviya shahiidagi mashhur Osuriya podshosi kutubxonasidan topilgan. Bu doston 
er. aw . II ming yillik boshiarida yaratilgan deb taxmin qilinadi.
Ilk Shumer shahar davlatlari hududi kichik bo’lib, odatda u kichik shahar, 
atrofdagi qishloq xo’jalik okrugidan iborat bo’lgan. Eng qadimgi Shumer shahri 
Eredu hisoblangan. U bilan birga qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi 
Shuruppak tilga olinadi.
Er. aw . Ill ming yillik boshlaridan shumerlar jezni o’zlashtira boshladilar. Shu 
davrdan arxeologlar 
ilk sulola 
davrini (er. aw . 3000-2300-yillar atrofi) 
belgilaydilar. Shumer an’anasi esa mamlakat tarixini qaysidir “to’fon”gacha va “ 
to’fondan” keyingi davrga bo’ladi. Haqiqatdan ham er. aw . 2900-yillar atrofida Quyi 
Mesopotamiyani qazishmalariga ko’ra “to’fon” bo’lgan.
Shumer tarixi u yoki bu markazning siyosiy yetakchiligiga qarab er. aw . Ill 
ming yillikning birinchi yarmida ilk sulola davrini tashkil qilgan uch bosqichga
~ 107 -


bo’lish qabul qilingan. Bu davrda Kish shahri yuksalib I Kish sulolasi hukmronlik 
qitadi. Uning hokimlari orasida shumer afsonalari qahramonlaridan bin Etana ko’zga 
tashlanadi. Kishining qudrati juda uzoq vaqt 
xotirada qolib keyinchalik ko’p 
hokimlar 

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish