AMALIYOT (SEMINAR VA LABOROTORIYA) MASHG’ULOTLARINING ISHLANMALARI, ULARNI O’TKAZISH VA QO’LLASH BO’YICHA USLUBIY TAVSIYALAR IV-Semestr uchun. Mavzu: XIX asr birinchi yarmida Rossiyaning o’zbek xonliklariga nisbatan siyosati va Rossiya va Angliyaning O’rta Osiyo ustida raqobati. Reja 1.RossiyaningXIX asrning birinchi yarmida o’zbek xonliklariga tajovuzi.
2.Sirdaryo va Sibir liniyalarining shakllantirilishi.
3.O’rta Osiyoni egallash uchun Rossiya va Angliyaning kurashi.
Asosiy adabiyotlar: 3,5,6,16,49,61,75,82,83,84 Qo’shimcha adabiyotlar: 85,87,88,89,93 Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: Rus podsholiginingo’zbek xonliklarini bo’ysindirishga intilishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillari.Elchilik munosabatlari va rus kazaklari qutqusi.Pyotr I ning xarbiy ekspedisiyasi: maqsad, vazifalari va taqdiri.O’rta Osiyoni egallash uchun Rossiya va Angliyaning kurashi
Dars maqsadi: Talabalarga XIX asr birinchi yarmida Rossiyaning o’zbek xonliklariga nisbatan siyosati va Rossiya va Angliyaning O’rta Osiyo ustida raqobati nomli mavzuning obekti, predmeti va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga doir berilgan tariflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning dolzarb ekanligidan talabalarni boxabar etish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har Xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga XIX asr birinchi yarmida Rossiyaning o’zbek xonliklariga nisbatan siyosati va Rossiya va Angliyaning O’rta Osiyo ustida raqobati nomli mavzuning obekti, predmeti va vazifalari borasida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.