O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 185 Kb.
bet4/11
Sana04.02.2022
Hajmi185 Kb.
#430952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI. O`zbek adabiyoti tarixi

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi ishning umumiy tavsifi, kirish, 2 bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati kabi qismlardan iborat boʻlib, 41 sahifada oʻz aksini topgan.
KIRISH

Oʻzbek adabiyotida xalqimiz tarixining eng shonli zarvaraqlarini teran badiiy tahlil qilishga bagʻishlangan bir qator yirik asarlar yaratilgan. Xalqimiz tarixining turfa bosqichlarini tasvirlab, millatimizning ijtimoiy va ma’naviy hayotida muhim rol oʻynagan iste’dod sohiblari shaxsiyatining jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrnini koʻrsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs munosabatini yoritish, shuningdek, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizning tarixiy-hayotiy asoslarini oydinlashtirish oʻzbek tarixiy romanlarining oʻziga xos milliy xossalarini tashkil etadi.


Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarlar, xususan, romanlar xalqimiz tarixining badiiy solnomasidir. Shuning uchun ham milliy hurlik tufayli oʻzligini anglayotgan, ajdodlarining kim ekanligi, tarixiy ildizlari qaysi davrlarga borib taqalishi bilan qiziqayotgan har bir vatandoshimiz uchun tarixiy manbalar bilan bir qatorda shu mavzudagi badiiy asarlar ham gʻoyat nodir tarixiy xotira sarchashmasi vazifasini oʻtaydi.
Oʻzbek tarixiy romanlarining oʻziga xos milliy estetik tabiati, mavzu yoʻnalishlari, tarixiy voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari, syujet tuzilishi va obrazlar tizimi xususida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan.
Oʻzbek romanchiligining umumnazariymuammolaridan bahs yuritadigan yirik monografik tadqiqotlardagi tarixiy romanlar tahliliga doir boblar, shuningdek, bevosita tarixiy romanlarning badiiy xususiyatlari, tarixiy voqelik va badiiy uydirmaning romandagi oʻrni, tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan nomzodlik va doktorlik desertatsiyalarida oʻzbek tarixiy romanchiligining shakllanishi, rivojlanish tamoyillari, poetikasi va adiblar badiiy mahorati chuqur tadqiq etilgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, bir tomondan, badiiy adabiyotda xalqimiz tarixida muhim rol oʻynagan buyuk shaxslar – (xususan, sohibqiron Amir Temur, Bobur, Feruz kabi)ga bagʻishlangan adabiy asarlar yuzaga keldi. Ikkinchidan, tarixiy mavzudagi asarlarni sof badiiy matn sifatida tahlil etish asosida yangi nazariy tadqiqotlar ham yaratildi. Xususan, adabiyotshunos Gʻ. Murodovning maqola va kitoblarida tarixiy romanning poetic tabiati, folklor va uning roman, syujet qurilishidagi oʻrni, romanlar tasnifi hamda yangi romanlarda tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini kabi masalalar yoritilgan.
Shu ma’noda oʻzbek adabiyoti rang-barang janrlarga boy adabiyot. Shular qatorida roman janri oʻzbek adabiyotining nisbatan katta an’ana va tajribaga ega janridir. U oʻzbek adabiy jarayonida hozirgi davrda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan janrlardan biri boʻlib, uning istiqboli ham porloq boʻlishi shubhasizdir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, bobolarimiz yaratgan boy ma`naviy merosni o`rganish, o`lkamizning haqqoniy tarixini yaratish, o`zining bebaho tafakkur qudrati tufayli madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy hayotimizda, xalqimiz ruhiy-ma’naviy olamida o`chmas iz qoldirgan ulugʻ ajdodlarimizning mo’tabar asarlarini keng ommalashtirish imkoniyati yuzaga keldi. Bugungi kunda ma’naviyatimiz asosi hisoblangan tarixiy qadriyatlar va tarixiy haqiqatlarni tiklash hamda dunyo tsivilizatsiyasining beshigi hisoblangan jonajon O`zbekistonimizning haqiqiy tarixini yaratishga katta ahamiyat
berilmoqda. Binobarin, ajdodlarimiz tarixining shonli zarvaraqlaridan xalqni bahramand etishda o`zbek tarixiy romanchiligining ham munosib o`rni bor. O`zbek adiblari yurtimiz tarixining o`ziga xos badiiy komusini yaratish ishtiyoqida qalam tebratib, davr haqiqatlarini badiiy tafakkur qatlamlariga ko`chirishda o`zlarining yuksak ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar.
Inson adabiyotning tasvir predmeti ekan, insonning ruhiyatisiz uni yaxlit, bir butun holatda to`liq tasavvur qilish mumkin emas. Demak, har qanday badiiy asarda, u qachon va qaysi janr, metodda yaratilgan bo`lmasin, inson psixologiyasi u yoki bu tarzda aks etishi tabiiydir.
Tarixiylik tamoyilining o`zbek romanlarining asosiy mezonlaridan biriga aylanishida tarixiy qahramon, tarixiy muhit va tarixiy-badiiy talqin “uchliogi” muhim omil sifatida ko`zga tashlanadi. Zero, tarixiy asar xalq va jamiyat taraqqiyotida muhim rol o`ynagan mashhur shaxslar hayoti asosida yaratiladi; o`z prototipiga ega bo`lgan tarixiy shaxs hayoti va faoliyatining yozuvchi estetik ideali bilan bog`liq qirralari asarda aks etgan bo`ladi. Bunday romanlarda to`qima obrazlar yoki tarixda o`z prototipiga ega bo`lgan personajlar xarakterini yaratish jarayonida tarixiy voqealarni kitobxon ko`z o`ngida gavdalantirish, ularga milliy ruh bag`ishlash va tarixiy shaxslarni millat qahramoni darajasiga ko`tarish tamoyili ustuvorlik qiladi.
P. Qodirovning tarixiy romanlarida temuriy hukmdorlar hayotining eng murakkab jihatlari qalamga olingan. Adib temuriylar davlat tizimi va o`sha davrda kechgan siyosiy munosabatlarni to`g`ridan to`g`ri ifodalash yo`lidan bormaydi. Asarning o`ziga xos tomonlaridan biri shundaki, yozuvchi butun voqea-hodisalarni bosh qahramonlar sifatida belgilangan Bobur, Humoyun, Akbar nigohi orqali tasvirlaydi. Romanlarda millat hukmdorlarining tarixdagi qismati temuriylar davlatining yemirilish sabablari haqida tasavvur beruvchi omil sifatida tasvirlandi va bu hol romanga o`ziga xos ruh bag`ishladi.
Milliy ruh va xarakterlar talqinida xalqimiz ma’naviy qadriyatlari hamda xalq og`zaki ijodi an’analari aks etganligi miklliy romanchilik yutuqlaridan biri hisoblanadi. Ayonki, har bir davr adabiyoti milliy qadriyatlarga o`z estetik ehtiyoji va badiiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda munosabatda bo`lishadi. Shu jihatdan qaraganda, folklore unsurelarining yozma nasr badiiy strukturasidan mustahkam o`rin olishi va folklorizm tipologiyasining romanlarda yangicha mohiyat, ya’ni mazmun kasb etsishi muhim ijodiy yutuqlardan biri hisoblanadi. Badiiy asar qahramonlarini o`zining hayotioy asoslaridan uzoqlashtirmay, tabiiyligini saqlab qolgan holda avloddan-avlodga o`tib kelayotgan an’anaviy e’tiqodlar fonida tasvirlash va asar to`qimalariga yuksak mahorat bilan singdirib yuborish muhim tamoyillardan biri bo`lib qolmoqda.




  1. Download 185 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish