O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
111 
 
 
 
 
 
17-Mavzu: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy 
 maqomi. 2 soat.  
 
Reja: 
1. O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining ta'sis etilishi 
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy holati 
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar o`tkazish tartibi va asosiy tamoyillari 
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari 
5. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar 
 
1. O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining ta'sis etilishi  
Prezidentlik   boshqaruvi   davlat  hokimiyatining  taqsimlanish  pritsipi  asosida  tashkil 
qilingan   mamlakatlarda   boshqaruvning   eng  maqbul  shakllaridan   biri  hisoblanadi.Davlat 
boshqaruvining  prezidentlik  shaklida  Prezident  umumxalq  saylovlarida  saylanadi  va  davlat 
boshlig`i  hisoblanadi,  ayni  vaqtda  u  ijro  hokimiyatni  ham  boshqaradi.  Davlat  organlari  tizimida 
markaziy  o`rinni  egallaydi.   Prezident    bevosita  ijro  hokimiyatiga   boshqarishi  mamlakatdagi 
barcha  kuchlarni  bir  maqsad  yo`lida  birlashtirishga,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishaga  mamlakatda 
barqarorlik o`rnatishga asosiy kafolat bo`ladi.  Prezidentlik lavozimining ta'sis etilishi O`zbekiston 
Respublikasining mustaqillik sari qo`ygan dastlabki qadam edi. 
O`zbekiston  Respublikasida   Prezidentlik  lavozimini  joriy  etishida  qo`yidagi  sabablar  
bo`ldi: 
Birinchidan,  davlat  mustaqilligiga  intilish,  respublikada  boshqaruv  jarayonlarini 
demokratlashtirish  aynan  prezidentlik  instituti  joriy  etilishini  taqozo  etar  edi.  Chunki  parlament 
uzoq bahs va munozaralarga berilib ketib, kun tartibida turgan dolzarb qarorlar qabul qilish va uni 
amalga  oshirish  imkoniyatiga  ega  emas  edi.  Shuning  uchun  ham  mamlakatni  bir  kishi  tomonidan 
boshqarish ehtiyoji paydo bo`ldi. 
Ikkinchidan,  Prezidentlik  lavozimini  joriy  etish  sabablaridan  yana  biri,  hokimiyatlarning 
bo`linishi  prinsipini  rivojlantirishdan  kelib  chiqadi.  Prezidentlik  lavozimi  davlat  hokimiyati 
organlarining  tizimini  tashkil  etishda  demokratik  prinsiplarni  amalga  oshirishga  yordam  berishga 
qaratilgan  edi.  Qonunchilik,  ijro  va  sud  hokimiyati  faoliyatini  o`zaro  muvofiqlashtirish  ehtiyoji 
paydo bo`ldi. 
Uchinchidan,  Prezident  o`z  zimmasiga  hukumatni  shakllantirish  va  uning  ishiga  rahbarlik 
qilishdek ulkan mas'uliyatni olishi uchun obyektiv zarurat tug`ildi. 
To`rtinchidan, vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlikni ta'minlash va murakkab muammolarni 
paysalga  solmasdan  zudlik  bilan  hal  etish  ehtiyoji  paydo  bo`ldi.  O`sha  paytlarda  mavjud  bo`lgan 
davlat strukturasi bu masalalarni hal etishga qodir emas edi. 
Jahon  mamlakatlari  tajribasidan  kelib  chiqiladigan  bo`lsa,  prezidentlik  institutiga  quyidagacha 
tavsif  berilishi kuzatiladi. 
Birinchidan, Prezident muayyan davlatning boshlig`i va xalq birligining ramzi hisoblanadi.  
Ikkinchidan, Prezident o`z mamlakati xalqi nomidan ish tutadi va uning milliy manfaatlarini 
himoya  qiladi.  U  partiyaviy,  ijtimoiy,  mahalliy  va  boshqa  manfaatlardan,  ayniqsa,  har  qanday 
g`oyaviy  kelishmovchiliklardan  yuqori  turadi,  jamiyatni  o`zaro  muvofiqlashtiradi,  ijtimoiy-siyosiy 
hayotni mustahkamlaydi. 
Uchinchidan,  Prezident  mamlakatning  umumiy  holati  uchun  mas'ul  bo`lib,  siyosiy 
barqarorlikni ta'minlaydi, huquqiy tartibotni va xavfsizlikni ta'minlash hamda mamlakataing boshqa 
davlatlar  oldidagi  majburiyatini  bajarish  borasida  qarorlar  qabul  qiladi,  tezkor  chora-tadbirlar 
ko`radi. 
To`rtinchidan,  Prezident  ijro  etuvchi  hokimiyatni  boshqaradi  va  uning  faoliyatini 
yo`naltiradi. 


 
112 
Beshinchidan, Prezident mamlakat Qurolli kuchlarining Oliy bosh qo`mondoni hisoblanadi, 
davlat mudofasi va fuqarolarning harbiy xizmatni o`tashi uchun rahbarlik qiladi. 
Oltinchidan,  Prezident  ijro  hokimiyati  tizimida  yuqori  lavozimga  tayinlash  vakolatini 
amalga oshiradi, fuqarolik masalalarini hal qiladi, fuqarolarni davlat nishonlari bilan mukofotlaydi 
va  aybidan  o`tadi,  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta'minlanishining,  shuningdek,  mamlakatda 
konstitutsiya va qonunlarning kafolati hisoblanadi. 
 Birinchidan,  Respublikada  mustaqilikka intilish davlat hokimiti tizimini yana  demokratlashtirish,  
qonunlarni qabul qilish jarayonidagi murakabliklar, davlat va jamiyat  hayotini uchun  zudlik bilan 
ijtimioiy munosabat tartibga soluvchi qarorlar  
"Prezident"  tushunchasi  konstitutsiyaviy  -  huquqiy  ma'noda  davlat  boshlig`ini  anglatadi. 
Aynan shuning uchun bu institut jahon davlat – huquqiy amaliyotida yaratilgan edi. Uning bunday 
roli  Prezidenti  bo`lgan  har  qanday  zamonaviy  demokratik  respublikaga  xosdir.  Prezident  davlatni 
jipslashtirishi, davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatchanligini ta'minlashi lozim. 
Sobiq  Ittifoq  respublikalari  orasida  O`zbekiston  birinchi  bo`lib,  davlat  boshqaruvning 
prezidentlik  shaklini  joriy  qildi.  Prezidentlik  instituti  O`zbekistonda  1990  yil  24-martida 
"O`zbekiston  SSR  Prezidenti  lavozimini  ta'sis  etish  va  O`zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  (Asosiy 
Qonuni) ga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonun bilan ta'sis etildi. Oliy Sovet 
12-chaqiriq  birinchi  sessiyasida  O`zbekiston  Prezidenti  etib  Islom  Abdug`aniyevich  Karimov 
saylandi.  1991  yil  29  dekabr  va  2000  yil  9  yanvarda  to`g`ridan-to`g`ri  umumhalq  Prezidenti 
saylovlari o`tkazildi. Saylovlar muqobillik asosida o`tkazilib, I.A.Karimov Prezident etib saylandi.  
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish