2.2. Talim jarayonidagi tizimli dasturlar .
Ta'lim – bu boshqariladigan bilim olish, ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o„zlashtirish, shaxsni shakllantirish asosini tashkil qiluvchi u yoki bu faoliyat ko„nikmasini egallash, takrorlash sodir bo„ladigan jarayon, muomala.
Ta'lim va ta'lim jarayoni (uni yana didaktik jarayon deb ham ataydilar) sinonim tushunchalarlar emas. Jarayon – bu yaxlit pedagogik hodisa sifatida, pedagogik faoliyatning bir qismi, hodisasi sifatida ta'lim tizimi holatini o’zgartirishdir. Uni quyidagi formula kabi tasavvur etish mumkin (ushbu formula V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan).
Ta'lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi ―ta'lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta'lim funksiyasi ta'lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta'limning komponentlaridan biri hisoblanadi.Didaktika ta'lim jarayonining uchta funksiyalarini ajratib ko’rsatadi: ta'lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta'lim beruvchi funksiyalari ta'lim jarayoni birinchi navbatda bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishga va ulardan amaliyotda foydalanishdan iborat bo’ladi. Bilim pedagogikada fan asoslari, tushunchalari, qoida, qonunlari, nazariyalarini xotirada saqlab qolish, tushunish va takrorlash sifatida belgilanadi. Bu funksiyasini to’la amalga oshirish bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliyligini ta'minlashi kerak. Bu esa ta'lim jarayonini yaxshi tashkil etishni, o’quv fani mazmunidan asosiy g’oyalarni tushunish uchun muhim bo’lgan elementlari tushib qolmasligi, bilimlar umumiy tizimida uzilishlar bo’lmasligi kerak.
Zamonaviy didaktika bilimlar o’quvchining mahorati bilan egallanadi deb hisoblaydi. Demak, bilim berish faqat ―abstrakt bilimlarni yuzaga keltirish emas, balki yangi bilimlarni olish va hayotiy masalalarni hal etishda undan foydalanish mahoratini rivojlantirishdan iboratdir.
Malaka deganda faoliyat usulini bilish, bilimlarini amaliyotda qo’llash olish qobiliyatini tushunish kerak. Bu xuddi bilimlaridan amalda foydalanish kabidir. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilishi, axborot materiallaridan foydalana bilishi, o’qishi, kitob bilan ishlash, referat yozish, ma'lumotnoma adabiyotlar bilan, bibliografik apparat bilan ishlash, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta'limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta'lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchining rivojlanishi sodir bo’lishini ko’rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyojsababli sohalari rivojlanadi. To’g’ri tashkil etilgan ta'lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o’qituvchi va o’quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o'zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta'limning o’quvchi shaxsini rivojlantirishga maxsus yo’naltirilganligi ―rivojlantiruvchi ta'lim termini bilan nomlandi. XX asr 60-yillaridan boshlab pedagogik fanda rivojlantiruvchi ta'limni qurishga turlicha yondoshishlar ishlab chiqiladi.
Bularning hammasi ta'limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob'ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.
Ta'lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Pedagogika fani tarbiya va ta'lim o’rtasidagi bog’liqlik ta'lim va rivojlantirish o’rtasidagi bog’liqlik kabi ob'ektiv va qonuniy hisoblanadi deb hisoblaydi. Ammo ta'lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar ta'siri bilan (oila, mikromuhit va boshqalar) qiyinlashadi, bu tarbiyalashni ancha murakkab jarayonga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |