107
Qonunchilik palatasi qo`mitalari yopiq majlis o`tkazish to`g`risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi qo`mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular
tomonidan ko`rib chiqilishi shart, natijalari to`g`risida agar qarorda boshqacha qoida boshlangan
bo`lsa, uzog`i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin.
Komissiyalar Qonunchilik palatasi majlisida qonunchilik deputatlari orasida tuziladi. Ayni paytda
komissiyani tuzishdan ko`zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiyalarni tashkil
etish va ularning faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi reglamentida belgilanadi.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha o`qishda ko`rib chiqadi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilan
qabul qilinadi. Ovoz berish ochiq yoki yashirin bo`lishi mumkin. Qonunchilik palatasi tomonidan
qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e`tiboran o`n kundan kechiktirmay Senatga yuboriladi.
Senat qonunni ma`qullash yoki uni rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi. Senat tomonidan rad
etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Bunda Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senat a`zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish
bo`yicha takliflarni o`z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi,
komissiyaning tartibi va ishi reglamentda belgilanadi. Qonunchilik palatasi kelishuv
komissiyalarining xulosasi taqdim etilgan kundan e`tiboran o`n kun ichida uning takliflarni ko`rib
chiqishi va qaror qabul qilishi kerak. Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari
yuzasidan deputatlar umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Senat tomonidan ma`qullangan qonun imzolanish va e`lon qilinishi uchun O`zbekiston
Respublikasi Prezidentiga o`n kun ichida yuboriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qonun o`ttiz kun ichida imzolanadi va e`lon qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o`z e`tirozlari bilan O`zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Qonunchilik palatasi devoni tuzilmasi, shtatlari, xodimlarning mehnat haqi miqdori va
moddiy texnika ta`minotining, shuningdek, ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar Qonunchilik
palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi. Qonunchilik palatasi devonining tashkil etilishi va faoliyati
tartibi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi. Qonunchilik
palatasi faoliyatini shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag`lari
hisoblanadi. Qonunchilik palatasi uz matbuot organlariga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: