O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TALIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSITITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
“BIOLOGIYA VA UNI O’QITISH METODIKASI”
YO’NALISHI 223 – 19(304) – GURUH TALABASI
BIOLOGIYA O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIXALASH FANIDAN
“BIOLOGIK TA'LIMNING ROLI’’
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Usanov. U
Jizzax – 2022
MAVZU: BIOLOGIK TA'LIMNING ROLI
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
I – BOB. Biologiyada talim va tarbiya jarayoni .
Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi.
O’zbekistonda biologiya o’qtish metodikasi.
Biologik talimning roli
II – BOB. Biologik talim roli va ahamiyati.
2.1. Davlat talim standarti
2.2. Talim jarayonidagi tizimli dasturlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Наг qanday ijtiinoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan talim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “KadrIar tayyorlash Milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Farmoni, asar va nutqlari, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, Halq ta’limi, Oliy va o‘rta mahsus kasb-hunar ta’limi tizimining qator hujjatlari mazmuni bu borada amaiga oshirish jarayonida o‘qituvchi kadrlarmuhim rol o‘ynaydi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017–2021 yillarga mo’ljallangan beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha qabul qilingan “Harakatlar strategiyasining to’rtinchi ustuvor yo’nalishi – ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag’ishlangan”. Xuddi shu yo’nalishning to’rtinchi bandida ta’lim va ilm fanga alohida e’tibor berilgan bo’lib, ta’lim tizimida jahon andozalariga mos ta’lim shakllarini tashkil etish, bilim berishning ustuvor metodlaridan foydalanishni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Oliy ta’lim tizimida bu borada bir qator amaliy ishlarga, jumladan moddiy-texnika asosini tubdan yaxshilashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Shulardan biri oliy ta’lim tizimida о‘qitiladigan barcha fanlar bо‘yicha o’quv qo’llanmalar va darsliklarni tayyorlashdir. Biologiya о‘qitish metodikasi fani bо‘yicha tayyorlangan ushbu o’quv qo’llanma ham yuqorida yuritilgan mulohazalarga asoslangan. O’quv qo’llanma VI bob asosida tuzilgan 29 ta ma’ruzadan iborat. Matnlarni tayyorlashda о‘zbek tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar asos qilib olindi. Malaka talablari bilan birga ma’ruzalarda rus tilida chop etilgan darslik va qо‘llanmalar, shuningdek keyingi yillarda fan sohasida erishilgan yutuqlar ham matnda о‘z о‘rnini topgan. Ma’ruzalar matni о‘quv qо‘llanmalarga nisbatan ancha qisqa, masalalar aniq qilib keltirilmagan bo’ladi. U yoki bu masala yuzasidan kengroq ma’lumot olish uchun albatta o’quv qo’llanmalar va darsliklarga murojaat qilish shart.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonlar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi fandir. Mazkur qonuniyatlarni bilish o‘qituvchiga maktab biologiya darsi bilan bog‘liq o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish imkonini beradi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanlarining mazmuni, uning o‘qitish shakllari, metodlari, vositalarini o‘zaro bog‘liq holda joriy etishni maqsad qilib qo‘yadi. Biologiya o‘qitish metodikasining asosiy vazifasi o‘quvchilarga biologik o‘quv fanlar bo‘yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida kamol topishiga ko‘mak beruvchi o‘quv fanlar mazmunini, o‘qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Har qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo‘lib, u narsa va hodisalar to‘g‘risida bilimlar to‘plashga yo‘nalgan, hamda tadqiqot qilinayotgan narsa hodisalar to‘g‘risida to‘liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. Fanning asosiy funksiyasi tadqiqot hisoblanadi. Biologiya o‘qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog‘liq o‘quvchilarning bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jihatidan tadqiq qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Fanning asosiy belgisi bo‘lib, maqsadning aniqligi, o‘rganish predmeti, bilimlarni bilish usullari va shakllari hisoblanadi. Shu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, uning boyishiga sababchi bo‘lgan kashfiyotlarni qilish ham muhim sanaladi. Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. 6 Biologiya o‘qitish metodikasi barcha o‘quv fanlarga taalluqli bo‘lgan pedagogik qoidalarni, biologik o‘quv materialiga tatbiq etishga yo‘nalgan. Shu bilan bir qatorda biologiya o‘qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya o‘quv fanining o‘qitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinsipini belgilab beradi. Biologiya o‘qitishning hozirgi davrda samarali bo‘lishi o‘quvchilarning o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo‘lgan biologik bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa o‘z navbatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va amaliy jihatdan takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi. Biologiya o‘qitishning maqsadi yuqorida qayd qilingan omillardan kelib chiqadi. Biologiya o‘qitishning maqsadlarini bilish o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarni o‘rgansa va u maktabdagi barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o‘qitish metodikasi biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari, va metodlari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi. Biologiya o‘qitish metodikasi psixologiya bilan uzviy aloqadadir. Chunki, biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan o‘smirlarda ya’ni V-VI sinf o‘quvchilarida diqqat beqaror bo‘lgani sababli biologiya o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha metodlardan foydalanib, o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi, hamda ularning tafakkurini e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq foydalanadi. Yuqori sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazilishi va bir, ikki metoddan foydalanish kifoya qiladi. Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolyutsion ta’limot, antropologiya, molekulyar biologiya fan asoslarini o‘zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makro preparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy 9 tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o‘lik tabiat to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazishi oraliq yangi bilimlarni hosil qilish bo‘lsa, maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi, o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan, bilimlar va uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi “kichik fan” emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko‘mak beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |