O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti



Download 198,13 Kb.
bet1/9
Sana09.07.2022
Hajmi198,13 Kb.
#765283
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NIGINA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
A_2001 GURUH TALABASI
ZAMIROVA NIGINABONUNING OPTIKA FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: FOTOMETRIK KATTALIKLAR VA ULARNING XOSSALARI



Tekshirdi: Ramazonov A.
Bajardi: Zamirova Niginabonu

Mavzu: Fotometrik kattaliklar va ularning xossalari


Reja:



  1. Asosiy tushunchalar.

  2. Nur energiyasining oqimi.

  3. Yorug‘lik kuchi.

  4. Yoritilganlik, manba ravshanligi , yorituvchanlik , yorug‘lik oqimining intensivligi.

  5. Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar.

  6. Xulosa.




Kirish. Optika bo’limining ajoyib bir mavzularidan biri fotometriya haqida tushunchaga ega bo’lamiz.Biz bilamizki optikada asosan yorug’liklarni o’rganamiz.
Yorug’lik to’lqinlari yorug’lik manbayidan atrofdagi fazoga energiya eltadi.Optikaning yorug’lik o’lchash usullarinio’rgatuvchi bo’lim fotometriya deb ataladi.
Fotometriya fotometrik kattaliklarni oʻlchashning eksperimental usullari va vositalarini xamda shu kattaliklarga tegishli nazariy qoidalar va hisoblarni oʻz ichiga oladi. 
Fotometriyaning asosiy energetik tushunchasi nurlanish oqimi boʻlib, uning fizik maʼnosi elektromagnit nurlanish tashiydigan oʻrtacha quvvatdir. Tor maʼnoda fotometriya deb, yoruglik kattaliklari tizimiga tegishli (yoritilganlik, yoruglik kuchi, ravshanlik va h.k.) kattaliklarni oʻlchash va hisoblash tushuniladi. Fotometrik kattaliklarning nurlanish toʻlqin uzunligiga bogʻliqligini va energetik kattaliklarning spektral zichliklarini oʻrganish spektrofotometriya hamda spektroradiometriya mazmunini tashkil etadi.
Fotometriyaning asosiy qonunini I.Kepler 1604 yil taʼriflagan: E=1/R (bunda E — yoruglik kuchi , boʻlgan yorugʻlik manbaidan masofadagi yoritilganlik). 
Fotometriyani P. Buger eksperimental asoslab bergan. Modsalar va jismlarning fotometrik xususiyatlari oʻtkazish koeffitsiyenti t, qaytarish koeffitsiyenti r va yutish koeffitsiyenti a bilan tavsiflanadi. Bir jiyemning oʻzi uchun t+r+a=1 munosabat oʻrinli.
Nurlanishning ingichka dastasi modda orqali oʻtishida nurlanish oqimining susayishi Buger — Lambert — Ber qonuni orqali aniqlanadi. Fotometriya usullari astronomiyada spektrning turli diapazonlarida nurlanuvchi kosmik manbalarni tadqiq qilishda, yorugʻlik texnikasida, signalizatsiya texnikasida, astronomiya, astrofizika va h.k.da qoʻllanadi.
Yorug’likning ko’zga yoki qabul qiluvchi boshqa bir apparatga ko’rsatadigan ta’siri, dastavval,yorug’lik to’lqini eltadigan energiyaning bu apparatga berilishidan iborat.Shuning uchun biz optik hodisalar qonunlarini qarab chiqishdan avval yorug’likni o’lchash – Fotometriya to’g’risida tasavvur hosil qilishimiz kerak.Fotometriya yorug’lik to’lqini keltirayotgan energiyani o’lchashdan yoki shu energetic xarakteristika bilan biror tarzda bog’langan kattaliklarni o’lchashdan iborat bo’ladi. Dastavval o’lchash ishlarida qo’llaniladigan kattaliklarga ta’rif berish lozim bo’ladi.Bu kattaliklarni tanlash ulardan unisi yoki bunisini bevosita sezuvchi apparatlar (qabul qiluvchi apparatlar ) xususiyatlariga ,shuningdek bu kattaliklarni qayta tiklash uchun ishlatiladigan etalonlar yasash imkoniyatiga bog’liq bo’ladi.Turli sohalarda (nurlanish nazariyasi,yoritish texnikasi ,opto-texnika,fiziologik optika va hokozolarda) nazariy qonunlarni va amaliy xulosalarni tavsiflashda kiritilgan kattaliklardan goh ba’zilaridan, goh boshqalaridan foydalanish ko’pincha qulay bo’ladi.Dmak biz o’rganadigan fotometrik tushunchalar ko’p bo’lishining sababi ham ayni shundadir.
Demak biz endi fotometriyani chuqurroq o’rganishimiz uchun nundagi kattaliklar bilan tanishib chiqishimiz kerak bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, yorug‘likning qabul qiluvchilarga, xususan, ko‘zga ta’siri, bir tomondan, yorug‘lik energiyasiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yorug‘likning to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z yashil nurlarni eng yaxshi sezadi. Shuning uchun nafaqat qabul qiluvchi qayd etadigan yorug‘lik energiyasi miqdorini, balki uning ko‘zga ta’sirini xarakterlovchi kattalikni ham bilish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda yorug‘lik oqimi tushunchasidan foydalaniladi. Binobarin, yorug‘lik oqimi va demak, barcha yorug‘lik xarakteristikalari ko‘zda sezgi uyg‘otuvchi elektromagnit nurlarga taalluqli kattaliklardir.

Download 198,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish