O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
1-masala: O’rta Osiyo xonliklarining Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha Xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xo’qandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mametovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi shohruXIy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin.
Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston respublikasi Markaziy Davlat arXIVida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiylari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.
2-masala: XIX asr o’rtalariga kelib Chor Rossiyasi va Angliya davlatlarning mustamlakachilik siyosatidagi manfaatlari O’rta Osiyoda to’qnashdi. Har ikki davlatning Turkistonga bo’lgan qiziqishlari bundan ancha avvalroq boshlangan bo’lib, har ikki davlat ham Turkistonni o’z manfaatlari doirasiga kiritishga harakat qilardilar.
XIX asr boshlaridanoq Angliya o’zining Hindiston va Afg’onistondagi mulklaridan turib o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalarini boshlab yubordi. Angliya siyosatchilari Rossiyaning o’zbek xonliklari bilan tobora iqtisodiy jihatdan yaqinlashib borayotganidan tashvishga tushib, xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishidan xavsirardi. O’z navbatida Rossiya ham Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizi sharqidagi erlarni bosib olishdan tashvishga tushgan edi.
Bu siyosiy o’yinda Angliyaning asosiy maqsadi o’zbek xonliklarini birlashtirib, Rossiya impreriyasi tomonidan bosib olinishiga yol qo’ymaslik va shu bilan birga O’rta Osiyo bozorlarini egallashdan iborat edi.
Angliya o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun XIX asr 30 - yillaridan boshlab O’rta Osiyo xonliklariga o’z elchilari va missionlarini yubora boshladi. A. Byorns, Stoddart, Konnoli, Abbot, Shekspirkabi bir qancha ingliz missionerlari XIX asrning 30-50 yillari davomida bir necha bor o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun kelgan bo’lsalarda, ularning hammasi o’z maqsadlariga eta olmadilar.
XIX asr o’rtalariga kelib, Rossiya va Angliya o’rtasidagi raqobat va keskinlik chuqurlashdi. 1856 yil 19 martda har ikki davlat o’zaro keskinlikni yumshatish maqsadida bitim imzolaydi. Biroq bu bitim ham vaziyatning yumshashiga ta`sir ko’rsata olmadi. 1858 yil mart oyida Angliya parlamenti Hindistonda mustamlaka siyosatini amalga oshirish va Turkiston xonliklari bilan savdo aloqalarini kengaytirish ko’zda tutuvchi qarori va mahsus qo’mita tashkil etdi. Bu esa rus hukumatining qattiq tashvishga soldi va o’zbek xonliklarini bosib olish masalasini kun tartibidagi birinchi o’ringa olib chiqdi. Dastlabki harbiy harakatlar Qo’qon xonligiga qarshi qaratildi. Rossiya imperiyasining keyingi yillaridagi olib borgan tashqi siyosati Angliya bilan keskin vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Har ikki davlat ham yuz berishi muqarrar bo’lgan harbiy to’qnashuvning oldini olib, 1869 yilda muzokaralar o’tkazdi. Bu muzokaralar ikki davlat o’rtasidagi betaraf hududni aniqlab berishi lozim edi. Biroq Rossiya hukumati Angliyaning betaraf hudud Afg’oniston va O’rta Osiyo bo’lishi kerak degan talabiga qarshi chiqib, betaraf hudud Afg’oniston bo’lishi, O’rta Osiyo esa Rossiya imperiyasi tasir doirasida bo’lishi kerak degan siyosatni ilgari surdi. Oqibatda bu masala ochiq qoldi. Keyinchalik Rossiyaning O’rta Osiyodagi bosqinchilik siyosatini kuzatib turgan Angliya hukumati vakili, Hindiston vitse-qiroli Forsayt 1873 yildi yashirincha Toshkentga keldi va Kaufman bilan uchrashib, Rossiyaning O’rta Osiyoni butunlay bosib olishga roziligini va Afg’oniston betaraf hudud bo’lib qolishni bildirdi. shu tariqa Angliya va Rossiya o’rtasidagi O’rta Osiyo masalasida yuzaga kelgan raqobatchilik rus diplomatiyasining ustunligi bilan tugadi. Biroq Angliyaning aralashuvi bilan Buxoro amirligi o’z mustaqilligini qisman saqlab qolishga erishdi.
3-masala:Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi.
1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan katta kuchga ega bo’lgan Buxoroga etib keldi va amirlik haqida bir qancha malumotlarni qo’lga kiritdi.
1920 yilda A.F.Negri boshchiligida o’z tarkibida olimlardan G.Meendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bo’lgan ikkinchi missiya amirlik haqida ko’proq malumot yig’ish uchun keldi. G.Meendorf kelajakda rus qo’shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi.
1834 yilda Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik maqsadidagi topshiriqlarni bajardi. Bu missiyaga turkiy tillarni va bu xalqlarning tarixini yaxshi bilgan Qozon universitetining sharqshunoslik fakul`teti talabasi P.Ch.Demizon rahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza Jafar nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi. Unga yuklatilgan vazifa o’ta muhim bo’lib, rossiya bilan Xiva o’rtasida urush kelib chiqsa Buxoro bunga qanday munosabatda bo’lishini aniqlashdan iborat edi.
1835 yilda praporshik Vitkevich maxfiy ko’rsatmalar bilan Buxoroga jo’natildi. 1839 yil aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan Kovalevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya yuborildji va unga Turkistondagi mavjud oltin va boshqa madan konlarini xaritalashtirish topshirildi. Shuningdek Buxoro amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning tashqi savdo munosabatlari haqida statistik malumotlar to’plash vazifasi yuklatilgan edi.
1841 yil Buxoroga N.Xanikov boshchiligidagi missiya o’z tarkibida N.Zalesov, Leman kabi olimlar bilan birgalikda keldi va O’rta Osiyo flora va faunasini o’rganishga kirishdi. 1843 yilda N.Xanikov o’z safar natijalari haqida hisobot to’plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu yiliyoq hisobt tegishli idoralar uchun yollanma sifatida «Opisanie Buxarskogo xanstva» nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta elon qilindi.
1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. rus hukumatiga «Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari» deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi.
Xuddi shunday missiyalar Xiva va Qo’qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirilgan.
1820 yilda kapitan Muravyov boshchiligidagi missiya Xiva xonligini bosib olish rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yol ochadi va butun O’rta Osiyoni rossiya tasirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi va bu xulosalarga tayangan hamda Muravyovning maslahatlariga amal qilgan graf Perovskiy rus hukumatining roziligini olib, 1839 yil XIVga yurish qiladi va to’la mag’lubiyatga uchraydi. Yurish ishtirokchisi M.Ivanin «Opisanie zimnego poxoda v XIVu(1839-1840g)»nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak bo’lsa eklogik urush elon qilish, yani, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bu g’oyalari bilan rus mustamlakachilari shafqatsizlik borasida Chingizxondan ham o’tib ketgan edilar.
1858 yil O’rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignatev boshchiligidagi missiya o’z ishini tugatar ekan, «O’rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jo’natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishglarga sarflab, bu hududlarni bosib olish kerak» – mazmunidagi o’ta shovinistik va bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo’lib turgan xulosalarni chiqaradi.
Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspeditsiyalar, elchiliklar yordamida rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ko’plab qimmatli malumotlarga ega bo’ldi. Xonliklar orasida birlikning yoqligi, ular o’rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonlikularni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali rus generallariga topshirdi.
O’rta Osiyo va Rossiya munosabatlari qadim zamonlardan boshlangan. Buni XIII-XV asrlarda O’rta Osiyoda zarb etilgan tanga pulning rossiyada topilishi bilan isbotlash mumkin. Volga bo’yida Bulg’or va Xazor davlatlari mavjud bo’lgandayoq savdo aloqalari rivojlanishi uchun imkoniyat yaratilgan.
Dastlab Astraxon, Qozon keyinroq Sibir xonliklari rossiya tomonidan zabt etilgan. XVI asr o’rtalarida munosabatlar yanada rivojlandi, yani bir-birlari bilan bevosita qo’shni bo’lib qoldi. Ayniqsa o’sha davrda diplomatik munosabatlar o’rnatilishi iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlarni tartibga keltirdi. Masalan, Buxoro va Xiva xonliklari elchilari 1557 yilda Astraxonga borgan edi. 1558 yilda esa Chor hukumati Jenkinsonni O’rta Osiyo xonliklariga elchi qilib yuborgan edi.
XVIII asr oXIriga kelib savdo yollari yanada kengaydi. Agar avvallari Volga daryosi, Kaspiy dengizi va Mang’ishloq orqali Xivaga, u orqali Buxoroga doimiy, Qoqonga esa onda-sondagina savdo karvonlari borsa, endilikda ikkinchi savdo yoli Orenburg orqali Toshkent, Qoqon va Buxoroga boriladi. Uchinchi savdo yoli ham Semipalatinsk va Petropavlovsk orqali qozoq cho’llari va Sarisuv bo’ylab Sibir savdo yoli yuzaga keldi.
XIX asr birinchi yarimiga kelib Orta Osiyo va rossiya savdo munosabatlari yanada kengaydi. Bunga asosan Rossiya sanoatining va uning yangidan-yangi bozorlarga ehtiyoji kuchayishi sabab bo’ldi. rus sanoati mahsulotini sotish uchun yangi bozor qidirish zaruriyati va uning uchun xom ashyo negiziga ega bo’lishlik ehtiyoji tufayli O’rta Osiyoga qiziqish yanada kuchaydi. Agar XIX asr birinchi choragida ikkala tomonlar o’rtasida asosan tayyor mahsulotlar ayirboshlangan bo’lsa, shu asr ikkinchi choragida paxta alohida ahamiyat kasb eta boshladi.
XIX asr boshlarigacha Orta Osiyoga metall buyumlar chiqarish taqiqlangan edi. Endi savdoni rivojlantirish maqsadida temir, po’lat, mis, cho’yan kabi metallardan yasalgan buyumlar ham O’rta Osiyoga chiqariladigan bo’ldi. Keltirilgan misdan har Xil idishlar va chaqa pul yasalardi. Temir va cho’oyndan qishloq xo’jalik asboblari tayyorlandi. Qisqasi, ishlab chirarishni rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
1826 yil fevralida general – mayor Verigin imperator Nikolay I ga alohida xat bilan murojat qilib, unda rossiya engil sanoat va savdosi rivojlanishi hamda inglizlarning Tatariston chegaralariga yaqinlashuvi O’ra Osiyoni tezlik bilan bosib olishni taqozo lmoqa, deb ko’ratgan edi. Lekin u vaqtda chor hukumatining asosiy etibori O’rta Osiyoga emas “sharq masalasi” deb nomlangan Evropa voqealari bilan band edi.
XIX asr ikkinchi choragida rossiyada kapitalistik munosabatlar yanada tezroq rivojlandi. Lekin rus tovarlariga poshlinalarining yuqori bo’lishligi, ularning erkin emas, balki tatar boshqird va O’rta Osiyolik savdogarlar orqaligina kirib kelishi ikkala tomon orasidagi savdo rivojlanishini qiyinlashtirardi.
Undan tashqari XIX asr 30-40 yillaridan O’rta Osiyoga Angliya kapitali ham kirib kela boshladi va ular rus tovarlari bilan raqobatda g’olib chiqishi mumkin bo’ldi. Angliyaning Afg’onistonga bostirib kirib, O’rta Osiyo chegaralariga yaqinlashuvi ham jiddiy xavf edi. Ana shunday sharoitda O’rta Osiyoda Rossiya o’zining, iqtisodiy pozitsiyasini mustaxkamlash zarur deb hisobladi.
Ana shu maqsadda “Rossiya-Osiyo savdo kompaniyasi” tashkil qilinib, uning asosiy vazifasi O’rta Osiyoda rossiyaning iqtisodiy va siyosiy ekspantsiyasini va inglizlar tasirini siqib chiqarishini taminlashdan iborat bo’lgan. XIX asr 40-yillarida Chor hukumati O’rta Osiyo xonliklari bilan savdoni engillashtiruvchi qator tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, O’rta Osiyo xonliklaridan rossiyaga keltiriladigan tovarlarga bir foizgina poshlina belgilandi. 1848 yil Chor hukumati Mang’ishloqdagi rus tovarlariga bo’lgan poshlinani ham bekor qildi.
Shuni qayd etish lozimki, XIX asr 50-60 yillarida chorizm O’rta Osiyo xonliklarini bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishmagan edi. Chunki bu ish juda katta tayyorgarlikni talab etar edi. Buni 1839 yilda general-Perovskiyning Xivaga muvaffaqiyatsiz qilgan harbiy yurishi ham taqoza qilardi. Kechiktirilishiga yana bosh sabablardan biri Chor hukumatining butun etibori va mamlakat resurslari Kavkazni bosib olishni oXIriga etkazishga qaratilgan edi. Undan tashqari 1848 yil Evropadagi inqilobiy voqealar va 1853-1856 yillardagi Qrim urushining muvaffaqiyatsiz tugallanishi ham O’rta Osiyoni bosib olishni kechiktirilgan edi (1854-1864).
Lekin shunga qaramasdan XIX asr 40-50 yillarida rossiya O’rta Osiyo xonliklarida iqtisodiy siyosiy va diplomatik munosabatlarni o’rnatishni tezlashtirdi. Masalan, 1848 yilda Nikiforov boshliq rus missiyasi Xivada, Butenov boshliq missiya esa Buxoroda bo’ldilar.
Nikiforov talabiga ko’ra Sirdaryoning shimolidagi barcha xududlar va Kaspiy dengizi sharqiy qismi Rossiyaga o’tishi Xiva xonligida qulchilik tartiblari tugatilishi va barcha rus muhojirlari qaytarib berilishi kerak edi. Lekin Xiva xonligi bunga rozilik bermadi.
shu sababli 1842 yil Xivaga Danilevskiy boshliq yangi missiya kelib, unda rus savdo karvonlarini turkman va Xivaliklar xujumidan mudofaa qilishga kelishiladi.
Butenov missiyasidan ham deyarli ijobiy natija chiqmadi. Lekin A.V. Xonikovning “Buxoro xonligi yozilishi” nomli kitobida amirlikni harbiy jihatdan o’rganishi kelajakda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
XIX asr 40-yillari oxiridan Chor hukumati O’rta Osiyoga kirishni boshladi. Dastlab 1848 yilda Sirdaryo quyilishi joylari egalanib, u erda “raim” deb nomlangan qala qurilishi butun Orol dengizi atrofi mustaxkamlanib olinishi taminladi va keyinchalik O’rta Osiyo ichiga kirib borishga imkoniyat yaratdi.
1851 yilda Orenburg va Samara harbiy general – gubernatori qilib general Perovskiy tayinlandi. U aslida O’rta Osiyo xonliklarini tezlikda harbiy yol bilan qo’lga kiritish tarafdori edi. Endi Orol dengizidan Sirdaryo yuqorisi bo’ylab harakat qilib, 1853 yilda hozirgi “Kazalinskiy I- son fort” nomi bilan yangi qala qurdi. 1853 yilda Perovskiy yuborgan harbiy otryadlar Qo’qon xonligiga qarashli Oqmachit (Qizil O’rda ) qalasini qo’lga kiritda va u erda “Perovskiy forti” nomi bilan yangi qala barpo etildi. Tarixda buni “Turkiston fojeasi” deb ham ataladi. “Turkiston fojeasi” Oqmachit fojeasidan boshlanadi. O’tgan asrda rus bosqini arafasida Markaziy Turkistonda uchta davlat – Buxoro amriligi, Xiva va Qo’qon xonliklari mavjud edi. Tarix darslarida bular umumiy qilib “O’zbek xonliklari” deyilsa-da, Qo’qon xonligiga doir tarixiy manbalarda bu davlat “Turkiston mamlakati” deb tilga olingan, uning hukmdori esa “Xoqon ibn xoqon sulton.” deb yuritilgan. shunday xoqon ibn hokonlardan biri 1822-1842 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Alixon ibn Umarxon edi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Amir Temur zamonlaridan beri sharqiy Turkiston G’arbiy Turkistonga birlashmagan edi. Bu tarixiy voqea xuddi shu Muhammad Alixon zamonida yuz berdi. Uning bu muvaffaqiyatidan cho’chigan atrofidagi davlatlar sarosimaga tushdilar va o’zlari chora ko’rishga kirishdilar. Josuslar yuborib, uchta qo’shni va qardosh davlat o’rtasida nizo chiqarishga urindilar. Muhammad Alixonni badnom qilib qatl etilishiga erishdilar. Bu ishni Buxoro amiri Nasurullo amalga oshirdi. Uzoqni ko’zlagan bosqinchilar Turkistoni zabt etishga ana shunday hozirlik ko’rdilar, bu erdagi davlatlar birlashmasi deya, ularni bir - birlariga yov qilib qo’ydilar.
Muhammad Alixon hayotligida Qo’qon xonligining xududi Sirdaryoning quyi oqimlaridan to sharqiy Turkistongacha edi, janubiy chegara Pomir tog’larigacha borsa shimoli Olma – Ota , Pishpak, Issiqko’l bo’ylarigacha boradi. Bu davrda qurilgan yangi shaharlardan biri Sirdaryo bo’yidagi Oqmachit edi. Bu erda qurilgan machit olis-olislardan oppoq bo’lib ko’ringani uchun xalq shaharni Oqmachit deb atagan.
Rus bosqiniga birinchi bo’lib ana shu Oqmachit (hozirgi Qizil O’rda) duchor bo’ldi.
Oqmachit shahri istilo qilingach, Chor hukumati bosqinchi general nomini abadiylashtirish maqsadida uni Petrovsk deb atadi. 70 yildan ortiq vaqt mobaynida shahar shu nom bilan yuritildi. 1920 yillarda o’sha paytdagi Qozog’iston muxtor hukumati Orenburgdan ko’chirib yuborilgach, bu shahar shu hukumatning qarorgohi bo’ldi va Qizil O’rda deb atala boshladi.
Shunday qilib, rossiyaning Sirdaryo harbiy chizig’i yuzaga keltirilib, u kelajakda O’rta Osiyoni bosib olishda juda katta imkoniyatlar yaratdi. Bu bilan yana G’arbiy Sibir va Semipalatinsk tomonidan ham O’rta Osiyoga kirish imkoniyati harbiy chizig’i yaratildi. Endi G’arbiy Sibir harbiy general-gubernatoriga Zailiy o’lkasini qo’lga kiritish vazifasini yuklandi. shu maqsadda 1847 yilda Ettisuvdagi Ulutovda Kopal qalsi barpo qilindi. 1850-1854 yillarda chor harbiy qo’shinlari Zaili o’lkasini to’la qo’lga kiritdi. 1854 yilda Olma-Ota qishlog’ida Verniy nomli qala yuzaga keltirildi.Shunday qilib, shimol tomonda Semipalatinsk Verniy o’rtasida Sibir harbiy chizig’i (liniyasi) yuzaga keltirildi.
Sirdaryo va Sibir harbiy chiziqlarining yuzaga keltirilishi bilan O’rta Osiyoni bosib olishning barcha imkoniyatlari yaratildi. Endi buning amalga oshirilishi halqaro vaziyatga bog’liq edi. shu orada Qrim urushining (1853-1856 y.) boshlanishi Chorizmning O’rta Osiyoni bosib olish rejasining amalga oshirilishini orqaga surdi. Bundan O’rta Osiyo xonliklari ham foydalanishga harakat qilishib Rossiya qo’shinlarini shimolga surishga intildilar. XIX asr o’rtasida Qo’qon xonligi Qozog’istonning qator tumanlarini Turkiston va boshqalarni bosib olishga kirishdi. Undan tashqari O’rta Osiyo xonliklari qozoq feodallarining “Kenisarlar harakati” deb nomlangan feodal-monarXIyasi mazmuniga ega bo’lgan harakatini ham zo’r berib quvvatladilar. 1853 yil oXIrida Yoqubbek boshchiligidagi Qo’qon harbiy kuchlari Oqmachit qalasiga hujum qilib, uni qo’lga kirita oldilar.
Qrim urushidagi rossiya mag’lubiyatidan keyin Turkiya hukumatining O’rta Osiyo xonliklarini birlashtirib rossiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga intilishi sezildi. Hindistonda mo’stahkamlanib olgan Angliya esa Afg’oniston chegaralariga yaqinlashadi. 1856 yilda ingliz agentlari Qo’qon va Xiva xonligida paydo bo’lishdi. Inglizlar yordamiga tayanib Afg’oniston hukmdori Do’st Muhammad Balxni egallab, Amudaryo janubidagi barcha tumanlarni qo’lga kiritish uchun harakat qila boshladi.
Bu davrda Angliyaning rossiya bilan yaqin siyosat olib borayotgan Eronga ham tazyiqi kuchayib bordi. Ana shunday sharoitda rossiya hukumatidan O’rta Osiyoga tasir doirasini kengaytirishning yangi va favquloddagi chora-tadbirlarini amalga oshirishni talab etardi.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun 1858 yilda Xiva va Buxoroga polkovnik Ignatev boshliq missiya yuborildi. Ular bilan birgalikda Butakov boshchiligidagi 2 ta paroxod ham yuborilib, uning Orol dengizidan Amudaryoga va u erdan oqim yuqorisiga borishi mo’ljallandi. Lekin ular Qo’ng’radgacha etib bordi, uning narisiga borishga Xiva xoni ijozat bermadi.
Ignatev missiyasining asosiy maqsadi Xiva xonligidan rossiyaga qarshi barcha intilishlardan voz kechishini, Amudaryo bo’ylab rus kemalarining erkin suzishini, Xivada rus savdo agentligini o’rnatishni va rossiya tovarlariga 2,5 % gacha poshlinalar belgilashni taminlashdan iborat bo’lgan. Lekin Xivada bu xohishlarning birontasi amalga oshmadi.
Ignatev missiyasi Buxoroda ayrim muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. U rus tovarlariga poshlinani kamaytirishga va Buxoroda vaqtinchalik savdo agentligini ochishga erishdi. Buxoro amirining bu siyosati uning Xiva va Qo’qon xonliklari bilan yomon bo’lganligi natijasi edi.
Muhimi shuki, ana shu missiyalar natijasida Chor Rossiyasi O’rta Osiyoga bo’lgan siyosatini keskin o’zgartirdi. Bunda 1858 yilda Perovskiyning vafoti munosabati bilan Samara va Orenburg general-gubernatori qilib tayinlangan Katenin katta rol o’ynadi. Uning fikricha hozir Xivani chetlab o’tib, Qo’qon xonligiga harbiy yurishni boshlash zarur edi. U Sirdaryo chizig’ini etarli darajada mustahkam deb hisoblab, Turkiston va Toshkent shaharlarini tezlikda qo’lga kiritish, butun O’rta Osiyoni bosib olishdagi muhim rolini qayd etgan. Uning fikricha dastlab Julakni (Janubiy Qozog’istonda ) keyin Toshkentni qo’lga kiritib, Buxoro xonligi asosiy shaharlariga harbiy harakatni boshlash mumkin edi. Bu fikrni Julak shahrini bosib olishni podsho Aleksandr II quvvatladi, lekin Turkiston va Toshkentni bosib olishni diplomatik munosabatlarni qiyinlashtirmasligi maqsadida keyinga qoldirdi.
O’z navbatida G’arbiy Sibir general gubernatori Gosford Chu daryosi bo’yida Qo’qonliklarning faollashganligini sezib, Qo’qon xonligidagi Pishpak qalasini tezlikda egallashni taklif etdi. Kavkazdagi chor harbiy qismlari qo’mondoni knyaz A. I. Baryatinskiy inglizlarning Eron va Turkmanistonning ayrim tumanlarida faollashganini sezib, Kaspiy dengizi sharqiy qirg’oqlarida mustahkalashni taklif etdi.
Chor hukumati yuqoridagi rejalardan Katenin takliflarini amalga oshirishni hali ertaroq deb hisoblasa-da, G’arbiy Sibir general-gubernatori Gosfordga Pishpakni egallash uchun rozilik berildi. Kaspiy dengizi janubiy sharqiy qismiga polkovnik V. D. Dandevil boshliq missiya yuborildi. Chorizmning bu harakati inglizlarning katta noroziligiga sabab bo’ldi. Bu o’z navbatida rossiya Eron munosabatlari yomonlashuviga olib keldi. shu sababli Chor hukumati Kaspiy dengiz sharqida o’z mavqeini mustahkamlash rejasini amalga oshirishni keyinga surishga majbur bo’ldi.
Shunday qilib, chor rossiyasi XIX asr 90-yillarida O’rta Osiyoda o’zining mavqeini mustahkamlash siyosatini amalga oshira olmadi. Buning uchun ham ichki ham tashqi qiyinchiliklar mavjud edi.
4-masala: Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va uning bitmas tuganmas boyliklariga egalik qilishni bir asrlar avval o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar Petr I davridayoq boshlangan edi. Bir necha bor amalga oshirilgan elchilik va josuslik malumotlariga tayangan holda Petr I O’rta Osiyoni qo’lga kiritish uchun dastlab qozoq juzlarini bo’ysundirish va ulardan keyinchalik vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Degan fikrni ilgari surgan edi. Turli yollar bilan qozoq erlariga kirib kelgan ruslar birin ketin zab etilgan erlarda harbiy qalalar va istehkomlar ko’ra boshladi. 1717 yilda qurilgan Omsk, 1718 yilda qurilgan Semipalatinsk, 1720 yilda qurilgan Ust-Kamenogorsk, 1735 (1742 -?) yil qurilgan Orenburg qal`alari kabi mustahkam harbiy istehkomlar ruslarning bu erdagi harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qo’lga kiritgan erlar bilan qanoatlanib qolmasliklarni bildirardi. 1731-1740 yillar davomida Kichik va Katta qozoq juzlarining rossiya tobeligiga o’tish rossiya imperiyasining O’rta Osiyoning ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi hududlarni qo’lga kiritganlaridan so’ng, rossiya davlati chegaralari bevosita o’zbek xonliklari chegaralar bilan tutashib qolgan edi. Biroq rossiyaning Evropada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib borilishi O’rta Osiyo xonliklariga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarini yana bir asr kechiktirishga majbur qildi. Bu davr mobaynida bosib olingan hududlarda erkparvar qozoq sultonlaridan biri Kenasari Qosimov ruslarga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi.
Bu qo’zg’olonlarni bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bo’lgan general Obruchev, polkovnik Lebedev, Dushikovskiy, podpolkovnik Gorskiylar hech qanday natijaga erisha olmadilar. Bunda xulosa chiqargan rus hukumati bepayon qozoq dashtlarida ko’plab harbiy qalalar va istehkomlar ko’rishga kirishdi. Natija XIX asr o’rtalariga kelib Qozog’iston hududlarida 60 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi kelgusida o’zbek xonliklariga qarshi kurashga puxta tayyorgarlik ko’rilganligini bildirar edi. Chor rossiyasining xonlikarga qarshi harbiy yurishlardan dastlabkilaridan biri 1839 yilda Xiva xonligiga qarshi Orenburg general gubernatori graf Perovskiy tomonidan amalga oshirildi. 1839 yil 16 fevralda tasdiqlangan rejaga ko’ra Xivagacha bo’lgan 1300 chaqirim masofa uch oy ichida bosib o’tilishi lozim edi. 5333 kishilik armiya mahalliy aholining kuchli qarshiligiga duch keldi va 1045 kishi o’ldirildi, 609 kishi yarador bo’ldi. Harbiy yurish esa to’laligicha mag’lubiyatga uchradi. Keyingi yillarda ruslar xonliklar bilan chegaralarda kichik-kichik harbiy to’qnashuvlar bilan cheklangan bo’lsalarda, bu hududlarda o’z harbiy imkoniyatlarini kengaytirish va endi Qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo’ygan edilar.
Mavzu: Chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning zabt etishning boshlanishi. Toshkent mudofaasi Reja 1.Chor Rossiyasi tomonidan Turkistonni bosib olinishi omillari.
2.Turkiston,Avliyoota,Chimkent shaxarlarining bosib olinishi.
3.Toshkent mudofaasi.