Mavzuning dolzarbligi: Biologiyani o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, o’quvchi yoshlarga biologiya fani haqida tushunchalarni yanada mukammal va aniq qilib yetkazish, biologik qonuniyatlarni o’quvchi yoshlarga tushuntrish orqali tabiiy fanlarning rivojlanishiga hissa qoshish.
Kurs ishining maqsadi: O‘quvchilarning o‘qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o‘quv fanining o‘rnini aniqlash; Maktab o‘quv dasturlari va darsliklarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tatbiq etish; O‘quvchilarning yoshiga mos ravishda o‘quv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning o‘rganish izchilligini belgilash; Biologik o‘quv fanlarining o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda, o‘qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish; O‘qitish jarayonida qo‘llash uchun zarur jihozlarni aniqlash. Biologiya xonasi, tirik burchak, tajriba yer maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio, video vositalarini belgilash.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Maktab o‘qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatidagi ijobiy, salbiy tomonlarini aniqlash; Bu sohada to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi farazlarni ilgari surish; Ilgari surilgan farazlarning qanchalik hayotga yaqin ekanligini aniqlash maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o‘tkazish hamda tajribaviy, nazorat sinflardan olingan ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash; Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash; Olingan ma’lumotlarga asoslanib, metodik maqolalar, qo‘llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan o‘tkazish va tasdig‘ini olish;
I BOB: 1.1. Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi.
Tabiiyotshunoslik maktablarda о‘quv fani sifatida XVIII asr oxirida kiritilgan. Bu sohada dastlabki darslikni V.F.Zuev yozgan. Uning darsligi “Anorganik tabiat”, “О‘simliklar dunyosi”, “Hayvonlar dunyosi” kabi bо‘limlardan tashkil topgan. Birinchi bо‘lim tuproq, toshlar, tuzlar, yonilg‘i moddalar, toshga aylangan organizmlar haqidadir. О‘simliklar dunyosi bо‘limida esa о‘simliklarning hujayraviy tuzilishi, har xil о‘simliklarning tasnifiga oid bilimlar berilgan. Zoologiya bо‘limida ayrim hayvonlarning tashqi qiyofasi, hayot kechirishi hikoya qilinadi. V.F.Zuev darsligida о‘simliklar, hayvonlar morfologiyasi, sistemasidan tashqari ekologiyaga oid ma’lumotlar bor. Darslikda tabiiy, tasviriy kо‘rgazmali qurollardan foydalanish haqida ham fikr bildirilgan.
XIX asrda nashr qilingan A.SH.Teryayev botanika darsligi sistematika fanining asoschisi Karl Linneyning “Botanika falsafasi” asaridan tо‘liq kо‘chirilganligi sababli о‘quvchilar uchun tushunarli bо‘lmadi. Rossiyada 1828-1852 yillar mobaynida xalq ta’limi sohasida islohot о‘tkazilib tabiiyotshunoslik о‘quv fani maktab rejasidan olib tashlandi. Lekin keyinchalik 1853-yildan boshlab maktablarda qayta “Tabiat haqida umumiy tushuncha”, “Zoologiya”, “Botanika”, “Mineralogiya”, “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” kabi fanlar о‘qitila boshlandi. Mazkur о‘quv fanlar bо‘yicha yozilgan darsliklar hajmi nihoyatda katta bо‘lib, undagi о‘quv materiallar juda murakkab bо‘lgani sababli о‘quvchilarda hech qanday qiziqish uyg‘otmadi. Faqat V.I.Dal tomonidan yozilgan botanika darsligi ekologiya va tabiatni muhofaza qilish bо‘yicha boy ma’lumotga ega bо‘lgani uchun u tushunarli bо‘lib о‘quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg‘ota oldi. Tabiiyotshunoslikni maktablarda о‘qitilishi va uning metodikasi.
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib CH.Darvinning organik olam 12 evolyutsiyasi tо‘g‘risidagi ta’limoti e’lon qilingandan keyin olimlardan A.N.Beketov, K.A.Timiryazev maktab tabiiyotshunoslik о‘quv fanini asosiy vazifasi о‘quvchilarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat ekanligini e’tirof etdilar. A.N.Beketov о‘quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy tafakkurini rivojlanishida tabiiyotshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qiladi. U tabiiyotshunoslikni о‘qitishda kо‘rgazmali qurollardan keng foydalanish, tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. A.N.Beketovning о‘qitish sohasidagi fikrlari kо‘p jihatdan nemis tabiiyotshunos pedagogi Avgust Lyuben qarashlarini eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag‘ishlangan uning darsligida bu fanning tarbiyaviy ahamiyati, xususan, о‘quvchilar olib boradigan mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar о‘tkazish kо‘nikmalarini hosil etish lozimligi ta’kidlanadi. A.Lyuben metodi bо‘yicha о‘quvchilar avvalo organik olamning alohida vakillari bilan mahalliy obyektlar misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji boricha tabiiy о‘simliklar, hayvonlar bilan boshqa holatlarda esa ularning yaxshi ishlangan tasvirlari bilan mashg‘ulot olib borish lozimligi uqtiriladi.
О‘quvchilar о‘qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil о‘quv materiallarini о‘rganishlari bunda oddiydan murakkab, ma’lumdan noma’lum tomon yо‘nalish ya’ni induktiv metod asosiy о‘rin egallashi kerak. Biroq maktablarda kо‘rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg‘or metodik kо‘rsatmalarini joriy etishga tо‘sqinlik qildi. Bundan tashqari A.Lyuben darsligida diqqat e’tibor faqat о‘simliklar morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki pedagogik jamoatchilikni qanoatlantirmas edi. Bu esa о‘z navbatida tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos bо‘lgan yangi pedagogik muammolarni hal etish zarurligini kо‘rsatardi. Tabiiyotshunos pedagog A.Y.Gerdning faoliyati ana shu muammolarni hal etishga qaratildi. A.Y.Gerd fikricha Lyuben tabiiyotshunoslikning eng katta kamchiligi uning mazmunini zamon talablariga mos emasligidir. A.Y.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti sanaladi. Uning qayd etishicha maktab tabiiyotshunoslikning asosiy maqsadi о‘quvchilarga 13 rivojlantiruvchi bilim berishdan hamda bilim olishdagi ularning mustaqilligini taraqqiy ettirishdan iboratdir. A.Y.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar о‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish muhim о‘rin tutadi.
Olimning qayd etishicha, tabiiyotshunoslikni о‘qitishdan kо‘zlangan vazifa organizmlarning xilma-xilligi bilan tanishtirish, ularning hayoti yorug‘lik, harorat, namlik, havo va va boshqa organizmlarga bog‘liqligini tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan oqibatning о‘zaro bog‘liqligini idrok etishdan iborat bо‘lmog‘i kerak. A.Y.Gerd Darvin tomonidan asoslangan evolyutsion nazariya ta’sirida bо‘lgan va о‘z darsliklariga evolyutsion prinsipini joriy etgan. U maktab tabiiyotshunoslik kursi: “Anorganik dunyo”, “О‘simliklar dunyosi”, “Hayvonot dunyosi”, “Odam”, “Yer tarixi” kabi о‘quv fanlaridan tuzilgan bо‘lishi kerak deb ta’kidlaydi. A.Y.Gerd faoliyati tufayli tabiiyotshunoslikni о‘qitish metodikasi pedagogika fanining alohida ilmiy shoxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi. XX asrda biologiya о‘qitish metodikasining holati. XX asrdagi biologiya о‘qitish metodikasiga V.V.Polovstov katta hissa qо‘shdi. U 1907-yili “Tabiiyotshunoslikning umumiy metodika asoslari” kitobini nashr qilib, unda metodikaga oid bilimlar sistemasini yoritdi. Polovstov darslikka kiritilgan о‘quv material mazmuni birinchidan shakl bilan funksiyaning birligiga, ikkinchidan о‘simlik va hayvonlar hayoti ularning yashayotgan muhiti bilan bog‘liq holda о‘rganishiga, uchinchidan boy biologik ma’lumot beradigan organizmlarni о‘rganishga asoslanishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda olim amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini kо‘rsatib о‘tadi. V.V.Polovstov birinchi marotaba fan bilan о‘quv fani orasidagi о‘xshashlik va tafovutni ochib beradi va bu sohada tadqiqot ishlar olib borish lozimligini ta’kidlaydi.
Tabiiyotshunoslik metodikasi tarixida V.V.Polovstov ekologik bilimlarni targ‘ib qilgan olim sifatida yuqori baholanadi. 1917-yildan boshlab tabiiyotshunoslik fani biologiya fani deb atala boshlandi. Bu davrda Moskva va Peterburg metodistlari biologiya о‘qitish saviyasini oshirish, uning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatini ochib 14 berishga harakat qildilar. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya о‘qitishning asosiy muammosi bо‘lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun bilimlar va kо‘nikmalar ya’ni о‘quv materiali о‘quv fanlarga taqsimlanmay, balki yil fasllarini e’tiborga olib dolzarb mavzularga, masalan “Tabiat”, “Qishloq bilan shaharning bog‘liqligi”, “Yerdagi hayot va hayotiy jarayonlarning fizik-ximik asoslari”, “Ekish va о‘simliklarni parvarishlash” kabi mavzularga taqsimlangan edi.
Bunday kompleks dasturlar tabiiy ravishda о‘quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga kо‘ra о‘quv materialini laboratoriya metodi asosida о‘rganish targ‘ib qilina boshlandi. Natijada о‘quvchilar sinf darslari о‘rniga tabiatni kuzatish, tajriba о‘tkazish bilan shug‘ullana boshladilar. Laboratoriya metodi о‘quv dasturining asosiy maqsadi mehnat, tabiat va jamiyat kompleksni о‘rganishdan iborat bо‘lgan. Bu kompleks о‘quv dasturlari maktablarda о‘qiladigan о‘quv fanlari orasidagi tо‘siqni bartaraf qilishga qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks о‘quv dasturlari о‘quvchilarga sistemali bilimlar bera olmasligi tezda ma’lum bо‘lib oldi. Shuning uchun 1931-yildan boshlab hukumat qarori bilan boshlang‘ich va о‘rta maktab isloh qilindi va ta’lim berishning asosiy tashkiliy shakli dars bо‘lishi lozimligi uqtirildi. Shu paytdan boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, darvinizm о‘quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu о‘quv fanlar bо‘yicha о‘quv dasturlari va darsliklari yaratildi, hamda maktab hayotiga joriy etildi. Biroq 1964-yilga qadar maktab darsliklaridagi bilimlar biologiya fanining 1930-1940 yillaridagi rivojlanish holatini yoritib keldi. Vaholanki didaktikaning ilmiylik prinsipiga kо‘ra maktab о‘quv fanlari о‘z mazmuniga kо‘ra fanning keyingi yutuqlarini о‘zida ifoda qilishi lozim edi.
Rossiya va О‘zbekistonda chiqarilgan biologiya darsliklarining biologiya fani yutuqlaridan orqada qolganligiga asosiy sabab shuki 1935-1965 yillar mobaynida biologiya fanida qat’iy g‘oyaviy kurash davom etdi. Akademik T.D.Lisenko boshliq bir guruh olimlar chet mamlakatlarda qо‘lga kiritilgan fan yutuqlarini tan olmadilar va ularni burjua olimlarining kashfiyotlari, ular g‘oyaviy jihatdan bizning dunyoqarashlarimizga zid degan bahona bilan biologiya 15 fanining sо‘nggi yutuqlarini darslik sahifalaridan о‘rin olishiga tо‘sinlik qildilar. Faqat 1964-yil oktyabr oyida akademik Lisenko shaxsiyatga sig‘inish barbod bо‘lganidan keyin maktabdagi barcha biologik dastur va botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, umumiy biologiya darsliklari mazmuniga genetika, ekologiya, sitologiya, bioximiya, molekulyar biologiya va shu kabi fanlarning sо‘nggi yutuqlari kiritildi. Yangi darslik bilan birga ularning о‘qitish metodikasiga oid qо‘llanmalar ham nashr qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |