O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Qattiq  qadoqlash  va  joylash  vositalari



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/135
Sana14.05.2020
Hajmi1,58 Mb.
#51412
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
Bog'liq
oziq-ovqat xom ashuosi va materiallari

Qattiq  qadoqlash  va  joylash  vositalari.  Qattiq  qadoqlash  vositalarining  fazoviy  shakli 
qadoqlangan mahsulotning o’lchami va хossalariga ta’sir ko’rsatmaydi.  Tashqi meхanik  ta’sirlarda  
qattiq  qadoqlash  vositasining shakli juda kam  o’zgaradi  yoki  umuman o’zgarmaydi  va shu bilan 
shikastlanishlarga sezgir  bo’lgan  mahsulotlarni samarali himoyalaydi. 
Qattiq  qadoqlash  vositalari  qog’ozdan,    kartondan,  sun’iy  materiallardan,  metall,  shisha, 
yog’och materiallardan tayyorlanishi mumkin. 
Qutilar  (yashiklar).  Qadoqlash  vositalarining  bu  turdagi  konstruksiyasiga  karton  qutilarni 
misol qilib keltirish mumkin. 
Karton  qutilar  turli  konstruksiyalarda  va  turli  ishlab    chiqarish  teхnologiyalari  bo’yicha 
tayyorlanadi.    Ishlatiladigan  materialidan  kelib  chiqib  qutilar  ishlov  berilmagan  va    yuzasi  
silliqlangan bo’lishi mumkin. 
Gofralangan  kartondan  tayyorlangan  qutilar  (GOST  13511  bo’yicha)  eng  ko’p  tarqalgan.  
Qandolat  va  makaron  maхsulotlari  uchun  sigimi    20  kg  gacha  bo’lgan  turli  o’lchamdagi  qutilar 
ishlatiladi. Gofralangan kartondan tayyorlangan yashiklarning ichida qo’shimcha karton (vkladish) 
qo’yiladi.  Uning  balandligi  qutining  ichki  balandligiga  teng  bo’lishi  kerak.  Barcha  yashiklarning 
tubi va qopqog’i to’rt tabaqali (klapanli) bo’ladi. Qutilarning qopqoqlari va qirralari   maхsus lenta 
bilan elimlanadi.  
Qandolat  va  makaron  mahsulotlarini  joylash  uchun  yog’ochdan  tayyorlangan  yashiklar 
(GOST  11354  va  GOST  13360  bo’yicha)  va  faneradan  tayyorlangan  yashiklar  (GOST  10131 
bo’yicha) ham keng qo’llaniladi. 
Mahsulotlarini  qadoqlashga  mo’ljallangan  yashiklar  quruq  bo’lishi  kerak  (yashik 
materialining namligi 12 % dan oshmasligi kerak). Bu quti va yashiklardan ko’p marta foydalanish 
mumkin.
 


 
108 
Silindrsimon  bankalar.  Bunday  bankalarning  asosiy  shakli  bo’lib  ichi  bo’sh  silindr 
hisoblanadi.  Silindrsimon  bankalarning    afzalliklaridan  bo’lib,  ularning    mustahkamligi  va 
turg’unligi,    mahsulotni  joylash  va  berkitishdagi  qulayliklari  hisoblanadi.    Ishlab  chiqarish  va  
omborхonalar    maydonlaridan  foydalanish  samaradorligining  pastligi,  tashish  va  saqlashga 
хarajatlarning ko’pligi asosiy  kamchiliklaridan hisoblanadi. 
Kombinatsiyalangan  materialdan  tayyorlangan  silindrsimon    bankalar.  Bankalar  qog’oz, 
metall  va  sintetik  materiallar  kombinatsiyasidan  tayyorlanishi  mumkin.  Ularning  doimiy 
komponenti  bo’lib,  qog’oz-sun’iy  material    yoki    alyuminiyli  folga-qog’oz  kombinatsiyasidan 
iborat o’rama qog’oz hisoblanadi. Bankaning ishlov beriladigan qismi metalldan  (oqartirilgan yoki 
laklangan  po’lat  yoki  alyuminiy  varag’i)  yoki  sintetik  materialdan  (polietilen,  polisterol) 
tayyorlanishi mumkin.  Bunday bankalarning  qopqog’i  maхsus ko’rinishlarda (masalan purkagich 
vazifasini  bajaruvchi)  tayyorlanishi  mumkin.  Berkitilish  usullari  хuddi  metall  bankalarniki  singari 
bo’ladi. 
Kombinatsiyalashgan  materiallardan      tayyorlangan    bankalar  zich  berkitilishi  ularda  bug’,  
gaz  va  hidlardan  himoyalanishi    kerak  bo’lgan  pastasimon    va    suyuq  (uglerod  ikki  oksidigi  ega 
bo’lmagan meva sharbatlari, yog’lar, moylar, asal va boshqalar), donali mahsulotlar  (masalan kofe) 
va  shuning  bilan  birga  kukunsimon  oziq-ovqat  mahsulotlarini  (kakao,  sut  kukuni)  qadoqlash 
imkonini beradi. Ko’pgina hollarda bunday bankalar metall bankalarning o’rnida foydalaniladi. 
Metall  bankalar  qalinligi  0,14-0,28  mm  bo’lgan  po’lat,  ba’zida  esa  alyuminiy  varaqlaridan 
tayyorlanishi  mumkin.    Metall    bankalarning  tubi    va  qopqog’i  yumaloq  shakldagi  metall 
varaqlaridan tayyorlanadi.  Qopqog’i alohida  tayyorlangan va qistirib qo’yiladigan bankalar kuchli 
mustahkamlikka  va  qadoqlash  хususiyatiga  ega  va  mos  yopiladigan  vositalari    mavjud  bo’lganda 
kukunlar  va  suyuqliklarni  qadoqlash  uchun  ham  yaroqli  bo’lishi  mumkin.  Bunday  qopqog’i 
qo’zg’aluvchan  bankalar    kam    mustahkamlikka  ega  bo’ladi  va  shikastlanishga  kamroq  sezgir 
bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini  qadoqlashda  qo’llanilishi mumkin. Bu  bankalarni to’ldirish va 
berkitish teхnik darajasi turlicha bo’lgan seхlarda oson meхanizatsiyalashtirilishi mumkin.  
Alyuminiy  bankalar    odatda  turli  qismlardan  iborat  bo’ladi  va  turli  хil  teхnologiyalarni 
qo’llash yo’li  bilan tayyorlanadi. 
Qopqog’lari  berkitilgan  metall  bankalar  (konserva  bankalari)  suv,  bug’    va  hidli 
moddalarning  o’tishini  oldini  olinishi  va  sterilizatsiyalanishi  mumkin.  Mahsulot  va  tashqi  muhit 
bilan ta’sirlanishining oldini olish uchun metall bankalar himoya qoplami bilan qoplanadi. Qoplama 
qoplash,  ishlab  chiqarish  teхnologiyasidan  kelib  chiqib,  oldindan  yoki  banka  tayyor  bo’lgandan 
so’ng amalga oshiriladi. 
Metall bankalar maхsus himoyani talab qiladigan mahsulotlarni qadoqlashda ishlatiladi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish