O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi



Download 23,09 Mb.
bet81/152
Sana20.07.2022
Hajmi23,09 Mb.
#828477
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152
Bog'liq
O\'ZB TARIX SIRTQI 3-KURS 2021 MAJMUA

Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har Xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga Turkistonda jadidchilik xarakati nomli mavzuning obekti, predmeti va vazifalari borasida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

  • Darsning xrono kartasi – 80 minut.

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi

  • Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut

  • Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut

  • Yangi mavzu bayoni – 50 minut

  • Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut

  • sinov savollar namunasi – 10 minut

  • Uyga vazifa berish – 3 minut

XIX asr oXIri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yo’l ochish, halqqa ziyo tarqatish choralarini ko’radilar. Bu borada jadidchilik harakati katta rol’ o’ynadi.
Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshlagan. Bu harakat XX asrning 30-yillari oXIrigacha o’lka ijtimoiy, siyosiy hayotida muhim rol’ o’ynadi. Xozirgi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:

  1. XX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik;

  2. 1915 yildan 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;

  3. 1918 yil fevralidan 20 yillar oXIrlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyatidir.

Jadidchilik rossiyaga qaram bo’lgan musulmon halqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 ta bolaning savodini chiqardi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuhrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi»degan ma’noni bildiradi.
Ismoilbek g’oyalari yangilanish,yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Jadidchilik XIX asrning birinchi choragida turkiy musulmon o’lkalarida (Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-Bulg’or va Janubiy ¤rol havzasi, Turkiston) shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitida yuzaga kela boshladi. U o’sha davrdan Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining mafkurasi Turkiston milliy mustaqillik mafkurasi vazifasini bajardi. Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qaloqlik, xurofatlardan ozod qilish, «Usuli qadam»ni inkor etgan holda o’lkani, halqni millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish,konstitusion parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi va milliy qo’shin tuzish. Bu g’oya va maqsadlar 1917-1920 yillarda «Turkiston» muhtoriyati; Buxoro va Xorazm halq respublikalari davrida, qisqa muddatda va qisman bo’lsa-da amalga oshirildi.
Jadidchilikning mintaqaviy-hududiy tarixiy shakllari: Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-Bulg’or va Janubiy ¤roldagi jadidchilikka Gaspirali Ismoilbey, Jovid Husaynzoda, Muso Jorulloh Qozoniy, rizouddin ibn Fahriddin rahnomolik qilgan;
Turkistonda Munavvar qori, Behbudiy va boshqalar etakchilik qilishgan; Buxoroda «Yosh buxoroliklar» hukumati, Jum hurrais Usmonho’ja, Fitrat va boshqalar yo’lboshchilik qilishgan; Xiva jadidlariga «YOsh Xivaliklar» hukumati, Jumhurrais Xoja Pahlovon Niyoz Hoji etakchilik qilganlar.
Jadidchilikning Turkistondagi tadrijoti;
I.1885-1895 yillar: G.Ismoilbeyning «Tarjumon» gazetasi ta’sirida Qo’qonda yangi jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-tuzem maktablari bilan raqobatlasha boshlagan.
II. Qrimdagi Gaspra shahridan G.Ismoilbeyning Buxoro va Samarqandga tashrifi, Buxoro amiri bilan uchrashishi natijasida 1895 yilda jadid maktablarini tashkil etish davri Buxoroda Jo’raboy, Samarqandda A.Shakuriy, S.Aziziy, A Munzim, Mulla Qilich, Toshkentda Munavvar Qori, A.Avloniylar, Qo’qonda Hamza, Namanganda I.Ibrat, So’fizoda va boshqalar siymolarimiz ochgan jadid maktablari o’z faoliyatlarini olib bordilar.
III. 1905-1914 yillar jadidchilikning maktab-maorifidan kengroq gazetachilik, ya’ni ro’znomalar va jadidlarni chop etish, matbaa ishlarini yo’lga qo’yish, ilm-fan, adabiyot, madaniyat maorifni milliylashtirish bosqichi.
IV.1914-1917 yillar jadidchilikning o’ta ijtimoiy, siyosiy yo’nalish kasb etishi, jadidchilik siyosiy firqlarining tuzilishi va ularga 3 Xil turli talablar qo’yish:

  1. Rossiyadan to’la ajralib chiqish:

  2. Rossiya Federasiyasi tartibida «milliy-hududiy muxtoriyat» tuzish:

  3. Rossiya unitarizmi tartibida faqat ma’naviy-diniy muxtoriyat huquqlari kafolatiga ega bo’lish:

V. 1917 yil oktyabri 1918 yil Qo’qonda «Turkiston muhtoriyati»ning tuzilishi va uning qonga botirilib, mahv etilishi davri.
VI. 1918-1924 yillar sho’ro tizimi tarkibida, maorif-matbaa ishlarida «Chig’atoy gurungi»ni tuzish bilan ajralib turadi.
VII. Turkiston parchalanib (1924), jadidchilikning keyingi taraqqiyoti «milliy jumhuriyatlar»doirasida bordi. Jadidchilik asosan madaniyat-maorif, maktab va matbaa ishlarida «Chig’atoy gurungi» g’oyalarini zimdan amalga oshirishga, milliy-ozodlik harakatini jonlantirishga urindi.
VIII. 1931 yildan to 1937-38 yillar orqali 50-yillarining birinchi yarmigacha qatag’onga uchrash davri.
Xar bir davrda biror yangi g’oyaning tug’ilishi aniq tarixiy sharoitda sodir bo’ladi. Unda tarixiy shaxslarning o’ynaydigan rolini hech kim inkor etmaydi. Chunki ular etilgan muammolarni hal qilish yo’llarini nazariy tomonlarini hal qilish yo’llarini, nazariy tomonlarini barchadan teranroq idrok qiladi, ularni amalga oshirishga favqulodda kuch va g’ayrat bilan kirishadilar. Musulmonlar va qolaversa, turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligini, buni g’oyat hafvli holga barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavm, el-yurtlaridagi jaholatni yo’q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlariga tenglashish zarurligini birinchi bo’lib qrim-tatar halqi farzandi Ismoil Gaspirinskiy (1851-1914) tushunib etdi.
U jadidchilik harakatining butun turkdunyosidagi «g’oyaviy otasi»dir.
Ismoil Gaspirinskiy ilmga qattiq berildi. Jahon madaniyati durdonalarini mashaqqat bilan o’rgandi. Natijada turli ilmlardan boxabar bo’ldi. Bir necha tillarni mukammal egalladi. Bu esa uning jahon ilm-fan yutuqlari bilan tanishuviga keng yo’l ochdi. Ana shu tufayli Ismoil Gaspirinskiy Sharq bilan G’arb olamini taqqoslash va yakdil bir hulosaga kelish imkoniyatiga ega bo’ldi. Musulmon turkiy olamini jahon ma’rifati, ilm darajasiga ko’tarish g’oyasi unga kecha-kunduz tinchlik bermadi. rossiyaga mustamlaka bo’lgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish,ularda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi.Maktab va madrasalarda diniy ta’limot, arab,fors va rus tillarini o’rganish bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, nabotot, nujum,handasa fanlarini o’qitish zarurligini ilgari surdi va uni amalga oshirishga kirishdi. U1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. ¤zi dastur tuzib darslik yozdi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o’quvchini savodini chiqardi va bu usul «Usuli savtin» - Harf tovushi usuli, ya’ni «Usuli jadid» nomi bilan tezda shuhrat topdi.
Ismoil Gaspirinskiyning g’oyalarini yoyishda «Tarjumon» gazetasining hizmati juda katta bo’ldi. 1888 yilda Ismoil Gaspirinskiyning «rahbari muallimin yoki mualimlarga yo’ldosh» kitobining nashrdan chiqishi muhim voqea bo’ldi. Unda jadid maktabining qurilishi, dars o’tish va tashkil qilish mazmuni, jihozlanishi, dars jadvali,ta’tillar, imtihonlar hammasi lo’nda va qiziqarli bayon etilgan edi. S’Hu tariqa jadidchilik maktabi yo’riqnomasining mukammal ishlab chiqishi ham Ismoil Gaspirinskiy zimmasiga tushdi.
1892 yilda Ismoil Gaspirinskiy musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini Turkiston general gubernatori rozenbaxga yubordi.Turkiston hukmdori uni mutlaqo rad qildi. Undan javob ololmagach, Ismoil Gaspirinskiy 1893 yilda Turkistonga keldi. U Turkistonning yirik shaharlaridan birida bo’lib taraqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar o’tkazib, jadid maktablarining ahamiyatini yoritib berdi.
Hatto Buxoro amiri Abdulahadni o’z loyasini qabul qildirishga bir necha bor urinib ko’rdi. Amir buyuk mutafakkir maqsadini tushunishdan ojiz mutaasib edi. Ismoil Gaspirinskiy so’ngra Samarqandga, undan Toshkentga keldi. Turkiston general gubernatorini amaldorlari uni dushmanlik nazari bilan kutib oldilar. CHunki ularning Turkistondagi maorif siyosati halqni qorong’ilikda ushlab turishdan iborat edi.
1893 yil 8 iyunda u Buxoro amiri huzurida bo’ldi. Amir zo’rg’a bitta jadid maktabi ochilishiga rozi bo’ldi. Adolatli ko’z bilan qarab, umuman olganda, Ismoil Gaspirinskiyning musulmon turkiy dunyosi oldidagi XIzmatlari buyukdir. YUqorida ko’rib o’tilganidek, u o’z oldiga qo’ygan maqsadlari, yo’lida katta qarshiliklarga duch keldi va ko’p qiyinchiliklarni engib o’tishga majbur bo’ldi. Lekin u oldiga qo’ygan maqsadlaridan qaytmadi va o’z niyatiga etdi. Jadidchilik harakati nomiga sazovar bo’ldi va tarixda ulkan, o’chmas iz qoldirdi.
Ismoil Gaspirinskiy amir bilan murosa-madora qilib Buxoroda zo’rg’a yagona jadid maktabi ochirgan bo’lsa-da, uning uchqunlari Turkiston hududlari bo’ylab sachrab ketdi. Uning Buxorodagi sadoqatli shogirdlari jadid maktablarini ko’paytirishi va xazinadan ularga mablag’ ajratish maqsadida amirni qistay boshladilar. Bunday hayrli ishning boshida buxorolik mudarris va tarixchi olim Marjoniy (1818-1819), g’ijduvonlik domla Fozil, Mo’minxo’ja Vobkandiy, mulla Xudoyberdi Boysuniy va ularning tarafdorlari turar edilar. Biroq johil ruhoniylarning amiri ularga qarshi qayrashlari tufayli Marjoniy Qozonga yashirin chiqib ketishga majbur bo’ldi. Uning safdoshlari esa zindonga tashlandi.
Bundan xabar topgan Ismoil Gaspirinskiy 1904 yilda Buxoroga yana kelib amir bilan muzokaralar olib bordi. Natijada amir uning otasi nomi bilan ataluvchi «Muzaffariya» jadid maktabiga ruxsat berdi, holos.

  1. Jadidlar o’lka maktab va maorif ishlarini rivojlantirish, uni yuksaklarga olib chiqish borasida ko’plab ishlar qilishdi.

Jadidlarning halq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishidan iborat bo’lgan:

  1. YAngi usul maktablari tarmog’ini kengaytirishi;

  2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish;

  3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish;

Shu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxoniy, Ubaydullaxo’ja Asadulla Ho’jaev, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. YAngicha o’qigan musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi.
Bu dasturga ko’ra, maktabda o’qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqichi ibtidoiy qism deb atalib, uning tahlil muddati 4 yil bo’ladi.
Ikkinchi bosqichi o’tish uchun birinchi tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan.
Ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschadan erkin gaplasha olar edilar.
Jadidlarning halqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlarning jadidchilik oqimlari dasturlaridan habardor bo’lganligi o’zaro aloqalar,safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashganlar.
1906 yilgi rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faol kuchlar jinslasha boshladilar, jadidlar ma’rifatchilik faoliyatchiligini jadallashtirdilar va faqatgina maktablarda emas,balki jonli matbuotchiligini jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishini ham ko’rindi.
Chunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidov muharrirligida «Taraqqiy» shu yili Munavvar Qori muharrirligida «Xurshid» 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «S’Huhrat», Ahmadjon B. Muharrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etilgan.
Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadon Farg’ona», «Buxoroi Sharif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Hurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari «Oyna» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo’ldi.
Turkiston jadidchiligi va ma’rifatchiligi to’g’risida gap borganda, uni an’anaviy S’Harq ma’rifatchiligidan, shuningdek, o’sha davrdagi islom diniy islohatchiligidan farqlash zarur. An’anaviy S’Harq ma’rifatchilini (Turdi, Donish, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Nodira, Zavqiy) jadidlar ma’rifatchiligi uchun ma’naviy, ruhiy zamin bo’lgan. Islomdan boshlangan Kursaviy, Domla Ikromcha islohchilik urinishlari jadidlar harakati uchun islom, shariat nuqtai nazaridan diniy, qonuniy jihatdan yo’l ochib bergan. Biroq jadidchilik harakati, undagi ma’rifatchilik mayllari o’zining hayotga yuz burganligi, umummilliy ijtimoiy, siyosiy vazifani hal qilishga yo’naltirganligi bilan an’anaviy Sharq ma’rifachiligi va diniy islohchilik jarayonlaridan tubdan farq qilgan.
Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida faoliyat ko’rsatdilar va o’z faoliyatlari bilan halq ta’limi san’atini rivojlantirishga ma’rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga harakat qildilar. Jadidlarning ayrim qismi mustabid tuzumining siyosatiga ko’nikmay, xorijga o’tib ketdilar, muayyan qismi esa istiqlolchilar harakatiga qo’shilib ketdilar. Istiqlolchilik harakatiga g’oyaviy rahnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g’oyalari bilan targ’ib qilishdagi sa’y-harakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929-1937-38-yillarida ommaviy qirg’in qilinishiga olib keldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi XIX asr oXIri XX asr boshlarida shakllangan vaqt ham bu hududlardagi kabi tarixiy sharoit, undagi jadidchilik harakatiga ham o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon hukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida islohotlar o’tqizib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan edilar, keyinchalik xon va amir yakka hukmronligini (cheklash,mavjud) har qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib etdilar. Chunki 1917 yilda podshoh Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh Xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning ta’qiqlanishi va rashidxon davridagi yosh Xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi: Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan islohatlar o’tkazishi haqidagi farmonini bekor qilish va 1918-1919 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib keldi. Buxoro va Xorazm halq respublikalarida jadidlar birgalikda ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qqolishga intildilar. Biroq sovet rejimi avval, Buxoro va Xorazm davlatlarida mavjudligiga chek qo’yilgan bo’lsa, keyinchalik barcha jamiyat namoyondalarini jismonan mavh qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston halqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakasiga qarshi kurashda muhim o’rin tutadi.
Turkistonda jadidlarning mavqei ko’tarilib yangi - yangi jamiyatlar tashkil topa boshladidar. Qo’qonda «G’ayrat», Andijonda «Taraqqiyparvar» kabi jamiyatlar tuzdilarki, ularning faoliyatida ilg’or rus demokratiyasi vakillari ham ishtirok qila boshladilar.
Jadidlar birinchi jahon urushi yillarida o’z faoliyatlarini keng avj oldirib yubordilar.
Jadidchilik turkiy halqlar, shu jumladan, o’zbek halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo’lgan. Istibdod tuzimiga uncha qarshi shafqasiz kurash olib borganligining sababini tushunish qiyin emas. CHunki jadidchilik millat uyg’onishining va ko’tarilishining ijtimoiy sathda namoyon bo’lishi edi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini deyarli bir asrga orqaga surdi, ularni hukmron mafkuraga va istibdodga qaram etib, komunistlarning millatlarini jadal sur’atlar bilan qo’shib yuborish strategik rejasi va nazariyasiga bo’ysundirmoqchi edi. Jadidchilik harakati bir asr davomida komunistik g’oyaning boshida tazyiqida keyinchalik-iskanjasida bo’lib, to’la ravishda namoyon bo’la olmadi. Uning zaminlari va shakllari tarzini o’rganish ta’qiq ostida bo’ldi. Bu masalalar va muammolarni o’rganish bizning jiddiy vazifamiz. «rivojlangan sosializm» (1960-1985) yillaridagi misli ko’rinmagan mafkuraviy, ma’naviy, siyosiy va iqtisodiy tazyiqqga qaramay, o’zbek halqi o’zini millat sifatida o’ziga xosligini saqlab qola oldi, zimdan jadidlar o’rtaga oshirish vaqti-saoti kelishini umid bilan kutdi va bu vaqt mustaqillik bilan birga hayotimizga kirib keldi, chunki jadidlarning g’oyalari o’lmas g’oyalar edi.


Download 23,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish