O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 185 Kb.
bet7/11
Sana04.02.2022
Hajmi185 Kb.
#430952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI. O`zbek adabiyoti tarixi

BOB. “AVLODLAR DOVONI” ROMANI

2.1. “Avlodlar dovoni” romani qahramonlari.

“Yulduzli tunlar” romani bilan Pirimqul Qodirov ijodining yangi bosqichi boshlandi. Kitobxonlar buyuk Bobur taqdirining davomiga, farzandlarining qismatiga kuchli qiziqish bildirdilar. Adibni shu yo`nalishda yangi asar yozishga da’vat etdilar. “Yulduzli tunlar”ning bevosita davomi – “Avlodlar dovoni” romani shu tarzda hayot talabi, kitobxonlar ehtiyoji natijasida yuzaga keldi. Bu roman qahramonlari timsolida ham millatimizga xos go`zal va purma’no ma’naviy fazilatlar aks ettirildi. Asarning yetakchi qahramonlari Boburning o`g`li Humoyun va Humoyunning o`g`li Akbardir. Dastlab, “Avlodlar dovoni” deb nomlangan roman keyingi nashrlarda “Humoyun va Akbar” deb nomlandi. Asarda shavkatli Humoyunning otadan qolgan meros – Hindistondagi saltanatni boshqarishi, ichki va tashqi dushmanlar, muxoliflar bilan ayovsiz kurashi, ayrim qattiqqo`lligi, hayot va sharoit taqozosi bilan tutgan yo`riqlari, taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari go`zal tasvirlanadi. Bundan tashqari, uni nozikta’b shoirona xayollar og`ushida, muhabbatning sohir-sarosimalarida, do`st-sadoqatdan shukronalik, xiyonatidan cheksiz iztiroblar girdobida uchratamiz.


“Avlodlar dovoni” romanining asosiy voqealari buyuk sarkarda Mirzo Bobur vafotidan so`ng, u yangidan tashkil etgan Hind mamlakatida yuz beradi. Ko`p hukmdorlar bilan bo`lgani singari Boburdan keyin ham turli shajaralar vakillari bo`lmish shaxzodalar o`rtasida toj-taxt dardidagi kurash alanga oldi. Bobur Mirzoning suyukli farzandi, valiahdi Humoyun Mirzo taqdirida ham bu kurashlar o`zining qonkli izini qoldirdi. Jumladan, aqlli va makkor Sherxon bilan bo`lib o`tgan olishuvlar boburiylar sulolasi taqdiriga jiddiy xavf solar edi.
Romanga kiritilgan to`qima obrazlardan biri Nizom Hamida ismli go`zal qizni sevadi. Qiz ham o`z navbatida bu qayioqchi yigitga ko`ngil beradi. Shunisi qiziqki, Humoyun Mirzo ham Hamidabonu go`zalligiga maftun bo`lib yurardi. Albattaki, bu ishqiy musobaqada “imtiyoz” ko`proq shaxzoda tomonida edi. Taqdir taqozosini qarangki, Nizomning raqibi Humoyunning hayotini asrab qolish aynan uning o`ziga bog`liq bo`lib qoladi…
Asarning salmoqli qismi Akbar hayotini ko`rsatishga bag`ishlangan. Romanda xronikalik kuchli, lekin badiiylikni bosib ketmaydi. U tarixiylikni mustahkam tutib turishga bo`ysundiriladi, xolos.
Biz Akbarni izlanuvchi, qiynaluvchi, ba’zan adashuvchi, lekin ota-bobolarga munosib ravishda oqil va donishmand qiyofada ko`ramiz. Butkul umrini Hindistondagi xalqlar boshini biriktirish yo`liga, tinchlikni barqaror qilishga sarflaydi. Buning uchun u jamiyatni boshqarish yo`rig`iga, urug`-aymoqlararo munosabatlarga qator islohotlar kiritadi. Turli diniy e’tiqodlarga mansub kishilarning ixtilofini bartaraf etishga jon kuydiradi. Hatto turli e’tiqodlarning mushtarakligini ta’minlovchi umumiy din bo`lishini orzu qiladi. Hind go`zali Rani Jodha Bayga uylanishi ana shu ulug` niyatlariga tutashib ketadi. Pirimqul Qodirov romanda Rani Jodha Bay qatori oqila Gulbadanbegim, Hamidabonu, Xonzodabegim singari tarixiy ayollarning jozibali obrazlarini ham yaratdi. Ular taxt uchun qirg`inbarot urushlarga qarshi turadilar, saroy intrigalarini qaytaradilar, oila sadoqati va farzand tarbiyasini muqaddas biladilar. Ular shoirtabiat, ma’naviy dunyolari boy va go`zal ayollardir. Ochig`ini aytganda, moziyning barcha puchmoqlari-yu har qanday mamlakatning har bir saltanatida uchratavermaysiz, bunday tarixiy ayollarni.
Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o`z-o`zidan bo`ladigan ish emas. Buning uchun yozuvchi shunday his-tuyg`ularni o`z qalbidan o`tkaza olishi kerak. Pirimqul Qodirov o`zi aytganidek, adib “tarixiy shaxslarning ichki dunyosiga o`z ichki dunyosiga o`z ichki dunyosiga o`z ichki dunyosi orqali yo`l topadi”. Bu kabi tarixiy romanlar Vatan, millat, ulug` ota-bobolarimizga mehr-muhabbatni yanada e’zozlashga undaydi.
1530-yil Humoyun otasi Boburning Hindistondagi mulklariga ega bo`lgan. Sekin-asta Gujarot, Rajputan, Malvani o`z davlatiga qo`shib olgan. Lekin o`sib borayotgan ichki nizolar va ukalari Mirzo Komron, Mirzo Feruz, Askariy Mirzo va Hindol Mirzolarning mustaqillikka intilishlari davlatni zaiflashtirgan. Bundan foydalangan afg`onlarning suriylar sulolasidan Shershoh Suriy Chausa shahri (1539) va Qanovuj shahri (1540) yaqinida Humoyun qo`shinini yengib, Dehlini egallagan. Humoyun Eronga qochib o`tgan. Eronning harbiy yordami bilan Afg`onistonni o`z tasarrufiga olgan. 1541-yil ukasi Hindolning piri bo`lmish Mir Ali Akbar Jomiyning qizi Hamida bonuga uylangan. 1542-yil Akbar tug`ilgan. Shershoh o`limidan keyin (1545) Shimoliy Hindistonda boshlangan nizolar mamlakatni siyosiy jihatdan parchalab tashlagan. Sharoitdan foydalanib Humoyun Hindistonga yurish boshlagan va 1555-yil 27- may kuni Sirxindda bo`lib o`tgan shiddatli jangda afg`onlar yengilganlar. Bu g`alaba Shimoliy Hindistonda 2-marta boburiylar sulolasi hukmronligini o`rnatilishini ta’minlagan. Humoyun o`z kutubxonasi zinasidan tushib ketayotganda vafot etgan. Humoyun Hindistonda bir necha ma’muriy islohotlar o`tkazgan. Uning davrida Mir Sayid Ali boshchiligida miniatyura maktabi yuzaga kelgan. Humoyun fors va turkey tillarda she’r yozgan. Akbar tomonidan Dehli shahrida Humoyun maqbarasi qurilgan. Gulbadan begim Bobur va akasi Humoyun haqida “Humoyunnoma” asarini yozgan. “Avlodlar dovoni” romanida Humyun haqida Pirimqul Qodirov quyidagilarni yozadi: “…Humoyun katta bobosidan ibrat olib tartib bergan o`n ikki tabaqani boshqarish juda qiyin bo`ldi. Shundan so`ng har uch tabaqani bir sohaga birlashtirib, to`rtta vazorat tashkil qildi. Buni ham tabiatdagi to`rt unsure – olov, havo, tuproq, suv kabi “anosiri arbaaga monand” deb ta’rifladi. Birinchi vazorat boshlig`ini “sarkori otash” deb atadi. Unga barcha to`p-u to`pxonalar, qurol-yarog` va harbiy ishlar qaraydi. “Sarkori havoyi” deb atalgan vazir saroy ta’minotiga, oshxona, sayisxona, kiyim-kechak ishlariga mutasaddi. “ Sarkori obi” – ariq qazish va sug`orish ishlarini boshqaradi, sharbat, chog`ir va boshqa ichimlilar tayyorlaydi. “Sarkpri xoki” (ya’ni, tuproqboshi) – ziroat, dehqonchilik va imoratsozlik kabi sohalarga javobgar. Humyunning farmoniga binoan, bu to`rt vazoratning odamlari kiyinishda ham bir-birlaridan farq qilishlari lozim, toki bior qarashda ularning qaysi sohadan ekanligini ajratish mumkin bo`lsin. Uning o`zi esa haftaning ma’lum kunida osmondagi biron sayyoraning rangiga va qiladigan ishining mazmuniga mos kiyinishga harakat qilardi. Nuri ko`kish Zuhra yulduziga nisbat berilgan dushanba kunida Humyunning kiyimida moviy va yashil ranglar ustun bo`lardi. Seshanba kuni Humoyun uchun qizg`ish nurli Mirrix yulduzining kuni. Seshanbada uning qabuliga amiri g`azab nomini olgan hibsxona boshlig`i va jallodlar sarkori og`ir jinoyat qilgan aybdorlarni olib kiradi. Humoyun ularning eng ashaddiylarini qatl ettiradi”. Humoyun mamlakat siyosatini shunday olib borib, tabiatga qiyoslagan holda “Qonuni Humoyuniy”ni joriy qiladi.
Boburning nabirasi, Humoyunning o`g`li, 13 yoshida taxtga o`tirgan. Dastlab vaziri turkman Bayramxon otaliq yordamida taxtni boshqargan, so`ngra balog`at yoshiga yetgach, mamlakatni qattiqqo`llik bilan idora eta boshlagan. Saltanatini kengaytirish uchun muttasil kurashgan Akbar davrida boburioylar saltanati shimolda Balxdan tortib janubida Godovari daryosigacha (Kashmir va Afg`oniston hududlari bilan), g`arbda Arabiston dengizidan sharqda Bengaliya qo`ltig`igacha bo`lgan ulkan huduni qamrab olgan. Markazlashgan saltanat tuzish maqsadida 1574-yildan ichki islohotlar o`tkazishga kirishadi: qo`shin ustida nazoratni kuchaytiradi va uni qayta tashkil etib, yangidan qurollantiradi, mamlakatni yangi ma’muriy tumanlarga bo`ladi. Nikoh rishtalari orqali Rajput knyazliklari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Rajputlar otliq qo`shini Akbar qo`shinining asosini tashkil qilgan. Yirik yer egalari – jogirdorlarning o`zboshimchaligiga qarshi bir qancha chora-tadbirlarni o`tkazgan, 1574-yil dehqonlar, sarkardalarga yer in’om etish o`rniga xazinadan ularga maosh to`lashni, mamlakatdagi yerlardan soliq to`plashni o`z xizmatchilari zimmasiga yuklagan. Akbar aholi orasida diniy jihatdan o`zaro birdamlikka erishish maqsadida hindlarni yuqori mansablarga tayinlay boshlagan va yangi din – “dini ilohiy” joriy etgan. Bu din o`zida islom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining qorishmasidan iborat bo`lgan. Akbar dunyoviy va diniy hokimiyatni o`zida mujassamlashtirgan. Bu dinga e’tiqod qilganlar Akbarning marhamatiga sazovor bo`lganlar. Keyinchalik, Akbar vafotidan so`ng bu din kichik bir mazhabga aylanib qolgan. Akbar dehqonchilikva savdoga katta e’tibor bergan, Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo-sotiq olib borgan. Akbar ilm-fan, san’atga ham homiylik qilgan. Akbarning vaziri va do`sti Abulfazl Allomiy Akbar saltanati tarixiga oid “Akbarnoma” asarini yozib qoldirgan. Akbar buyuk davlat arbobi, quvvai hofizasi kuchli, jasur, iqtidorli sarkarda bo`lgan.
Humoyun o`g`li Akbarni ajdodlari va ayniqsa bobosi haqida ko`proq bilishi, o`z tarixini unutmasligi uchun, unga otasining “Boburnoma” asarini alohida nushada ko`chirtirib sovg`a qiladi. Buni “Avlodlar dovoni”da Pirimqul Qodirov shunday tasvirlaydi:
“Humyun Akbarga yuzlanib dedi:

  • Hazrat otam, “bu kitobni avlodlaring ham o`qisin”, degan edilar. Men shu vasiyatni bajo keltiradigan kunlarga yetishganimdan shodmen. Afsuski, seni Andijon-u Samarqandlarga olib borolmadim. Endi otamning bu kitobi seni xayol qanotida Movarounnahrga olib borsin! Akbar, sen ham men kabi, hamisha shu kitobdan ruhiy madad olib yashagin!

Akbar qo`lini ko`ksiga qo`yib:

  • Umrim oxirigacha o`gitingizga sodiq qolgumdir, hazrat otajon! – dedi.

  • Otamdan menga o`tgan bir e’tiqodni senga aytmoqchimen. “Xayolparast” deyishlaridan qo`rqmay, eng uliug` maqsadlarni ko`zlashga o`rgan. Ammo hech bir ulug` maqsad – ulug` iste’dodlarsiz, davrning eng komil siymolarisiz amalga oshmagay. Shuning uchun atrofingga eng yaxhsi odamlarni, eng zo`r iste’dodlarni iloji boricha ko`proq to`plagin. Dunyoning hech bir boyligi, hech qaysi gavhar-u javohiri senga o`zing to`plab parvarish qilgan ulug` iste’dodlarchalik quvonch-u shuhrat keltira olmagay, iste’dodli odamlarda insoniy nuqsonlar, noz-u firoqlra bo`lsa buni kechirmoq kerak. Sen ularni avaylab kamolga yetkazsang, o`zingning oily kamoloting ana shu bo`lg`ay. Sen qancha ko`p odamga yaxshilik qilsang, bu yaxshilik boshqa kutilmagan joylardan o`shanchalik ko`payib qaytgay. Dunyoda yaxshi bo`lish-u yaxshilik qilishdan afzalroq, baxt yo`q, shuni hech qachon unutma, o`g`lim!

Humoyun shu so`zlar bilan o`g`liga otasining kitobini taqdim etdi. Akbar kitobdan benihoya mamnun bo`lsa ham, biroq otasi xuddi boshqa ko`risholmasliklarini oldindan sezganga o`xshab gapirgani anchagacha uni hayratga solib yurdi…”
Haqiqatdan ham bu Humoyunning o`g`liga aytgan so`ngi so`zlari edi. Vafotini ko`ngli sezgandek, o`g`liga eng yaxshi o`gitlarni va bobosining kitobini sovg`a qilgan edi. Bu vasiyat Akbar hayotida, uning kelajakdagi ishlarida juda muhim o`rin tutadi va u otasining o`gitlariga doim amal qiladi.
AVLODLAR DOVONI” ROMANIDA TARIXIY VOQELIK VA BADIIY HAQIQAT
Pirimqul Qodirov adabiyotga zomondosh-tendoshlari hayotida olib yozgan asarlari bilan kirib kelgan. Uning mustabid tuzum sharoitida inson erki, sha’ni, qadrini ardoqlash, qattiq turib himoya qilish, inson erkini poymol etayotgan kuchlarga qarshi keskin norozilik, zo`r kuyunchaklik, hazing va nurli o`ychanlik bilan yo`g`rilgan zamondoshlari haqidagi hikoya, qissa va romanlari XX asrning 60-70-yillari ma’naviy hayotimizda o`ziga xos hodisa bo`ldi.
Zamonaviy mavzuda bitilgan qator asarlari orqali kattagina adabiy tajriba to`plagan yozuvchi 60-yillarning oxirlariga kelib, zo`r jasorat bilan murakkab va qaltis tarixiy bir mavzuga qo`l urdi – temuriylar saltanatining o`z yurtidagi inqirozi, o`zga yurtlar – Afg`oniston va Hindistondagi o`zgacha ko`rinishda qayta tiklanishi, jahonshumul dovrug`i, Temurbek naslining shonli siymolaridan Bobur va uning avlodlari hayoti, faoliyati to`g`risida hikoya qiluvchi keng ko`lamli epik polotno ustida ish boshladi; uzoq yillik izchil tadqiqot, betinim ijodiy mehnat, ma’naviy-ruhiy izlanish, o`y-mushohadalar samarasi o`laroq “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” romanlari maydonga keldi. “Yulduzli tunlar” keyinchalik “Bobur”, “Avlodlar dovoni” esa “Humoyun va Akbar” nomi bilan chop etildi, biz ularni o`sha ilk go`zal obrazli nomlari bilan atashni lozim ko`rdik.
Adib bu qaltis, murakkab mavzuga qo`l urar ekan, oldinda hali ko`p mushkulotlar ro`y berishi mumkinligini yurakdan his etar, shu bilan barobar, oliyjanob, ulug` muddao diliga tinimsiz dalda berib turardi. “Bizni qaramlik va mutelikda saqlashga o`rgangan yovuz kuchlar tarixiy ildizlarimizni qirqib tashlashga, bizni o`tmishdan bexabar manqurtlarga aylantirishga harakat qilar edi, - deb yozadi u “Turfa ma’noli taqdir” maqolasida. – Holbuki, o`zbek xalqichalik boy va yorqin tarixga ega bo`lgan xalqlardunyoda ko`p emas. Millatimiz o`z tarixiy ildizlaridan ma’naviy oziq olsa, qaddini tez tiklashi mumkin. Shuni dil-dildan his qilganim uchun 1969-yildan boshlab yigirma yil davomida tarixiy mavzuda ish olib bordim”.
“Yulduzli tunlar” romanining ilk nusxasi 1972-yili yozib tamomlandi, asar qo`lyozmasi o`sha yili Yozuvchilar uyushmasida muhokama etilib yuksak baho oldi va nashrga tavsiya etildi. Biroq ko`zga ko`rinmas qora kuchlar, baxil g`alamislarning pinhona fitnasi, qarshiligi tufayli roman olti yilcha bosilmay yotdi. Nihoyat, halol, jonkuyar, fidoyi kishilarning madadi, sa’y-harakatlari oqibatida 1978-yili asra “Sharq yulduzi” sahifalarida dunyo yuzini ko`rdi, ko`p o`tmay, alohida kitob bo`lib chiqdi. Qisqa muddat ichida rus tilida ikki bor bosildi, boshqa tillarga tarjima etildi, o`zimizda, Moskva matbuotida yuksak baho oldi, Respublika Davlat mukofoyi bilan taqdirlandi. Yozuvchi bunday madadlardan ruhlanib, “Yulduzli tunlar”ning davomi Humoyun va Akbar haqidagi roman – “Avoldlar dovoni” ustida qizg`in ish boshlab yubordi; jahonda yaratilgan boburiylar sulolasiga doir son-sanoqsiz asarlarni sinchiklab o`rgandi, ikki bor Hindistonga safar qilib, asar qahramonlari Bobur, Humoyun va Akbar yurgan yo`llarni kezdi, ular yashagan joylarda bo`ldi. Qarangki, roman endigina intihosiga yetib, asar qo`lyozmasai Yozuvchilar uyushmasida muhokama etilib ma’qullangan, nashrga tavsiya qilingan kezlari yangi asar yo`lini to`sishning, uni go`dakligidayoq bo`g`ib tashlashning g`aroyib nayranglarini o`ylab topdilar. Kutilmaganda “Yulduzli tunlar” romaniga hujum boshlandi, avval Respublika Yozuvchilar uyushmasi syezdi minbarida, so`ng O`zkompartiya plenumida, matbuotda roman muallifiga jiddiy g`oyaviy ayblar qo`yildi; “romanda tarixga, tarixiy shaxslarga sinfiy yondashish, sinfiylik tushunchasi yo`q”, “Bobur obrazi ideallashtirilgan” degan almisoqdan qolgan gaplar aytildi. “Yulduzli tunlar” tanqididan boshlangan qabih fitna, umuman, Bobur va boburiylarga, qolaversa, temuriylar haqidagi haqiqatni yuzaga chiqarishga qaratilgan katta kampaniyaga aylanib ketdi. Xayriyatki, zamon o`zgarayotgan, yetmish yil hukm surgan mustabid tuzum saltanati tanazzulga yuz tutayotgan bir palla edi. “Qizil imperiya” saltanati malaylarining tarixiy ildizimizni qirqib tashlashga bo`lgan so`nggi hujumi jamoatchilik orasida keskin norozilik, qarshilikka uchradi. “Yulduzli tunlar” muallifiga qo`yilayotgan aybnomalar, Bobur va boburiylar atrofida qo`zg`atilgan mashmashalar qabuh safsatabozlikdan iborat ekani yuksak minbarlardan turib dadil aytildi. Biroq g`alamislar hamlasi baribir o`z ta’sirini ko`rsatdi. “Avlodlar dovoni” romani nashri uch yilcha to`xtab qoldi. Nihoyat, asar 1988-yil “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon etildi. Yozuvchining o`zi “Mumkin ekan-ku!” maqolasida asarning yuzaga chiqishida hamkasb do`stlari, jumladan, o`sha yillari Yozuvchilar uyushmasining raisi bo`lgan Odil Yoqubov va “Sharq yulduzi” bosh muharriri O`tkir Hoshimov katta jonbozlik ko`rsatganligini mamnuniyat bilan eslaydi.
Yaxshi bilamizki, o`sha mash’um siyosat – tarixga, tarixiy shaxslarga tor sinfiylik nuqtai nazaridan qarash uzoq vaqt tarix va tarixiy shaxslar haqidagi haqiqatni aytish, ifodalash yo`liga g`ov solib keldi. Hatto Qodiriyday haqgo`y adib ham tarixiy romanlarida, jumladan, “Mehrobdan chayon”da Xudoyorxonni asosan qora bo`yoqlarda ko`rsatishga majbur bo`lgan, uning ayrim ijobiy xislatlarini, tarixdagi xizmatlarini esa aylanma yo`llar, qistirmalar orqali ehtiyotkorlik bilan ifoda etgan. Umuman bizda saroy a’yonlari, shaohlar, amir-u beklarga nuqul dushman timsoli deb qaralgan, ular faqat qoralashga, fosh etishga munosib ko`rilgan. Adabiyotda shoh Ulug`bekni ko`proq olimligi, vazir Navoiyni buyuk shoirligi, bek Temur Malik bilan shaxzoda Jaloliddinni bosqinchilarga qarshi qahri va olib borgan kurashi arang qutqarib qolgan. Davlat arboblarining xayrli ishlari haqida ozgina bo`lsada so`z ochish “Ularni ideallashtirish” deb baholanaverarkan. S. Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” asarini, unda Temur siymosining anchayin bir yoqlama, yuzaki talqinini mustasno etganda, bizda Vatan tarixida muhim o`rin tutgan yirik davlat arboblarining hayoti, faoliyati, tarixiy xizmatlarini xolis-obyektiv, halol ko`rsatib beradigan badiiy asarlar yo`q edi. Shuni nazarda tutganda, Pirimqul Qodirovning tarixiy romanlari milliy adabiyotimizda muhim yangilik, katta ijodiy jasorat, tarix haqiqatiga sadoqat sifatida baho olishga loyiq.
Turg`unlik yillari “Yulduzli tunlar”ga baho berganda ayrim adabiyotshunoslar roman va uning muallifini ta’qibu tazyiqlardan asrash maqsadida asardagi shoh va shoir Bobur shaxsiyati va qismatidagi ziddiyatlar ifodasiga alohida urg`u berar; Bobur obrazi tilidan aytilgan: “Neki xatolik, neki gunoh qilgan bo`lsam, hammasining birlamchi sababi mening podshohligimdir”, “Menga vafo qilsa, faqat yozgan asarlarim vafo qilmog`i mumkin” degan so`zlarini takror-takror eslatib o`tar edilar.
Buyuk siymolarning dramalarga to`la shonli va murakkab hayot yo`lini tarixdagi buyuk xizmatlarini tarix haqiqatiga sodiq holda holis ifodalash “Avlodlar dovoni”da yana ham yorqinroq namoyon bo`lgan.
Ochig`i, o`zbek adabiyotida hozirgacha bu qadar keng qamrovli tarixiy romanlar yaratilmagan edi. “Yulduzli Tunlar”ni ham birga qo`shib oladigan bo`lsak, yuz yildan oshiqroq davr, davrning eng muhim tarixiy hodisalari, Turon, Afg`oniston, Hindiston tarixining g`oyat chigal dramatik voqealari, yuzlab tarixiy shaxslar, davlatlar, tojdorlar, avlodalr almashuvi; o`nlab tarixiy shaxslar, g`alaba va inqirozlar; davr g`oyalari, turli xil e’tiqodlar, oddiy mehnat ahlining ahvol-ruhiyati; har xil millat, turli davrlarga oid udum-tamoyillar; g`oyat katta hudud – turli yurtlarning shaharu qishloqlari, daryo, o`rmonlari, dalalari, iqlimu muhiti – bularning barchasini bor holicha ko`rib, bilib, yurakdan his etib aniq tasvirlash, jonli gavdalantirish oson ish emas!
“Avlodlar dovoni” romani muallifi oldida yana bir mushkul vazifa turardi. Ma’lumki, “Yulduzli tunlar”ning asosiy voqealari yozuvchining o`z ona yurtida bo`lib o`tadi, asarning asosiy personajlari ham shu yurt odamlari. “Avlolar dovoni”da esa voqealar butunasi hind diyoriga ko`chadi. Bobur umrining so`nggi yillari, Humoyunning jangovor faoliyat Hindistonda kechsa-da, ular o`zlarini bu yurtda begona his etdailar, ona yurt sog`inchi bilan armon-o`kinchda yashab o`tadilar. Akbar esa dilida ota-bobolar aqidalarini e’zozlagani holda, bu yurt, bu elning farzandiga aylanadi, hind hayotiga singib ketadi, hind qizlariga uylanib, hindlar bilan qudaga aylanib, ko`plab hindcha udumlarga amal qiladi… Qisqasi “Yulduzli tunlar” da sof o`zbekona milliy ruhda boshlangan tasvir-ifoda “Avlodlar dovoni”da hindcha ruh-koloritning ustuvorligi bilan ajralib turadi. Biroq hindcha ruh-kolorit ustuvor o`rinlarda ham o`zbek adibning dastxati barilla sezildi; o`zbekona nigoh bilan “Ramayana” va “Mahobxorat” eposlari, R. Tagor romanlariga xos hindcha ruh-koloritning qo`shilib-tutashib ketishi oqibati o`laroq asar betakror badiiy qiyofa kasb etadi.
Bu roman juda katta ma’rifiy qimmatga ega. Kuzatishlar shundan dalolat berayotirki, “Avlolar dovoni” chiqqunga qadar ko`pchilik o`zbek kitobxoni Bobur, Humoyun haqida bir qadar tasavvurga ega bo`lsa ham romanning yana bir bosh qahramoni – jahonning ko`pgina ma’rifatli kishilariga tanish, ular uchun ardoqli bo`lgan, “chinakam daho” siymolar qatorida tilga olinadigan Akbarni yaxshi bilmas ekanlar. Bu roman tufayli u o`z xalqining, bobo yurtining ma’naviy olamiga qaytmoqda. Asarda yaxshi ma’nodagi ma’rifatchilik keng o`rin olgan. Muallif muhim tarixiy voqealar, shaxslar to`g`risida juda ko`p ishonchli ma’lumotlar beradi; bular o`quvchiga malol kelmaydigan jonli, obrazli til bilan ifoda etiladi. Kitobxon goho ilmiy-tarixiy, aniq hujjatli asar o`qiyotirmi yoki badiiy roman – uning xayolini real hayot haqiqati, chindan bo`lib o`tgan voqealar, aniq tarixiy shaxslar qismati band etadi, barcha voqealarni tarixiy haqiqat sifatida qabul qiladi. Bu tarixiy roman uchun yaxshi fazilat! “Asrlar kitobini o`qiganingiz sari, - deydi muallif, tarix tomonidan yaratilgan dramalar, fojialar, syujetlarni alohida yozuvchining fantaziyasi bilan yaratib bo`lmasligiga ishinch hosil qilasiz. Shu sababli men Bobur, Humoyun va Akbarlarning ko`rgan-kechirganlarini tasvirlar ekanman, o`z fantaziyamdan ko`ra “tarix fantaziyasi”ga, ya’ni chindan sodir bo`lgan voqealarga ko`proq asoslandim”.
Bir qarashda, roman tarixiy xronikaga o`xshab ketadi: muallif boburiylar sulolasi, xususan, Humoyun, Akbarhayotining muhim pallalari, toj-taxt uchun olib brogan jangu jadallari, ularning bunyodkorlik ishlari, ma’naviy izlanishlari, orzu-armonlarini yilma-yil, oyma-oy, kunma-kun, goho esa har bir daqiqasini ipidan ignasigacha butun tafsilotlari bilan beradi; Akbarning tug`ilishidan tortib to o`limiga qadar butun hayotini hikoya qiladi, adib qahramonlarining oilaviy, shaxsiy intim hayotini, saroydagi mojarolarni, avlodlar, ota va bobolar, aka-ukalar orasidagi mojarolarni ham sedan chiqarmaydi. Shunga qaramay, asarni biz oddiy xronika deb aytolmaymiz, u also oddiy solnoma, jangnoma emas. “Avlodlar dovoni” keng qamrovli, tarixiy shaxslar taqdirini teran badiiy tahlil etuvchi, o`tmish hodisalaridan bugungi kun uchun saboq beruvchi o`y-mushohadalar romani, u faqat tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar taqdiri haqidagina emas, muhim ijtimoiy-falsafiy g`oyalar, yuksak original gumanistik konsepsiyalarning tug`ilib shakllanishi to`g`risidagi romandir. Chingiz Aytmatov roman muallifiga yo`llagan maktubida shularni yozadi: “Sening buyuk Akbar haqidagi mulohazalaring, Akbarning turli dinlarni integratsiya qilishga intilishi o`ta zamonaviy mavzudir. Bunga, ya’ni ma’naviy integratsiyaga odamzod baribir murojaat qiladi, chunki bugungi sharoitda insoniyatning omon qolishiga imkoniyat beruvchi birdan-bir yo`l ana shudir”.
Asar qahramonlari, saroy a’yonlari obrazi, ularning tarixda tutgan o`rni ustida so`z borganda yana bir muhim jihatga e’tiborni tortmoqchimiz. Gap shundaki, har ikkala romanda ham boburiylar, binobarin temuriylar sulolasiga mansub ayollarning – tarixiy siymolarning obrazi katta ehtirom, zo`r mehr-muhabbat bilan qalamga olingan. Ayniqsa, Xonzoda begim, Hamidabonu obrazlari tarixiy romanchiligimizda muhim yangilik. Xonzoda begimning inisi Boburga cheksiz mehri, sadoqati, o`z shaxsiy hayotini qurbon qilib, ko`ngli tilamagan odam – Shayboniyxon shartiga ko`nib, uning nikohiga o`tib, inisining hayotini qutqarib qolishi, binobarin, Temuriylar saltanatini saqlab qolishga ulkan hissa qo`shgani – ertak va dostonlardagi ayol qahramonlar shijoati va jasoratini eslatadi. Aslida bu hayotda chindan bo`lgan hodisa! Yozuvchi Xonzoda begimning jasorat va fojialarga to`la hayot yo`lini realistik bo`yoqlarda mahorat bilan yorqin gavdalantirgan. Yoshligidanoq jasur, tadbirkor, dono ayol sifatida tanilgan Hamida bonu Akbarning “daho shaxs” bo`lib yetishuvida qanchalar zahmat chekadi. Bugina emas, Akbar shoh sifatida dovrug` qozongan kezlarda ham donishmand ona madad va maslahatlaridan doimo bahramand bo`lib turadi… Umuman bu xil tabarruk ayollarning davlat ishlariga va ilmu san’at rivojiga qo`shgan hissasi, qonli urushlarning oldini olish, uzoq joylarga elchi bo`lib borish, bir necha bor ota-bola nizolarini bartaraf etishdagi fidoyiliklari ifodasi romanning eng jozibador sahifalarini tashkil etadi.
Hozircha ko`proq romanning tarixiy, ma’rifiy, ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari to`g`risida so`z yuritildi. Aslida bu keng qamrovli asarning badiiy fazilatlari, qahramonlarning ruhiy olami, undagi ko`plab san’atkorona tasvirlangan lavha-kartinalar haqida ham to`lib toshib gapirish mumkin. Humoyunning mag`lubiyati, hind yigiti Nizom meshkobchi madadida halokatdan arang qutilib qolishi; uzoq davom etgan adovat, birodarkushlik janglaridan so`ng Humoyun tashabbusi bilan og`a-inilarning uchrashuvi, Hindikush tog`ining etaklarida go`zal tabiat quchog`ida uyushtirilgan bazm-tantana, og`a-inilarning dunyo, toj-taxt tashvishlarini bir dam unutib, beg`ubor bolalik yillariga qaytib, ozgina muddat dilkash suhbat qurishi, ota Bobur qabrini ziyorat qilib, uning ruhi oldida qasamyod etishlari, ahdu paymonlariga, qasamyodiga xiyonat qilib, yana o`zaro adovat,birodarkushlik urushlari yo`lini tutgan Komronning mudhish jazoga mahkum etilishi, ko`ziga mil tortish lavhasi; Akbarning hind qizi bilan nikoh to`yi marosimi, donishmand Salim ota bilan falsafiy muloqotlari, bu dovyurak, bahodir yigitning fil bilan olishuvlari, yovlar bilan janglari – bunday o`rinlar chinkam badiiy tasvir namunalaridir.
Pirimqul Qodirov tarixiy romanlarining badiiyati hali adabiyotshunoslikda yaxshi o`rganilgan emas. Bu asarlarni to`g`ridan-to`g`rib iron tarixiy romanchilik maktabiga mansub etib bo`lmaydi. Ularda xilma- xil romanchilik maktablarining tajribalari o`ziga xos tarzda mujassamlashgan. Bugina emas, izchil realism an’analariga sodiq Pirimqul Qodirov tarixiy romanlarida XX asr jahon taraqqiyparvar modernistik adabiyotining tajribalari bilan mushtarak jihatlar ham mavjud ekani tanqidchilikda e’tirof etildi. Chunonchi Akbarning toj-taxt, dunyo tashvishlaridan qochib uzlatga chekinib yurgan kezlaridagi ruhiy holatlari ifodasida buni kuzatish mumkin.
Pirimqul Qodirovning tarixiy romanlari faqat mutaxassislar, tarixchi olim, adabiyotshunoslar emas, o`zimizda ham, xorijda ham keng kitobxonlar orasida katta qiziqish uyg`otmoqda. Zotan, asar kattayu kichikka, barcha xalqlar o`quvchisiga birdek yetib boradigan yo`sinda bitilgan. Adib tajribasi uzoq moziy voqealari, murakkab hodisalar haqida ham barchaga tushunarli bir tilda, oddiy qilib yozilishi mumkinligini yana bir karra tasdiqlaydi.
“Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” chiqqandan beri kitobxonlarning muallifga yo`llagan maktublari keti uzilmaydi. Hindistonning Indour shahrida yashovchi advokat Surjamil Garchdan kelgan maktubda shunday satrlar bor: “Yozuvchi boy faktik materiallar asosida badiiy jihatdan go`zal roman yaratgan, men ko`pdan beri bunday ajoyib asar o`qimagan edim”.
Shaxrixonlik Abdufattoh Jo`rayev shularni yozadi: “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” romanlaringizni har bir o`zbek farzandi o`zining shu buyuk avlodning bir tomiri ekanligidan g`ururlanishga, qolaversa, bularni o`qigan boshqa millat vakillarining buyuk xalqimizga bo`lgan hurmatlari ortishiga imonimiz konil”.
Farg`onalik shoira, maktab muallimasi Maqsuda Ergashova “Avlodar dovoni” mutolaasi paytidagi his-hayajonlarini shunday izhor etadi: “Sizning “Avlodlar dovoni” romaningizni behad minnatdor bo`lib o`qib chiqdim”. Maktub 1989-yil 3-fevralda, ya’ni “oshkoralik, demokratiya” jazavasi avjiga chiqqanda bitilgan, xatda o`sha kezlardagi behuda jazavalardan zada bo`lgan qalbning “Avlodlar dovoni”dan topgan taskinlari o`z ifodasini topgan. “Hozir hamma – gazetayu jurnallardan tortib, she`rlaru romanlargacha baqirib-chaqirib so`zlayotgan ushbu zamonda, - deya davom etadi muallima, - ulug` bobolarimiz haqida shunday sokinlik bilan yozilgan asaringizni o`qib, barcha kitobxonlarni noyob bir ma’naviy xazina bilan qutlagim keladi. Behadu behisob o`limlarni ham hayot nuriga yo`g`rilgan tasvirlaringiz dilrabo g`azalning ohanglaridek ruhimga orom berdi”. Ayni vaqtda u romanni o`qishda qalbini o`rtagan armon-o`kinchlarni ham to`kib soladi: “Balki, ulug` bobomiz Mirzo Bobur xoinlar tufayli bu tuproqdan chiqb ketmaganlarida, biz bu kungi holga tushmasmidik? Yurtimiz ham Movarounnahrligicha qolib, dunyodagi eng buyuk davlat bo`larmidi? Humoyun va Akbarlar ham shunda tug`ilarmidi? Balki jahinga mashhur Tojmahal Andijonda qurilarmidi!”
Bunday armon romanni o`qigan har bir o`zbek kitobxoni qalbida kechadi. Mirzo Bobur va uning avlodlari haqidagi romanlarni avval shunday ichki armon bilan o`qigan kitobxonlar hozir mustaqilligimiz sharofati bilan tarixiy haqiqat tiklanganidan har qancha quvonsa arziydi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temurga qo`yilgan haykallar, poytaxtimizdagi Temuriylar muzeyi, Andijonda qad ko`targan Mirzo Bobur haykali va ulkan bog`ni to`ldirgan yodgorliklar majmui xalqimiz iftixor qiladigan mo`tabar qadamjolarga aylanadi.



Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish