Kurs ishining tadqiq obyekti va metodi. Ushbu kurs ishida Pirimqul Qodirovning romannavislik faoliyatiga bagʻishlangan maqolalar, “Avlodlar dovoni” romani manba sifatida olindi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu kurs ishi xulosalari adabiyotshunoslik va tanqidchilikda romandagi tarixiy voqelikka munosabat jihatidan oʻrganish va shu orqali adabiyotda epik turning rolini koʻrsatish, tadqiq etish va tahlil qilish tajribalarini yoritish muammolarini hal etishda samarali ulush boʻlib qoʻshilishi shubhasiz. Shuningdek, Pirimqul Qodirov ijodi namunalarini oʻrganishda nazariy manba sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |