Viko, Bolen, Makiavelli, Bruni,
Grotsiy, Volter, Russo, Monteske, Kondorse, Karamzin va Pogodinlar
o'z
munosib hissalarini qo'shdilar.
XVIII asming oxirida tarixda genitek yondashuv g'oyasi ilgari surilgan edi.
Nemis faylasufi Iogann Gotfrid Gerder
(1744-1803 yillar) o'zining “Insoniyat tarix
falsafasiga g'oyalar” ishida belgi lagan edi: “Insondagi barcha insoniylik uning
hayotidagi hamma majburiyatlari bilan bog'langan: Tarbiya manaviy genizes orqali
ota-onalar o'qituvchilar, do'stlar bilan bog'langan, xalqlar bilan va xalqning ajdodlari
bilan bog'langan ... Inson urug’ining tarbiyasi bu genitik va organic jarayon; genitik
jarayon- an'analami uzatish bilan; organik jarayon uzatilganni o'zlashtirish va
qo'llash bilan”. (53.C.51,52.)
Gerder
zonalami ajratdi - to'ntarishlar yoki
revolyutsiyalar oralig'ida tuzilgan kosmik hajmdagi davrlar, Yer va insoniyat
tarixidagi ulkan o'tishlar. (o'sha joyda 52. C.55)
U bunday to'ntarishlaming
hayotbaxsh tasirlarini takidladi: “Bizning insoniyat urug'imizga yo'qotishlar ko'l
botqoqlikga aylanmasligi uchun suvning tekisligidagi to'lqinlar kabi kerak. Insoniylik
dahosi o'z qiyofasini abadiy yangilaydi, abadiy xalqlarda, avlodlarda, qabilalarda
yangidan tug'iladi va gullab yashnaydi” (o'sha joyda C.56.).
Tarix fanida haqiqiy to'ntarish XIX asr o'rtalarida yuz berdi. Uning asosiy
mazmuni tarixiy progressning qonuniyatlarini aniqlash, bu fan predmetining doirasini
kengayishi, falsafa, siyosiy iqtisod arxeologiya bilan chambarchas bog'lanib ketishi
bo'ldi. Tarix qonuniyatlariga yangi qarashning shakllanishi
G.Gegel va K. Marks,
L. Morgan va F. Engels, O.Terri va F.Gizo, O. Kant va G. Spenser, S. Solovev
va N. Chernishevskiylaming
ilmiy faoliyatlarining natijasi bo'ldi.
~ 5 -
Zamonaviy falsafaning asoschilardan biri
Georg Vilgelm Fridrix Gegel
(1770-1831 yillar) tarixshunoslikning uch ko'rinishini ajratdi: bizga antik tarixchilar
qoldirgan boshlang'ich, bayon qilingan tarix; insoniyat yoki mamlakatlar
taraqqiyotidagi davomli davrlami umunlashtirishlar tarixiy asarlami tanqidiy tahlil
qilish yoki abstraktsiyalar yordami bilan obzorini beradigan reflektiv tarix; falsafiy
tarix, qaysiki uning yordami bilan biz dunyoda aql hukmronlik qiladi, umumjahon-
tarixiy jarayoni aqlli amalga oshirildi, aql uning mazmuni nihoyasiz qudrati absolyut
oxirgi maqsadi deb belgilaymiz. (53.C 70-77.)
Umumjahon tarixini Gegel
“Ilohiylikni ifodasi uning oliy obrazlarida
ruhning absolyut jarayoni",
“o'sha bosqichlar qatorini ifodasi, qaysiki uning
yordamida u o'z haqiqatini amalga oshiradi, o'zini anglashga yetib boradi”. (o'sha
joyda. C.78.) Tabiatda abadiy doiraviy aylanish kuzatiladi; “Faqat manaviy sohada
yuz beradigan o'zgarishlardan paydo bo'ladi”. (o'sha yerda.) Tarix dunyoda aql
amalga oshishi vaqtidan boshlanadi qachonki davlat va huquq paydo bo'lganda.
(o'sha joyda. C.83.) Gegel umumjahon tarixini boshlanishida aqlni mutloqlashtiradi,
marifatli davlatda aqlni amalga tadbiq qilishni yuqori qo’yadi va tarixda subyektiv
omilning ahamiyatini yuqori ko'taradi.
XIX-XX asrlar oralig'larida tarixiy materializim (markscha tarix maktabi)
yuzaga keldi va jamiyat taraqqiyotida moddiy ishlab chiqarish kuchlari
taraqqiyotining ustivorligi to'g'risidagi sotsiologik chizmalarda qurildi.
Marksizmning tarixiy jarayonning tadqiq qilishga obyektivlik, uni ishlab
chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosabatlar bilan mahkam aloqasini ko'rsatishi tarix
faniga qo'shilgan yirik hissadir. K. Marksning sanoat inqiloblari va dastlabki capital
jamg'arish bosqichlarini, F.Engelsning fan tarixini va insoniyat jamiyatini
boshlanishi birinchi bosqichlarini tadqiqlari ana shunday yondashuvning yorqin
namunalaridir. K. Marksning tarix falsafasiga qo'shgan hissasini fransuz tarix
maktabining yetakchisi F. Brodel shunday izohladi “Marksning g’oyasining siri
shundaki, u birinchi bo'lib, uzoq vaqtli tarixiy istiqbolga asoslangan haqiqiy ijtimoiy
modellami qurdi”. (52.C.139.) Lekin bu modellar zamonaviy tajribasi shuni
ko'rsatdiki tarixiy progressning manaviy omillarini ortga surdi, sinfiy antogonizmlar
rolini ko’pirtirdi va pesevdo M arksislar tomonidan totalitar tuzumlarning mafkuraviy
ehtiyojlari uchun ishlatildi.
Lekin tarixga - tarixiy taraqqiyot sikllari almashuvi sifatida qarash, unda inson,
madaniyat, fandagi o'zgarishlar yetakchi rol o'ynashi to'g'risidagi yondashuvlar
sekin -asta kuch to'pladi. O'z taraqqiyotida murakkab fazalami kechiradigan lokal
sivilizatsiyalaming madaniy tarixiy tiplari to'g'risidagi g'oya tarqala boshladi.
Turli sivilizatsiyalar taraqqiyotining tuzilishi bo'yicha o'xshash sikllari g'oyasi
1918-yilda Osvald Shpenglerning “
Yevropaning so'nishi’
asarining chop etilishi
bilan keng tarqaldi. U o'z jadvallarida hent (Misr), antik va g'arb madaniyatlari
taraqqiyoti bosqichlarini taqqoslab ularda ko'pgina umumiylikni topdi. Tarixiy
jarayonning yarim siklligi g'oyasi ham unga tegishli: “Har bir madaniyat harbir ilk,
lahza, har bir ko'tarilish va turg'unlik, uning ichki zaruriy darajalaridan va
davrlaridan har biri ma'lum bir, doimo teng hamma vaqt davriy qaytayotgan
davomiylik ramzining hamma vaqt ahamiyatligiga mavjud bo'ladi... Barcha
madaniyatlarda siyosiy, manaviy va badiiy shakllanish ritmiga 50 yillik keskin ajralib
~ 6 ~
turgan davr nima ahamiyatga ega? Yoki barokko, gotika, buyuk matematika, attik
plastikasi, mozaika tasviriy san'ati, kontrapun, galliley mexatiikasining 300 yillik
davri? Har bir madaniyat uchun bir ming yillikda hayotning edial davomiyiigi nimani
bildiradi ? ...” (57.C.55.)
Lekin Shpengler jahon tarixining bosqichlarini
umumiyligini inkor qildi, har bir madaniy-tarixiy tipning hayotiy sikllini qandaydir
o'z-o'zini belgilaydigan, ajralgan holda qaradi.
Har bir xalqning taqdirida fazalik hayotiy siklning mavjudligini N.A.
Do'stlaringiz bilan baham: |