Bog'liq huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiyaning
94-moddasiga
muvofiq
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan mamlakatning butun
hududida majburiy kuchga ega bo`lgan farmonlar qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti o`z vazifalari va konstitutsiyaviy vakolatlarining
amalga oshirish maqsadida ko`pqirrali huquq ijodkorligi faoliyatini yuritadi.
Prezident butun O`zbekiston hududida bevosita amal qiladigan, majburiy kuchga ega
bo`lgan uch xil normativ-huquqiy hujjat:
1) farmonlar;
2) qarorlar;
3) farmoyishlar chiqaradi.
Farmon – aniq bo`lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli bo`lib, uzoq muddatga
amal qiladi. Farmon – normativ-huquqiy hujjat. U huquqni ko`llash xususiyatiga ham ega bo`lishi
mumkin va demakki, normativ mazmunga ega bo`lmasligi ham mumkin. Normativ mazmundagi
farmonlar nashr etiladi, masalan u yoki bu shaxsni biror lavozimga tayinlash to`g`risida.
Farmoyish – individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir.
Prezident chiqaradigan hujjatlar uning o`zi tomonidan mustaqil chiqariladi. Prezident
chiqaradigan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar Konstitutsiya va qonunlarga zid bo`lmasligi shart.
Chunki ular Konstitutsiya va qonunlar asosida, ularni bajarish maqsadida chiqariladi. Prezident
chiqargan normativ hujjatlarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi
to`g`risidagi masala, zaruriyat tug`ilganda, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
tomonidan hal qilinadi (Konstitutsiyaning 109-moddasi). Ko`rib chiqish natijalari bo`yicha
Konstitutsiyaviy sud butun hujjat yoki uning ayrim qoidalari konstitutsiyaviy yohud g`ayri
konstitutsiyaviy ekanligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Shu tariqa Prezident aktlarining
konstitutsiyaviy bo`lishi kafolati ta'minlangan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari qonun osti
hujjatlari deb atalmaydi. Lekin ular Konstitutsiya va mamlakat qonunlariga zid bo`lmasligi shart
(16-modda). Lekin "Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan"
deyilgan konstitutsiyaviy bayon qilish, shuningdek, faqat qonun tomonidan tartibga solinadigan
masalalar ro`yxatining Konstitutsiyada mavjud emasligi – Prezidentning huquq ijodkorligi
faoliyatini keng talqin qilishga imkon beradi. Biror masalani qonun bilan tartibga solish mavjud
bo`lmagan hollarda, Prezident oldindan ushbu masala yuzasidan normativ farmon chiqarishi
mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ-huquqiy hujjatlari "O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining xabarnomasi" va shuningdek respublika gazetalarida rasman e'lon
qilinadi.