O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


BOB. PIRIMQUL QODIROV – TARIXSHUNOS YOZUVCHI



Download 185 Kb.
bet5/11
Sana04.02.2022
Hajmi185 Kb.
#430952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI. O`zbek adabiyoti tarixi

BOB. PIRIMQUL QODIROV – TARIXSHUNOS YOZUVCHI

  1. Yozuvchi hayoti va ijod yo`liga nazar



Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktabr kuni Turkiston tog` tizmasi etagidagi Tojik SSRi O`ra Tubin tumanining Kengko`l qishlog`ida tug`ilgan. Uning otasi umrining katta qismini tog`larda cho`ponlik qilib o`tkazgan va bo`lajak yozuvchining xotiralarida archa o`rmonlari, daryo qoyalari va keskin qiyaliklardagi cho`ponning og`ir mehnati o`rnashib qoladi – bularning bari keyinroq uning “Qora ko`zlar” romanida ifodalanadi. Pirimqul Qodirovning o`smirlik yillari shavqatsiz urush yillariga to`g`ri keladi. O`qishi 8-sinfdan to`xtatiladi va frontga ketgan kattalar o`rniga P.Qodirov ona qishlog`idagi kolxozda haydovchi, o`roqchi, podachi bo`lib ishlaydi. Urush tugagandan so`nggina u o`qishini Toshkentdagi tayyorlov bo`limida davom ettira oladi, keyin esa ToshDUning sharqshunoslik fakultetida tahsil oladi. Pirimqul Qodirovning 1-kitobi “Talabalar” 1950-yil talabalik kezlari chop etilgan. Yosh nasrnavisning iqtidori ziyrak yozuvchi Abdulla Qodiriy e’tiborini tortadi. U Qodirovning ustoziga aylanadi va Moskvaga o`qishga borishni taklif qiladi. O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi tavsiyanomasi bilan, 1951-yil P.Qodirov Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining aspiranturasiga o`qishga topshiradi va dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. So`ngra 9 yil davomida u SSSR Yozuvchilar uyushmasida o`zbek adabiyoti maslahatchisi bo`lib ishlaydi. Moskvada o`tgan 12 yillik umri uni ma’nan boyitdi. Bu yerda u XX asr Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining chaqiriqlari bilan bog`liq katta o`zgarishlar sabab, faol fuqarolik faoliyatiga shaylangan yosh ziyolilarning yangi avlodi haqidagi o`zining “Uch tulpor” nomli birinchi romanini yozadi. 1958-yil bu kabi romanlar sanoqli bo`lgan, shu bois, P.Qodirov atoqli yozuvchi Konstantin Simonov e’tiborini tortadi. “Uch tulpor”ni tezlashtirilgan tarjimada o`qib ko`rib, K.Simonov u haqda iliq fikr bildiradi va muallifga samimiy maktub yo`llaydi. Romanning rus tilidagi tarjimasi 1959-yil chop etiladi va Moskvada bo`lib o`tgan o`zbek ijodiy 10 kunligida qozoq adabiyoti arbobi Muxtor Avezov unga yuqori baho beradi. Shundan so`ng “Uch tulpor” Moskva va Toshkentda keng chop etiladi. P.Qodirovning lavozim suiiste’moliga duch kelgan tog` cho`ponlarining dramatik hodisalariga bag`ishlangan “Qora ko`zlar” nomli ikkinchi romani ham kitobxon olqishiga sazovor bo`lgan. Roman rus va litovsk tillariga o`girilib, Moskva va Kaunasda chop etiladi. P.Qodirovning ishchilar qahramonligiga bag`ishlangan “Mening xazinam” qissasi asosida “Sening izlaring” filmi suratga olingan. Shuningdek, “Hurriyat” hamda “Meros” qissalari ham ekranlashtirilgan. Ushbu asar qahramonlari o`rnida paxtachilar, metropolitan loyihachilari, quruvchilar kabi zamondoshlarimiz gavdalanadi. P.Qodirov qahramonlarining insoniy jozibasi ularning mehnatkashligi, to`g`riso`zligi va jamiyatimizning axloqiy taraqqiyoti uchun fuqarolik kurashidan kelib chiqadi. Ushbu sifatlar, ayniqsa, “Olmos kamar” romanida namoyon bo`ladi. Bu roman 1983-yil SSSR Yozuvchilar uyushmasining mukofotiga sazovor bo`lgan va 1987-yil vetnam tiliga tarjima qilinadi, Xanoyeda chop etilgan. Universitet ta’limiga ega tarixshunos P.Qodirov O`zbekistonning badiiy tarixiy o`tmishi qayta yaralishiga ko`p kuch va vaqt sarflaydi. Uning tomonidan 1969-1978 yillar “Yulduzli tunlar” romani yozilib, ko`plab tortishuvlarga sabab bo`lgan. Xayrixoh tanqidni inobatga olgan holda, muallif romanni qayta to`g`irlagan. “Yulduzli tunlar” ko`p karra Moskvada va Toshkentda nashrdan chiqqan, roman, shuningdek, “Xalqlar do`stligi” obuna jurnalida ham chop etilgan. Roman hind va urdu tillariga tarjima qilingan. Shuningdek, qozoq, qirg`iz, qoraqalpoq tillarida chop etilgan. 1981- yil “Yulduzli tunlar” romani uchun P.Qodirovga Hamza nomidagi davlat mukofoti topshiriladi.
P. qodirovning badiiy til va ijodiy jarayon haqidagi ilmiy asarlari ham mashhur – ular “Adabiyot nazariyasi” akademik ikki bobligida o`zbek tilida nashrdan chiqqan. P. Qodirov tarjimonlik ishiga ham o`z hissasini qo`shgan – u o`zbek tiliga L. Tolstoyning “Kazaklar”, M. Yu. Lermontovning “Bela”, F. Fedinning “Birinchi quvonchlar”, turkman yozuvchisi X. Deryayevning “Taqdir” romani va tojik yozuvchisi P. Tolisning “Yoz” nomli qissaini tarjima qilgan.
Qirq yillik ijodiy faoliyati davomida P. Qodirov kitobxonning yuqori talabini qondiruvchi kitoblar yozadi. Ularning eng yaxshiklari respublika chegarasidan tashqarida mashhur bo`lganligini “Haqiqat”, “Adabiy gazeta” gazetalari, “Yangi dunyo”, “Xalqlar do`stligi” va “Adabiy ko`zgu” jurnallari sahifalarida berilgan baho tasdiqlaydi. Yozuvchilik sharhlari orasida “O`zbekiston madaniyati” gazetasi sahifalrida chop etilgan Ch. Aytmatovning qisqa telegramma matni alohida e’tiborga loyiq. Pirimqul Qodirov tavalludining ellik yilligida butun dunyoga taniqli qirg`iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov unga do`stona iliq munosabatda bo`lib, “Biz sen bilan nafaqat tengqur, balki hamfikr hammiz, deb hisoblayman. Nasrlaring orqali sen zamonaviy o`zbek adabiyotini cho`qqilarga ko`taryapsan”, degan.
60-yillarda P.Qodirov “Sharq yulduzi” jurnalidachop etilgan va kitobxon tomonidan iliq kutib olingan “Avlodlar dovoni” nomli yangi tarixiy romani bilan qaytadi. 1990-2000 yillar P.Qodirov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi fan va madaniyat qo`mitasining raisi o`rinbosari, raisi lavozimlarida ishlab, mamlakatimizning fan, adabiyot va san’ati rivojiga ulkan hissa qo`shadi. P.Qodirov, deyarli 60 yillik serqirra ijodiy faoliyati davomida dolzarb ma’naviy-axloqiy mavzularda o`nlab hikoya va qissalar, “Uch tulpor”, “Qora ko`zlar”, “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, “Ona lochin vidosi” kabi romanlar, “Til va xalq”, “Amir Temur timsoli” kabi tarixiy-ma’naviy kitoblar yozib, o`zbek adabiyotidan musib o`rin egallaydi. Yozuvchining asarlari asosida bir qator videofilmlar suratga olingan va spektakllar sahnalashtirilgan, eng sara asarlari dunyoning ko`plab tillariga o`girilgan. P.Qodirov mustaqillik yillari, ayniqsa, samarali ijod qiladi. Mohir qalamkashning yorqin asarlari xalqimizning boy o`tmishi, atoqli ajdodlarining hayoti va ijodiga, bebaho merosimizning mohiyati va o`rniga bag`ishlangan, uning zamondoshlarimizning jasoratli mehnati, mamlakatimizda sodir bo`lgan tub o`zgarishlar va yangilanishlar haqidagi publitsistik maqolalari keng omma e’tirofiga loyiq topilgan. P.Qodirov taniqli yozuvchi, iqtidorli tashkilotchi sifatida milliy g`oya tamoyillarini keng targ`ib qilish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tinimsiz mehnat qilgan. So`nggi yillar u O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nasr bo`yicha rais bo`lib ishlagan. U ko`plab yosh iqtidor sohiblari uchun talabchan va mehribon ustoz bo`lgan. Pirimqul Qodirovning o`zbek adabiyoti va madaniyati rivoji oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib ravishda baholangan. U “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” va “O`zbekiston xalq yozuvchisi” sharafli unvonlariga sazovor bo`lgan, O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga loyiq topilgan, “El-yurt hurmati” hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan. O`zbek adabiyoti va madaniyati 2010-yil 21-dekabr kuni og`ir judolikni boshdan kechirdi, umrining 82-yili O`zbekiston xalq yozuvchisi olamdan ko`z yumdi. U O`zbekistonning badiiy tarixiy o`tmishining qayta yaratilishiga ko`p kuch va vaqt sarflagan.
Pirimqul Qodirov hassos, nozikta’b, o`ziga xos yozuvchi. Uning asarlaridagi yetakchi xususiyatlar so`zdagi hissiyot tiniqligida, asar hujayralaridagi uyg`unlik va yaxlitlikda, qahramonlar va muallif tilining musiqiy ranginligida, fikrlash madaniyatidagi jozibada ko`zga tashlanadi. P. Qodirov o`zbek adabiyotini barkamol romanlar bilan boyitdi. Bu romanlar davrning, zamonning muhim ijtimoiy, insoniy muammolarini haqqoniy ko`rsatish, qahramonlar hayoti va jonli xarakterlar pishiq va teran ishlanishi jihatidan o`ziga xos.
Pirimqul Qodirov Abdulla Qahhorning shogirdi. Uning ijodini ilmiy jihatdan ham chuqur o`rgangan. Ustozning shogirdiga ham inson, ham yozuvchi sifatidagi ta’siri kuchli. Shu ma’noda Pirimqul Qpdirov birorta asarida hayot haqiqatiga zid ish tutmadi, mafkurabozlikka berilmadi, shaxsiy manfaatlar yo`lida asarini kimlarningdir manfaatiga moslamadi. Aksincha, u romanlarida dolzarb va murakkab masalalarni bitrinchilardan bo`lib yoritdi. Yozuvchi romanlarida qahramonlar harakatidagi kenglik va miqyosni ko`rsatishdan ko`ra, ular ruhiyatidagi nozik nuqtalargacha kirib borishga intiladi. So`z sehri bilan tuyg`ularni tilga kiritadi. Ularni bamisoli suratdagidek muayyan shaklga tushiradi. Adib voqealar kechmishi, ziddiyatlar yechimi va tuyg`ular kechimini kitobxonga eng samarali, ta’sir etadigan shakl va tartibda joylashtirishga ham usta. Shu bilan birga muallif nutqi, qahramonlar tilidagi yolqinli samimiyat Pirimqul Qodirov romanlaridagi mahoratning xarakterli belgilaridir. P. Qodirovning o`z tili bilkan aytganda, “Yozuvchi hayotni mustaqil tadqiq” eta bilmog`i kerak. Uning mahoratini belgilovchi omil ham mana shunda. Hayot manzaralari, davr muammolari voqealar, hodisalarni mustaqil tadqiq etishni u, ko`proq, shularning qalblarida to`yingan hissiy jarayonlarini aks ettirish orqali amalga oshiradi. Uning “Uch ildiz”, “Qora ko`zlar”, “Olmos kamar” singari zamonaviy romanlari bu masalada tarixiy salmoq bilan nafas olganidek, “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, “Ona lochin vidosi” singari tarixiy romanlaridan shunga xizmat qiluvchi “zamonaviy ruh va falsafiy tafakkur” ufurib turadi. Zamonaviy yoki tarixiy mavzuda bo`lishidan qat’iy nazar, bu romanlarning barchasini birlashtirib turadigan fazilat bor. Bu ularning qahramonlari timsolida millatimizga mansub go`zal va noyob ma’naviy xislatlarning yorqin aks etishidir.


    1. Download 185 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish