kd/м2 hisobidagi qiymati Нit | Nt | 1 | Stиlб | Sб | 104 | Аpostиlб | Аsб | 1/ | Lаmбеrt | Lб | 104/ |
Nit, ravshanki, kd/m2 ning boshqacha nomi. Stilben har bir kvadrat santimetridan 1 kd yorug‘lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligiga mos keladi. Apostilb va lambert kattaliklar fizik jihatdan sirtida ma’lum yoritilganlik hosil qilingan ideal sochgichning ravshanligini bildiradi.
Yorug‘lik va energetik birliklar Kattaliklar | Belgisi | Birligi | Simvoli | Energetik Birligi | Yorug‘lik oqimi | F | Lyumen | Lm | Vatt | Yorug‘lik kuchi | J | Kandela | Kd | vatt/steradian | Ravshanlik | В | Kandela/m2 | Kd /m2 | vatt/st(m2) | Intensivlik | R | Kandela/m2 | Kd /m2 | vatt/st(m2) | Yorituvchanlik | S | lyumen/m2 | lm/m2 | vatt/m2 | Yoritilganlik | E | Lyuks | Lk | vatt/m2 |
Fotometrlar. Sirtlarning yoritilganligini tenglashtirish yo‘li bilan ikki manbaning yorug‘lik kuchi taqqoslanadi. Shu maqsadda ishlatiladigan asboblar fotometrlar deb ataladi. Eng sodda fotometrlardan birining chizmasi 1.4–rasmda ko‘rsatilgan. Uchburchakli АВS prizmaning oq rangga bo‘yalgan АS va ВS yoqlariga manbalardan yorug‘lik tushadi. Prizmaning har bir yog‘ini faqat bir manba yoritadi.
1.4-rasm
Yoritilganlik S tomondan ko‘z bilan kuzatiladi. Fotometrni manbalar orasida u yoki bu tomonga siljitib, prizmaning ВS va АS yoqlari bir xil yoritilishiga erishiladi va shundan so‘ng quyidagi mulohazalarga muvofiq manbaning yorug‘lik kuchi hisoblanadi: yorug‘lik kuchi I1 bo‘lgan S1 manba prizmadan r1 masofada turib yoritilganlik hosil qiladi, yorug‘lik kuchi I2 bo‘lgan S2 manba prizmadan r2 masofada turib yoritilganlik hosil qiladi. Fotometrni Е1=Е2 bo‘ladigan qilib joylashtirganimiz uchun quyidagini yoza olamiz: (1.10) Ikki manbaning yorug‘lik kuchlari nisbati yorug‘lik manbalaridan birday yoritilgan sirtgacha bo‘lgan masofalar kvadratlarining nisbati kabidir. Yuqoridagi (1.10) ifoda bir manbaning yorug‘lik kuchi ma’lum bo‘lganda ikinchi manbaning yorug‘lik kuchini topishga imkon beradi. Faqat ikkala taqqoslanuvchi sirtlarning rangi bir xil bo‘lgandagina ravshanliklarning tengligini ko‘z bilan yetarli darajada aniq belgilash mumkin. Sirtlarning rangi bir-biridan ozgina farq qilganda hamma ravshanliklarni taqqoslash juda qiyinlashadi, faqat farq katta bo‘lganda esa ravshanliklarni taqqoslash mumkin bo‘lmay qoladi.
Fotometrlar.
Yorug’lik manbalarini yoki oqimlarini taqqoslash uchun qo’llanadigan asboblar fotometrlar deb ataladi.Fotometrlar vizual ( ko’z bilan ko’rish natijalariga asoslangan ) va obyektiv (ko’zning ishtirokini talab qilmaydigan ) fotometrlarga bo’linadi.
2-rasm
Vizual fotometrlar ko’zning yonma- yon qo’yilgan sirt ravshanliklarining tengligini yaxshi belgilay olish qobiliyatiga asoslangan bo’ladi.Eng ko’p tarqalgan fotometr Lyummer- Brodxun fotometridir (2-rasm).Uning asosiy elementi o’zaro birlashtirib qo’yilgan to’g’ri burchakli ikkita shisha prizmadan tuzilgan kubchadir.Prizmalardan birining tegishadigan yogi chekkalaridan shunday yo’nalganki ,prizmalarning bir-biriga tegib turishi faqat sirtlarning o’rta qismidagi ab elliptik sohadagina amalga oshadi.Shu sohada prizmalar shunchalik yaxshi silliqlanib bir-biriga jipslashtirilganki natijada ular orasida optikaviy kontakt hosil bo’lgan,ya’ni o’zini xuddi tutash shaffof jismdek tutadi.Demak, yorug’lik bu kontakt orqali qaytmay va sinmay o’tadi.shisha uchun chegaraviy burchak 450 dan kichik, shu sababli optikaviy kontakt sohasidan tashqarida nurlar har ikkala prizma ichida to’la ichki qaytishga duch keladi va qo’shni prizmaga o’tmaydi.
Fotometriyaning obyektiv usullari fotografik va elektrik usullarga bo’linadi.Fotografik usullar shunga asoslanganki juda keng diapazonda fotosezgir qatlamning qorayishi plastinkaga ekspozitsiya vaqti davomida tushgan yorug’lik energiyasi miqdoriga proporsional bo’ladi.
Elektrik fotometrlarda yorug’likni qabul qiluvchi element sifatida fotoelementlar, fotoko’paytirgichlar, fotoqarshiliklar, bolometrlar va termoparalar qo’llaniladi
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |