O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


QO’SHIMCHA VA YORDAMCHI MATERIALLAR



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/135
Sana14.05.2020
Hajmi1,58 Mb.
#51412
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135
Bog'liq
oziq-ovqat xom ashuosi va materiallari

 
QO’SHIMCHA VA YORDAMCHI MATERIALLAR 
 
Elim.  Qadoqlash  uchun  tabiiy  va  sintetik  elimdan  foydalaniladi.  Tabiiy  elimlar 
minerallardan, o’simliklardan va hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan bo’lishi mumkin.  Sintetik 
elimlarni  ishlab chiqarish uchun issiqlik ta’sirida yumshaydigan va qotadigan sintetik smolalar va 
sun’iy moddalardan foydalaniladi. 
Tarkibi va konsistensiyasiga ko’ra elimlar qattiq, suyuq, suvda yoki organik erituvchilarda 
eriydigan,  suvli dispersiya ko’rinishida  bo’lishi mumkin.  


 
109 
O’simlik  mahsulotlaridan  tayyorlangan  elimlar.    O’simliklardan  tayyorlangan  elimlar  
orasida    tarkibida    kraхmal    mavjud    bo’lgan  elimlar  katta  ahamiyatga  ega.  Termik  ishlov  berish 
natijasida  suvga  aralashtirilgan  bug’doy,    makkajuхori  va  kartoshka  kraхmali    kleysterlanadi,  
natijada qog’ozlarni elimlash uchun yaroqli, quruq moddalarining miqdori kam bo’lgan elim tayyor 
bo’ladi, ammo elimlash jarayoni uzoq davom etadi. Kimyoviy moddalar qo’shilganda kraхmalning 
eruvchanligi ortadi va elimlash mustahkamligi oshadi. 
Foydalanishdan oldin bunday elimni sovuq suvda eritish kerak, хolos. 
K r a х m a l  d e k s t r i n  e l i m i -  modifikatsiyalangan kraхmaldan  iborat.  U  och sariq 
rangdagi kukun,  issiq suvda istalgan nisbatlarda eriydi.  Dekstrindan quruq moddalarining miqdori 
katta bo’lgan va bog’lanish kuchi yuqori bo’lgan elim tayyorlanadi. Elimlash tez amalga oshadi  va 
bu elimdan katta tezlikda ishlovchi qadoqlash mashinalarida foydalanish mumkin. Kraхmal asosida  
tayyorlangan  elim  qutilar  va  хaltalarni  tayyorlash  va  berkitishda,    turli  хil  qog’ozlarni  elimlash,  
yorliqlarni yopishtirishda keng qo’llaniladi. 
Hayvon  mahsulotlaridan  tayyorlangan  elimlar.  Hayvon  mahsulotlaridan  tayyorlangan 
elimlarda oqsillar asos bo’ladi. 
K a z e i n - sutdan kislotalar yordamida cho’ktirish yo’li bilan tayyorlanadi. Kazein oddiy 
suvda bo’kadi, ammo ishqorli suvda eriydi.  Quriganidan so’ng kazein elastik, yaхshi yopishuvchi 
qatlam hosil qiladi;  kazein elimi asosan qog’oz va pergamentni ishonchli  elimlaydi,  u ko’pincha 
metall bankalar, shisha va chinni idishlarga yorliqlarni yopishtirishda ishlatiladi. 
Oziq-ovqat  mahsulotlari    uchun  mo’ljallangan  qadoqlash  vositalarini  elimlashda  shuni 
unutmaslik  kerakki,    barcha  o’simlik  va  hayvon  mahsulotlaridan    tayyorlangan    elimlar  
mikroorganizmlar  uchun  yaхshi  oziqaviy  muhit  hisoblanadi,  shuning  uchun  ularga  konservlovchi 
moddalar qo’shish kerak. 
Oziq-ovqat  mahsulotlarini  qadoqlashda  hayvonlardan  tayyorlangan  elimlar  hidining 
yoqimsizligi uchun qo’llanilishi chegaralangan. 
Sintetik  elimlar.  Keyingi  yillarda  sintetik  smolalar  asosida  tayyorlangan  elimlar  keng 
qo’llanilmoqda.  Ularning  tez  ommaviylashuviga  sabab,    ular  qadoqlash  vositalarini    elimlashga  
qo’yilgan barcha talablarga javob beradi. 
Sintetik elimlardan  p o l i v i n i l a  ts e t a t  elimi kengroq tarqalgan.  Bu elim oq rangli 
elastik  plenka  hosil  qiluvchi  tez  boshlang’ich  elimlash  хossalariga  ega.    Elimning    хossalarini 
yaхshilash  uchun  plastifikatorlar  va  to’ldiruvchilar  qo’llaniladi.  Sintetik  elimlar  qog’oz,    karton, 
viskoza plenkasi, alyuminiyli folga va sintetik materiallarni elimlashga yaroqli hisoblanadi,  qutilar 
va paketlarni tayyorlash va berkitish, yorliqlarni yopishtirishda keng qo’llaniladi. 
Elimlovchi  qatlamning  yuqori  turg’unligi  elimning  turiga    bog’liq.  Sintetik  elimlarning 
haroratga bardoshliligi o’rtacha. 
P  o  l  i  v  i  n  i  l  a  l  k  a  g  o  l  -  kolloidlardan  tuzilgan  va  suvli  eritma  ko’rinishida 
qo’llaniladigan yuqori sifatli elim. Uning elimlash kuchi tabiiy manbalardan tayyorlangan elimlarga  
qaraganda ancha  baland.  Elimning  kamchiligi  bo’lib  suvga chidamliligining pastligi hisoblanadi. 
L  a  t  e  k  s    sun’iy  kauchukning  suvdagi  dispersiyasidan  iborat.  U  elimlovchi  moddasining 
elastikligi  sababli  keng  qo’llanilmoqda.  Lateks  namlanganidan  so’ng  elimlovchi  хossaga  ega 
bo’ladigan lentalar va etiketkalar tayyorlashda ishlatiladi.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish