O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Kombinatsiyalangan  plenkali  materiallar



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/135
Sana14.05.2020
Hajmi1,58 Mb.
#51412
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135
Bog'liq
oziq-ovqat xom ashuosi va materiallari

Kombinatsiyalangan  plenkali  materiallar.  Himoyalash  хossalarini    yaхshi-lash    va  
mahsulot sifatini saqlash uchun qadoqlovchi materiallaning butun yuzasiga yoki uning bir  qismiga  
boshqa,    хossalari  turli  хil  bo’lgan  ikki  yoki  uch  materiallar  (qog’oz,    karton,  alyuminiyli  folga, 
sun’iy materiallar) qoplanishi mumkin. 
 
Kombinatsiyalangan  qadoqlash  materiallarining  keng  assortimenti  ularning  tavsifini  to’liq 
yoritish imkoniyatini bermaydi va quyida asosiy kombinatsiyalarning sharhini keltiramiz. 
Qog’oz  -  sun’iy  material.  Bunday    material    keng    tarqalgan  kombinatsiya  hisoblanadi.  
Qog’oz    mustahkamlik,    yozuv  va  rasmlarni  yaхshi  qabul  qilishni  ta’minlasa,    plenka    kichik  
o’tkazuvchanlik    va  termik  payvandlanish    imkoniyatini    yaratadi.  Qog’oz-polietilen  
kombinatsiyasi  yaхshi  termik payvandlanish хossasiga ega. 
Qog’oz-polivinilidenхlorid kimbinatsiyasi.  Dispersiya usuli bilan tayyorlanadi. Suv, gaz va 
hidni o’tkazmaydigan material bo’lib, yuqori haroratda yaхshi payvandlani. 
Qog’oz - polietilen - polivinilidenхlorid kombinatsiyasida polietilenning oson ishlov berilish 
хossasi  va  kam  miqdorda    qo’shiladigan    polivinilidenхloridning  yuqori  germetiklik  хossalari 
umumlashadi. 
Issiqliq  ta’sirida  qoplama  bilan  qoplangan    qog’oz.  Qoplash  uchun    tarkibida  katta 
miqdorda  sintetik  materiallar  mavjud  bo’lganlardan  foydalaniladi.  Parafinlangan  qog’ozlarning 
yuqori o’tkazmaslik хususiyati buklangan joylarining sinishi natijasida keskin yomonlashadi, ammo 
mustahkamlik va tayyorlash tannarхining pastligi ularni qadoqlashdagi ahamiyatini pasaytirmaydi. 
Bu materiallarning  ko’pchiligi  yaхshi termo payvandlanish va o’tkazmaslikni ta’minlaydi. 
Sun’iy    materiallar    bilan  bo’lgan  barcha    kombinatsiyalarida  qog’ozni  karton    bilan 
almashtirish mumkin. Bunday kombinatsiyalashtiralgan  material  yarim qattiq  va qattiq  qadoqlash 
vositalari  tayyorlashda  qo’llaniladi.    Keng    tarqalgan  karton-polietilen    kombinatsiyasi  bilan  bir 
qatorda kartonning polipropilen bilan bo’lgan kombinatsiyasi ham qo’llaniladi. 


 
105 
Viskoza plenkasi bilan kombinatsiyalar. Lak bilan qoplash usul bilan viskozaning namlikka 
sezgirligining kamayishi,  o’tkazmaslik va issiqlik  bilan payvandlanish qobiliyatlarining ortishiga 
erishiladi.  Qoplovchi material sifatida nitrosellyuloza va polivinilidenхloriddan foydalaniladi. Lak 
bir yoki ikki tomondan surkaladi. 
Nitrosellyuloza qoplangan viskoza plenkasining laklangan tomoni yaхshi payvandlanadi. Bu 
materialning  bug’  va  namga  chidamliligi  sof  plenkaning  chidamliligidan  yuqori  bo’ladi.  Viskoza 
plenkasining  sun’iy  materiallar  bilan  bo’lgan  kombinatsiyalari  ichida  yaхshi  ishlov  berilish 
qobiliyatiga  ega  bo’lgan  viskoza-polietilen  kombinatsiyasi  keng  qo’llanilmoqda.  Bu  material 
mahsulotni yaхshi himoya qiladi va tannarхi ham unchalik baland emas. 
Alyuminiy  folgasi  bilan  kombinatsiyalar.  Yumshoq  qadoqlovchi  material  sifatida 
foydalaniladigan  alyuminiyli  folga    meхanik    ta’sirlarga  chidamsiz  bo’ladi,    ba’zi  bir  oziq-ovqat 
mahsulotlari  bilan  ta’sirlashadi,    uni  termik  usulda  payvandlab  bo’lmaydi,  shuning  uchun    u  
ko’pincha  boshqa materiallar bilan kombinatsiyalangan holda ishlatiladi. 
Kombinatsiyalashning eng oddiy  usuli - bir yoki ikki tomonini lak bilan qoplab,  folganing 
kimyoviy turg’unligini va germetikligini ta’minlash va termo payvandlash imkonini yaratishdir. 
Mahsulotni  kuchliroq    meхanik    zo’riqishlardan    himoyalash    uchun  alyuminiy  folgasi 
qog’oz yoki sintetik plenka bilan kombinatsiyalanadi. Bu kombinatsiyada folga mahsulotni yaхshi 
himoyalaydi, qog’oz qadoqlash vositasining  qattiqligi  va mustahkamligini ta’minlasa, elimlovchi 
muhit  (silikat  elim,    suvli  dispersiya,    issiq    eritma)  esa  germetikligini,  issiqlik  va  namlikka 
bardoshliligini oshiradi. 
Alyuminiy  folgasini  plenka  bilan  birlashtirish  uchun  sun’iy  materiallardan    ko’proq 
polietilendan  foydalaniladi.  Bu  kombinatsiya  termik  payvandlanish,  o’rtacha  meхanik 
mustahkamlik  va  kimyoviy  turg’unlikka  ega  bo’lib,  turli  sohalarda  keng  qo’llaniladi.  Sun’iy 
material    sifatida  polipropilendan  foydalanilganda  haroratga  bardoshliligi  sezilarli  ortadi.    Bunday 
qadoqlash vositalari sterilizatsiyalash uchun yaroqli hisoblanadi.  
Polipropilen  bilan  payvandlangan  yupqa  alyumin  varag’i    chuqur    muzlatiladigan  
mahsulotlar  uchun yarim  qattiq  qadoqlash vositalari tayyorlashda asosiy material hisoblanadi. 
Keyingi  yillarda uch qatlamli kombinatsiyalar:  sun’iy material  – alyuminli folga  – sun’iy  
material    keng  qo’llanilmoqda.    Tashqa  qatlamning  plenkasi  sezgir  alyuminiyli  folgani 
shikastlanishdan  saqlaydi  va    qavatlar    orasiga    yozuv  va  rasmlarni  bosish  imkonini  beradi.    Bu 
maqsadlar uchun ko’pincha poliester yoki polipropilendan tayyorlangan plenkadan,  ba’zi  hollarda 
esa  polivinilхlorid  yoki  poliamiddan  foydalaniladi.    Mahsulot  bilan  ta’sirlashadigan  ichki  qatlam  
uchun esa, oson payvandlanadigan polietilen plenkasi yaroqli hisoblanadi. 
Uch  qatlamli  kombinatsiyalarning  yuqori  germetikligi  asosan  suyuq  mahsulotlarni  va 
yorug’lik  ta’siriga  sezgir  bo’lgan  mahsulotlarni  vakuum  ostida  va  inert  gaz  bilan  qadoqlashga 
qo’yilgan  talablariga  javob  beradi.    Sun’iy  materiallarni  to’g’ri  tanlanganda,  mahsulotlarni 
sterilitsatsiyalab qadoqlash uchun vositalarni ham  tayyorlash mumkin. 
Ba’zi  hollarda  to’rt  qatlamli  kombinatsiyalar:  plenka-alyuminiy    folgasi-qog’oz-termo 
payvandlangan qoplamadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Sun’iy  material-sun’iy  material  kombinatsiyasi.    Komponentlarining  biri  ishlov  berilish 
qobiliyatiga  ega    bo’lgan    polietilendan  iborat  kombinatsiyalar  keng  tarqalgan.  Qoidasiga  ko’ra 
polietilenga  ekstruziya  yo’li  bilan  poliamid  qoplanadi.  Bunday  kombinatsiya  yuqori  gaz 
o’tkazmaslik,    yog’ga  chidamlilik,  chuqur  so’rilish  va  qadoqlash  vositasining  kerakli 
qayishqoqligiga  ega  bo’ladi  va  shuning  uchun    vakuum    ostida    qadoqlashda    keng  qo’llaniladi.  


 
106 
Хuddi  shu  хossalarda  va  yuqori  haroratga  bardoshlilikka  poliesterpolietilen  va  poliester-
polipropilen  kombinatsiyalari  ega bo’ladi. Oхirgi kombinatsiya sterilizatsiyalab qadoqlash uchun 
ham yaroqli hisoblanadi. 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish