O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi


Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut



Download 23,09 Mb.
bet85/152
Sana20.07.2022
Hajmi23,09 Mb.
#828477
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152
Bog'liq
O\'ZB TARIX SIRTQI 3-KURS 2021 MAJMUA

Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut

  • Yangi mavzu bayoni – 50 minut

  • Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut

  • sinov savollar namunasi – 10 minut

  • Uyga vazifa berish – 3 minut

    O’tgan darslarda biz Rossiyaning O’rta Osiyo davlatlariga nisbatan tojovuzi XVI asrdayoq boshlanganligini va bu xududni bosib olish yo’lida rus Chorizmi tinim bilmay xarakat qilganligini , odam kuchini xam , mablag’ni xam ayamaganligini o’tgan darslarda asoslab bergan Edik. Bu xarakatlar qozoq cho’llarini Rossiya tarkibiga kiritib xar uchala xonlik bilan bevosita chegaradosh bo’lishiga imkon bergan bo’lsada XIX asrgacha ruslar xonliklarning asosiy xududlariga dahl qila olmagan edilar.
    XIX asrning o’rtalariga kelib sharoit butunlay o’zgardi. Endilikda Rossiya davlati O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishni bevosita amalga oshirishga kirishdi.
    Bosib olish jarayonini quyidagi omillar tezlashtirdi.

    1. XIX asrning o’rtalariga kelib ingliz tovarlari rus tovarlarini O’rta Osiyo bozoridan siqib chiqara boshladilar. Rus qukmron doiralari buning oldini olishning yagona yo’li O’rta Osiyoni bosib olishdir degan xulosaga kela boshladi.

    2. 1854-1856 yillardagi Qrim urushi Rossiyaning mag’lubiyati bilan yakunlandi. Parijda tuzilgan sulx shartnomasiga ko’ra Rossiyaning Evropa Yaqin Sharqdagi tasir doirasini kengaytirishga qaratildi xarakatlariga bu shartnoma moddalari to’siq qo’ydi. Buyuk davlat qurish niyatidan voz kechmagan Rus xukmron doiralari Rossiyaning tasirini oshirishning yagona yo’li O’rta Osiyoni bosib olish deb hisoblay boshladilar. 1856 yilda Tashqi ishlar vaziri etibtayinlangan A. M. Gorchakov «Rossiyaning kelajagi Osiyodadir» deb aynan shu vaqtda aytgan edi

    3. Rossida 1861 yilda amalga oshirilgan islohatlar mamlakatda tovar pul munosabatlarining tez suratlar bilan rivojlanishiga, yangidan Yangi zavod va fabrikalarning qurilishiga olib keldi. Tez suratlar bilan o’sib kelayotgan rus sanoati , ayniqsa uning o’sha davrda etakchi bo’lgan to’qimachilik sohasi o’z xom Ashe bazasiga ega bo’lishni istar edi. Rossiyada paxta etishtirish tajribasi natija bermadi. Rossiya uchun eng yaqin va qulay xom Ashe manbai O’rta Osiyo edi. Maxalliy savdogarlar uslarning xonliklardan bevosita paxtani xarid qilishlariga yo’l bermas edilar.Qo’lma qo’l etib kelgan xom ashyoni qayta ishlash natijasida yaratilgan tovar mahsulot jaxon bozorida raqobatga chiday olmas edi. AQShda fuqarolar urushining boshlanishi va paxta xom ashyosi narXIning keskin ko’tarilishi rus sanoatchilarini bankrotlik yoqasiga olib keldi. Shu sababli sanoatchilar xam Chor xukumatidan O’rta Osiyoni bosib olishni talab qila boshladilar. Ular O’rta Osiyoni nafaqat xom Ashe bazasiga balki tayyor maxsulotlar sotish bozoriga xam aylantirmoqchi edilar.

    4. O’rta Osiyoni bosib olishni rus xarbiylari xam juda xoxlagan edilar . Ularning fikricha xududning bosib olinishi Angliyaga tegishщli bo’lgan Hindistonning shimoliy xududlariga tahdid havfini vujudga keltirar edi. Bu esa o’z navbatida Angliya xukmron doiralarini Evropa masalalarida Rossiya bilan o’chakishmasdan barcha muammolarni tinchlik yo’li bilan xal qilishga undar edilar.

    5. Xonlikdagi vaziyat ular o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik va urushlar butun O’rta Osiyoni xonavayron qilib Rossiyaning bu xududni osonlik bilan bosib olishga sharoit yaratdi.

    6. O’rta asrlarda iqtisodiyoti o’z davri uchun yuksak darajada rivojlangan mamlakatimiz XIX asrga kelib dunyoning etakchi davlatlaridan juda orqada qolgan edi. Xonliklarda rivojlanishga etibor berilmas edi. Xunarmandchilik xam , qishloq xo’jaligi xam almisoqdan qolgan texnologiya va agrotexnik usullarni bu davrga kelib umuman o’zgartirmadilar. To’plangan mablag’lar va boyliklar oborotga tashlanmadi va boylik manbai sifatida saqlandi. Siyosiy tarqoqlik va iqtisodiy qoloqlik xonliklarni juda xam zaiflashtirdi. Agar xonliklar birlashganlarida, kuchli iqtisodiyotga ega bo’lganlarida vash u asosda qudratli qo’shin tuzganlarida edi Rossiyalik istilochilar xududga bostirib kirishga jurat eta olmas edilar albatta. Buning ustiga dushman birinchi navbatda bevosita xavf solayotgan Qo’qon xonligi beklari joylardagi o’zbek, qipchoq, qozoq, qirg’iz aholisi bilan ittifoq bo’lib, chet El bosqinchilariga qarshi xamjixatlikda xarakat qilishga intilmadilar. Ularning beboshligi va zulmi mamlakat barqarorligiga putur etkazibgina qolmay, dushmanning g’alabasiga imkon yaratib berdi. Ish shu darajaga borib etdiki qozoq biylari Rossiyaga o’z xukmdorlari zulmidan xalos qilishni so’rab murojaat qilishdi.. Ular xatto ruslarni Buxoro va Qo’qon birlashsa istiloga jiddiy havf tug’ilishidan ogohlantirishdi. Qozoq biylarining dushman tomonga o’tishi mamlakatdagi ichki beqarorlikni kuchaytirishi bilan birga jaxon afkor ommasida Rossiya go’yoki maxalliy axolining iltijosi bilan xonliklar xududlariga bostirib borayotganligi xaqida tasavvur uyg’otishi mumkun edi. Shu sababli Sulton Saidxon va Alimqul qozoq va qirg’izlarning sardorlarini yig’ib ularni dushmanga qarshi birgalikda kurashishga davat qildi. 1864 yilda Aleksandr II Sibir va Sirdaryo chiziqlarini Avliyoota, Chimkent va Turkiston orqali birlashtirishi xaqida buyruq berdi. Aslida bu xonlikka qarshi urush boshlash xaqidagi buyruq edi. Polkovnik M Chernyaev shu buyruqni bajarib Avliyootaga o’sha yiliyoq qo’shin tortadi. Shaxar xokimi Niyoz Ali dodhoh shaxarni tashlab qochganiga qaramay xalq o’z tashabbusi bilan shaxarni mudofaa qiladi. O’sha vaqtda shaxarda mavjud bo’lgan 10ta ko’chada 517ta xonadon istiqomat qilar edi. Ularning aksariyati savdo xunarmandchilik ahli bo’lgan. M Chernyaev bilan bira kelgan qozoq marifatparvari Ch Valixonov xalqning qahramanligini ko’radi va bu xaqda o’z tasurotlarini yozib qoldiradi. Bundan tashqari ular ruslarning shaxarni egallash vaqtida yovuzliklaridan larzaga kelib Chernyaev bilan nizolashadi va istefoga chiqadi. M Chernyaev Avliyoota uchun general mayor unvoniga sazovor bo’ladi. Ko’pchilikning fikricha bu unchalik faxrlanadigan mukofot emas edi. Chunki Niyoz Ali dodhoh xonlik qo’shinlarini Avliyootadan olib ketgachasosan shaxar aholisi XImoya qilgan shaxarniegallash profesional xarbiy faxrlanadigan g’alaba emas edi

    Ruslar Avliyootani qamal qilganlarida Qo’qonliklar Buxoro amiridan yordam so’radilar. Amir Muzaffar bunga agar Xudoyorxon taxtga o’tirsagina yordam berishga rozi ekanligini bildirib javob berdi. Buning ustiga Qo’qonliklar o’rtasida xam yakdillik bo’lmagan. Turkiston Mirzo Davlat 1864 yil dushman shaxarga xavf solib turgan vaziyatda xam Sulton Saidxonni tan olmagan edi.
    Rus askarlari gen.M Chernyaev boshchiligida Avliyootadan Chimkent tomon xarakat qilgan vaqtlarida 1864 yil 29mayda Perovskiy (Oqmasjit) fortini 5ta rota, 200ta kazak, 20ta zambarak bilan Turkiston tomon yo’lga chiqadi va 9 iyunda shaxar atrofida o’rnashadi. Turkiston baland devorlar bilan o’ralgan bo’lib, uni 1500 askar va qurollangan olamon XImoya qilgan. Ruslar bir necha kun davomida zambaraklardan va raketa stanoklaridan shaxarni o’qqa tutadilar. Katta talofat etkazilgan bo’lsada shaxar XImoyachilari bir necha bor qaladan chiqib ruslarga zarbalar berganlar. Natijada 5ta rus o’ldiriladi 33tasi yarador bo’ladilar.
    Ammo shaxar kattalari Shayxulislom, nufuzla eshonlar, qozokalon va boshqa obro’li shaxslar o’zlarining mulklari, imtiyozlari va ehtiyojlari qondirilishi evaziga taslim bo’lishlari va rus fuqoroligini qabul qilishlari haqida palkovnik Veryovkinga maktub yozadilar va shaxarni ruslarga topshiradila. O’sha vaqtlarda shaxarda 956 xonadon bo’lib 10000 kishi yashagan. Ulardan 68tasi xo’ja avlodlri 22 tasi tatar xonadonlari bo’lgan.Aynan ana shular shaxarnning ruslarga topshirilishiga sabab bo’lganlar.
    Turkistonning qo’ldan ketishi oqibatida Iqon(200 xonadon), Chilich(150 xonadon), Boboy(20 xonadon), Karnlq (160 xonadon) Aris, Yangiqo’rg’on kabi yirik qishloqlar vash u muzofotdagi bepayon dashtlarning ruslar ixtiyoriga o’tishiga olib keladilar.
    Avliyoota va Turkistonning ruslar tomonidan egallanishi butun xonlik xalqining oyoqqa turg’izdi. Sulton Saidxon davati bilan mamlakatning turli xududlaridan kelgan qo’shin Toshkentning Mingo’rik degan joyiga yig’iladi. Askarlar bu erda xar kuni to’p va miltiqlardan otish bo’yicha mashq o’tkazadilar. Sulton Saidxon va Olimqul raxbarligidagi qo’shin Toshkentdan Chimkent tomonga yo’lga chiqadi va Chimkent tomon yo’lga chiqadi va Chimkent yaqinidai Sharafxona degan joyda o’rnashadi. Chernyaev boshchiligidagi 1500 askar 10ta zambaragi bilan 2ta raketa stanogi bilan ----------degan joyda o’rnashadi. Vatan XImoyachilarining soni turli manbalarda 6mingdan 12mingtagacha ko’rsatilgan.
    Xal qiluvchi jang 1864 yil 14 iyulda boshlanadi. Uch kun davom etgan jang natijasida ruslar engiladi va bir qismi Avliyoota ikkinchi qismi esa Turkiston tomon chekinadi. Maxalliy manbalarda ko’rsatilishicha ruslar elchi yudorib sulh tuzishni taklif qilganlar. Musulmonlar ikki lak tillo (225ming bir misqolli Qo’qon ashrafiysi) kontribusiya berilishini talab qilgan ruslar bunga rozi bo’lishgan. Bundan tashqari ular Turkiston viloyatini qaytarib berishga xam vabda berganlar. Lekin afsuski bu masala xarbiy kengashga muxokama qilinayotganda ko’pchilik lashkarboshilar muzokara yuritishga qarshi chiqadilar.Alimqul xam xalq kayfiyatini XIsobga olib o’zi Turkiston va Chimkent xududlarini saqlab qolish sharti bilan sulh tuzish tarafdori bo’lsada ko’pchilikning fikriga qo’shiladi.
    General Chernyaev Chimkent ostonasidagi mag’lubiyat og’ibatlaridan cho’chib butun kuchini Oqbuloqda jamlaydi. Alimqul jang taktikasini birmuncha o’zgartiradi. Dushmanga iloji boricha yaqinlashib qilich , nayza va kamonlardan foydalangan xolda kuchli zarba beradi va g’alaba qozonadi. Vatan XImoyachilari ruhlanib Yangi zafarlar qozonishga tayyorlanib turgan bir paytda Buxoro amirining Qo’qon chegaralaridan o’tib xonlik xududlarini birin ketin ishg’ol qilishga kirishganligi xaqida xabar olinadi. Alimqul o’z qo’shinining asosiy qismining asosiy qismi bilan amir Muzaffarga qarshi kurashish uchun jo’nab ketadi. Alimqul Xo’jand va O’ratepada Muzaffar qo’shiniga qarshi jang qilayotgan bir paytda 1864 yil 14 sentyabrda general M Chernyaevning Chimkentga ikkinchi yurishi boshlanadi. Turkiston va Avliyootadan chiqqan rus qo’shinlari Sayram ostonasida birlashadilar va 22 sentyabrda Chimkentni egallydilar. Natijada Arenburg va Sibir qo’shinlari Sirdaryo va Sibir liniyalari birlashadilar. Birlashgan qo’shin boshlig’i etib gen. Chernyaev tayinlanadi.
    Amalda Qo’qonning xukmdoriga aylangan Alimqul ichki parokandalikka chek qo’ya olmadi. Ayniqsa uning buyrug’i bilan atoqli qozoq biyi Boyzoqbiyning qatl etilishi xunuk oqibatlarga olib keldi. Uning qarindoshlaridan 400 kishi rus qo’shiniga ko’ngilli bo’lib o’ziladiva Toshkent yurishida ishtirok etadi. Boyzoqbiy 120 ta qozoq biyining sardori edi. Qatldan norozi bo’lgan biylar Qo’qondan butunlay yuz o’giradilar va Rossiyaning ittifoqchisiga aylanadilar. Chimkentning egallanishi Toshkentga yurish boshlash imkoniyatini berdi. Malumotlarga ko’ra Toshkentda bu vaqtda 40 mingdan 100minga qadar aholi istiqomat qilgan(turli manbalarnda malumotlar farq qiladi). Shaxar devorlarining uzunligi 25 chaqirim, balandligi 6-7 m, ostining eni 3 metr, tepasining kengligi 2 metr bo’lgan. Asosiy darvozalar soni 12 ta bo’lgan. Devor atroflari suv solingan chuqur zovurlar bilan o’ralgan. Shaxar markazida 10000 askar sig’adi gan va O’rda deb nomlangan qala qurilgan edi. Uning o’rtasida xokimning saroyi joylashgan. Shaxar 4 dahaga bo’linib, 117 ta maxallasi bo’lgan. Shaxarda 189 ta machit,10ta madrasa faoliyat ko’rsatgan. Shaxarning egallanishi butun O’rta Osiyo ustidan nazorat o’rnatishi imkonini berar edi. Chunki O’rta Osiyoning shimoliy xududlar bilan bog’lab turgan asosiy savdo yo’llari aynan shu shaxar orqali o’tgan edi. Shu sababli Chimkentni egallagan rus askarlari darxol Toshkentni egallashga tayyorgarlik ko’ra boshladilar.. 1864 yil 27 sentyabrda 1500 rus askari, 400 qozoq ko’ngillilari 12 ta zambarakli batareya gen.Chernyaev qo’mondonligi ostida Toshkent tomon yo’l oladi. Ikki o’rtadagi jang 2 oktyabrda boshlanadi.Ruslar shaxar devorining bir qismining ------------------ muvoffaq bo’ladilar vash u erdan shaxarga bostirib kirmoqchi bo’ladilar. XImoyachilar ularga muddat bilan tashlanadilar va qisqa muddat ichida ruslar 72 ta jangchilarini ajratadilar. Tushkunlikka tushgan ruslar Chimkentga chekinishga majbur bo’ladilar. Bu malumotni rus zobiti K Abaza o’zining «Turkiston istilosi» nomli kitobida tasdiqlaydi. Lekin gen. Chernyaev talofat miqdorini 18 kishidan iborat bo’ldi deb noto’g’ri malumot berdi. Toshkent XImoyachilarining talofati xaqida xech qanday malumot saqlanmagan. Toshkent ostonalaridagi g’alaba xaqida xabar olgan Sulton Saidxon va Alimqul 1864 yilning noyabrida ----------- Turkistonga qarab yo’lga chiqadi. Iqon qishlog’i yonida qo’shin ruslarning ---------------------- boshchiligidagi otryadi bilan to’qnashadi. Jangda ruslar 57ta askarini yo’qotadi, 43 tasi yarador bo’ladi. To’zitib yuborilgan mag’lubiyatga uchratilgan bir necha yuz kishidan iborat bo’lgan rus otryadidan ozginagina qismigina qochib Chimkentdagi ruslar qo’shilishiga muvoffaq bo’ladilar.
    1865 yilning bahorida gen .Chernyaev Niyozbek qalasini bosib oldi. U yurt xoinlaridan biri Abduraxmonbek Shodmon o’g’lining maslahati bilan Bo’zsuv to’g’onini buzib uni Chirchiq daryosiga burib yuboradi. Ruslarga Yana shaxarning yirik boylari Muxammad Soatboy . Saidazimboylar xam sotiladilar. Toshkentliklar janga yaxshi tayorlanadilar .Xonlikning turli xududlaridan ularga yordam etib keladilar. Ruslarning birinchi xujumi Alimqul rahbarligida qaytariladi. Alimqulning o’zi bevosita janga rahbarlik qildi. Otilayotgan o’qlardan qo’rqmay u doim askarlarni orasida bo’lgan va ularni ruhlantirib turgan. Lekin uning bu xarakatlari Yangi davr xarbiy qoidalariga unchalik to’g’ri kelmas edilar. Ruslar uning bu odatini yaxshi bilganlar va uni o’ldirish choralarini ko’rgan edilar. Ikkinchi jangdayoq bu choralar o’z samarasini bradi. Ular Alimqulning kindigining pastidan yarador qiladilar. Buning ustiga shaxar XImoyasiga kelgan qipchoq, qirg’izlarning bazi boshliqlari janga ishtirok etishdan bosh tortadilar. Ularga qo’qon va andijonliklar xam qo’shilib barchalari Farg’ona tomonga jo’nab ketadilar. Alimqulning o’limi , XImoyachilarning bir qismining shaxarni tark etishi mudofaa ishtirokchilarining ruhini tushiradi.
    Farg’ona tomonga ketgan sardorlar Qo’qon taxtiga Yangi xonni o’tkazishni niyat qiladilar. Toshkentliklar bo’lsa Sulton Saidxonga sodiq qoladilar va Toshkentni mustaqilligini namoish qilib uning taxtiga Sulton Saidxonni o’tqazadilar. Qo’qonliklar buni Qo’qonga qarshi qaratilgan xarakat deb baholaydilar va Yana anchalari shaxarni tark etadilar.
    Sulton Saidxon Rossiyaga qarshi kurashda yordam so’rab Turkiya, Buxoro va Qo’qonga elchilar yuboradilar. Qo’qonga yuborilgan elchilar Toshkentdan chiqib ketgan qo’shparvonachi qipchoq, Mirzo Ahmad qushbegi boshchiligidagi navkarlarni orqaga qaytishga undab yozilgan xatni topshiradilar. Lekin ular Sulton Said Qo’qonga qaytib taxtni egallashi lozimligini, aks xolda taxtga boshqa kish o’tqazilishini aytib yo’lda davom etadilar.
    Buxoro amiri yordam so’rab yozilgan xatga Sulton Saidxon unga bo’ysinsagina madad berishini aytib javob beradi. Sulton Saidxon amirning javob maktubini Toshkentlik zodogonlar muxokamasiga qo’yadi. Ko’pchilik Sulton Saidxonning amir xuzuriga borib muzokara yuritishi lozimligini aytadi. Sulton Saidxon 1865 yil ------------- 500 askar bilan birga Buxoroga qarab yo’lga chiqadi. Buxoroliklar maqsadi Sulton Saidxonni o’z vassallariga aylantirib u orqali Qo’qon xonligiga egalik qilish bo’lgan. General Chernyaev esa shaxarni to’pga tutishni davom ettiradi. Toshkent uchun jang 17 mayda ruslarning Zangiota orqali kelib Chinoz qalasini egallashdan boshlangan edi. Ruslarning bu tadbiri Buxoro amiri tomonidan yuboilishi mumkun bo’lgan askarlarning yo’lini to’sishga qaratilgan edi. Shudan keyin Toshkent qamal qilinib to’xtovsiz to’pga tutib turilgan edi. 14 iyundan 15 iyunga o’tar kechasi Kamolon darvozasi tomon xarakat qilgan rus qo’shini 15 iyun erta tongda to’satdan xujum qiladi va darvozani buzib Toshkentga bostirib kiradi. Shaxarliklar qarshiligini engib ular Qo’qon darvozasini ochishga muvoffaq bo’ladilar. Ko’cha janglari ikki kun davom etadi.
    Shaxarning ichki iva tashqi tomonlarida olib borilga janglar orqasida ko’rilgan katta talofatlar xamda xech qaerdan yordam kelmasligi, og’ir iqtisodiy ahvol, suvsizlik vatan XImioyachilarining tinkasini quritdi. Ayniqsa ayrim sardorlarning o’z askarlari bilan ketib qolganlari umidsizlikni kuchaytirdi. Xususan Solih to’ra va Arslon to’ralar Buxoroga ketishga ahd qildilar. Shaxarda shu vaqtgacha qolgan Qo’qonlik sardorlar xam o’z yurtlariga otlandilar. Buning ustiga shaxarning ayrim nufuzli kishilari o’z oilalari bilan Toshkentdan chiqib ketdilar. Qo’qon darvozasidan kirgan ruslar darvoza yaqinidagi machitlari zambaraklar o’rnatib maxallalarni to’pga tutdilar.
    Manbalarda shaxar mudofaasiga aniq kimning rahbarlik qilganligi xaqida aniq malumotlar uchramaydi . Muxammad Solix Toshkandiyning so’ziga qaraganda raxbarlar orasida eng nufuzlisi Muxammad Solix dodhoh bo’lgan. Uning raxbarligida ko’chalarning og’zi aravalar, xodalar bilan to’silib barrikadalar qurildi. Masjitlarda o’rnashgan shaxar XImoyachilari ruslarga birdaniga tashlanib qurol aslahalarni o’ljaga oldilar. Katta talofat ko’rgan ruslar xujumni to’xtatib zambarak va miltiqlardan to’xtovsiz o’q ota boshladilar. XImoyachilar bo’sh kelmagandan keyin ruslar Qo’qon darvozasini tashlab Komolon darvozasi tomon chekinadilar. Dushmanni shaxar darvozasidan siqib chiqarish imkoniyati tug’ilgan bir paytda, shaxarning nufuzli odamlari orasida sulh tuzish tarafdorlari ko’paya boshladi. Muxammad Solix dodhoh o’z atrofiga kurashni davom ettirish tarafdorlarini to’playdi va jang Yana shiddatli tus ola boshlaydi. Anna shunday bir vaziyatda vatan xoinlari yordamida ruslar O’rda ichidagi qurol yarog’ va porox saqlanadigan omborni portlatishga muvoffaq bo’ladilar. Natijada qurol yarog’ va o’q dori zaXIrasidan ajralgan shaxar XImoyachilari taslim bo’lishiga majbur bo’ladilar.
    Sulh axdnomasi 5 nusxada tuzilib biri gen.Chernyaevga qolganlari Shayxontoxur, Besho’g’och, Ko’kcha va Sebzor dahalari vakillariga topshirilgan. Ahdnomaga gen. Chernyaev va shaxarning atoqli vakillari imzo chekkanlar. 1 iyuldan kuchga kirgan ahdnoma shariyat qoidalariga rioya qilish, xalq turmushi dahlsizligini saqlash maxalliy turmush tarzini muxofaza qilish , aholini 1 yilga soliqdan ozod qilish shartlari qo’yilgan. Shu bilan birga jinoyat qilinsa rus qonunlari asosida jazo berish ko’rsatilgan. Shaxar aholisi ikki kun ichida qurolini topshirishi shart bo’lgan. A Chernyaev Alimqul qabrini ziyorat qiladi. Vayron qilingan machitlarni tiklash uchun pul ajratadi , qullarni ozod qiladi, Yaxudiylarni kamsitadigan talablarni bekor qiladi. U bu ishlarni o’z mavqeini mustahkamlash, aholini chalg’itish maqsadida qiladi. Aslida u o’ta shavqatsiz va millatchi shaxs bo’lgan. U maxalliy xalqni to’n kiyib yurganligi uchun do’pposlash kerakligini o’z xamfikrlarini oldida ochiqchasiga aytgan. Shaxar imperator ruxsatisiz egallangan bo’lsada mamnuniyat bilan qabul qilindi. Istilochilarga------------- va mukofotlar berildi. Toshkentning bosib olinishi Eron, XItoy , Angliya , Turkiyaning noroziligini kuchayishini olib keldi. Shuning uchun gen. Chernyaev shaxarning go’yo ixtiyoriy ravishda rus qo’shinlariga bo’ysinganligi to’g’risida soxta xujjat uyushtiradi. Muxammad Solix dodhoh boshchiligidagi bir guruh nomzon toshkentltklar bu xujjatni imzolamaganligi uchun qamoqqa olinadilar. Xujjatni Abdusattor Qorabosh boshchiligidagi bir gurux nufuzli toshkentliklar imzolaydilar. Bu xujjatning nusxalari Istanbulga va Makkaga etkaziladi va jaxon afkor ommasini chalg’itishga XIzmat qiladi. Muxammad Solix dadhoh boshchiligidagi 9 vatanparvar Sibirga jo’natiladi(Tomsk)va faqat 1868 yildagina avf etiladi. Avf qilinguncha surgunda ulardan 3 kishi olamdan o’tadi. Tadqiqotchilar fikricha ulardan 1 nafari Muxammad Solix dodhoh bo’lgan Chunki uning Toshkentga qaytganligi haqida malumot topilmagan


    Download 23,09 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish