O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar o`tkazish tartibi va asosiy tamoyillari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar o`tkazish tartibi va asosiy tamoyillari 
O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  90-moddasiga  muvofiq,  O`zbekiston 
Respublikasining  Prezidenti  O`zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  tomonidan  umumiy,  teng  va 
to`g`ridan-to`g`ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo`li  bilan  yetti  yil  muddatga 


 
113 
saylanadi.  Prezidentni  saylash  tartibi  O`zbekiston  Respublikasining  "Prezident  saylovi 
to`g`risida"gi Qonuni bilan belgilangan
1

O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  90-moddasiga  asosan  Prezident  lavozimiga 
nomzodlarga quyidagi talablar qo`yiladi:  
birinchidan,  35  yoshdan  kichik  bo`lmagan,  faqat  O`zbekiston  Respublikasining  fuqarosi 
Prezident etib saylanishi mumkin; 
ikkinchidan, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti bo`lib, O`zbekiston Respublikasining 
fuqarosigina saylanishi mumkin; 
uchinchidan,  Prezidentlikka  nomzodga  O`zbekiston  Respublikasi  hududida  kamida  10  yil 
yashagan  O`zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  saylanishi  mumkin.  Bu  muddat  -  Prezidentlikka 
nomzod faqat bilimlar va amaliy tajribaga ega bo`libgina qolmay, balki O`zbekistondagi hayotning 
o`ziga xos sharoitlarini tushunish uchun ham zarur va yetarlidir; 
to`rtinchidan,  Davlat  tilini  yaxshi  biladigan  O`zbekiston  Respublikasining  fuqarosi 
Prezidentlikka   saylanishi  mumkin.  Tillardan  foydalanishni  tartibga  solish  –  O`zbekistonda 
konstitutsiyaviy ahamiyatga ega. U yoki bu tilning davlat tili sifatidagi maqomi Konstitutsiya bilan 
belgilanadi.  Masalan,  Konstitutsiyaning  4-moddasida   "O`zbekiston  Respublikasining  davlat  tili 
o`zbek  tilidir"  –  deb   belgilab  qo`yilgan.  Davlat  hokimiyati  organlari,  rasmiy   ish  yuritish,  sud 
ishlarini  olib  borish  majburiy  ravishda  davlat  tilida  olib  boriladi,  normativ-huquqiy  hujjatlar  va 
rasmiy  nashrlar e'lon qilinadi. 
beshinchidan,  O`zbekistonda  bir  shaxs   surunkasiga  ikki  muddatdan  ortiq  Prezident  bo`lib 
saylanishi mumkin emas. 
O`zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
90-moddasining  2-qismida  O`zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  saylanish  prinsiplari  aniq  belgilab  qo`yilgan.  Prezidentlik 
Respublikalarida  Prezident  mamlakatning  barcha  saylovchilari  tomonidan  umumxalq  saylovlari 
yo`li bilan  saylanadi.  
Prezident  saylovlarini  o`tkazish  tartibi  1991  yil  18  noyabrdagi  "O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  saylovlari  to`g`risida"gi  Qonun  bilan  belgilab  qo`yilgan.  Bu  qonunga  2004  yil  3 
dekabrdagi Qonunini bilan o`zgartirish kiritilgan.. 
          O`zbekistonda  prezidentlik  saylov  huquqining  konstitutsiyaviy  me'yori  ko`ppartiyaviylik 
bo`lib,  u  fuqarolarning  davlat  va  jamiyatdagi  siyosiy  huquqlari,  qonuniylikni,  barqarorlikni, 
demokratiyaviylikni kafolatlashga qaratilgandir. 
Konstitutsiyaning  10-moddasida  siyosiy  partiyalar  xalq  nomidan  ish  olib  borishga  xaqli 
emasligi alohida ko`rsatilgan. Umuman, konstitutsiyaning 10 ta moddasida ko`ppartiyaviylik bilan 
bog`liq  bo`lgan  me'yorlar  bor.  34-moddada  fuqarolarning  siyosiy  partiyalarga  uyushishi  huquqi 
alohida belgilab qo`yilgan. Chunonchi, 60-moddada «Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning 
siyosiy irodasini ifodalaydilar va o`zlarining demokratik yo`l bilan saylab qo`yilgan vakillari orqali 
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar», deb konstitutsiyaviy qoida mustahkamlab qo`yilgan. 
Teng  saylov  huquqi  shundan  iboratki,  har  bir  saylovchi  bir  ovozga  ega  bo`ladi  va  barcha 
fuqarolar saylovlarda teng sharoitlarda ishtirok etadilar. 
To`g`ridan-to`g`ri  saylov  huquqi  shundan  iboratki,  saylovchilar  Prezidentni  saylashda 
bevosita ishtirok etadilar. 
Yashirin  ovoz berish esa saylovchining o`z irodasini bildirish  ustidan nazorat  qilishga  yo`l 
qo`ymaslikni  nazarda  tutadi.  Bu  konstitutsiyaviy  prinsip  fuqarolarning  o`z  irodasini  erkin 
bildirishini  ta'minlashning  huquqiy  kafolatlanishi  bo`lib,  demokratik  jamiyatning  asosiy 
belgilaridan biridir. 
Fuqarolarning  Prezidentni   saylash  huquqlarini  to`g`ridan-to`g`ri  yoki  bevosita  cheklashga 
yo`l qo`yilmaydi. Albatta, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ba'zi bir alohida 
hollar bundan mustasnodir. 
O`zbekiston  Respublikasining  saylovlar  kuniga  qadar  18  yoshga  to`lgan  har  bir  fuqarosi 
Prezidentni  saylash  huquqiga  egadir.  Prezidentlik  saylovlarini  tashkil  etish  belgilangan  ba'zi  bir 
alohida hollar bundan mustasnodir. Prezidentlik saylovini o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari tomonidan  tuziladigan Markaziy saylov komissiyasi zimmasiga yuklatiladi. 
O`zbekiston  Respublikasining  II-chaqiriq,  sakkizinchi  sessiyasida  qabul  qilingan: 
"Referendum  yakunlari  hamda  davlat  hokimiyati  tashkil  etilishining  asosiy  prinitsiplari 


 
114 
to`g`risida"gi  Konstitutsiyaviy  Qonunning  qabul  qilinishi,  2002  yil  27  yanvarda  o`tkazilgan 
referendumda mamlakatimiz Oliy Majlisini ikki palatali qilib belgilash va O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  vakolat  muddatini  besh  yildan  yetti  yillik  qilib  o`zgartirish  to`g`risidagi  muhim 
masala  bo`yicha  qabul  qilingan  Oliy  Majlis  qarori  hayotga  tadbiq  etish  borasidagi  tarixiy 
jarayonlardan  hisoblanadi.  Ushbu  Konstitutsiyaviy  Qonun  asosida:  "O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  saylovi,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasiga  hamda  Qoraqalpog`iston  Respublikasi 
Juqorg`i  Kengesiga  viloyatlar,  tumanlar,  shaharlar  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  saylov 
tegishincha  ularning  konstitutsiyaviy  vakolati  tugaydigan  yilda  –  dekabr  oyi  uchinchi  o`n 
kunliginining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  hamda  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga 
saylov muddatlari bir paytga to`g`ri  kelib qolgan taqdirda, davlat hokimiyati vakillik organlirining 
vakolat muddati bir yilga uzaytiriladi." 
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish