O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shakllanish tartibi va tarkibi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shakllanish tartibi va tarkibi 
Vazirlar  Mahkamasining  tarkibi  O`zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  tomonidan 
shakllantiriladi.  Ya'ni  O`zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  Bosh  vazir  nomzodini  ko`rib 
chiqish  va  tasdiqlash  uchun  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalariga  taqdim  etadi. 
Bosh  vazir nomzodini ko`rib chiqish  Senat  va Qonunchilik  palatasining  birgalikdagi vakolatlariga 
kiritilgan  bo`lib,  qoida  tariqasida,  ushbu  masala  avval  Qonunchilik  palatasida,  so`ngra  Senatda 
ko`rib  chiqiladi.  Bosh  vazirni  o`z  lavozimidan  ozod  qilish  masalasini  esa  Prezidentning  shaxsan 
o`zi  hal  qiladi.  Vazirlar  Mahkamasining  a'zolari  Bosh  vazir  taqdimiga  binoan  O`zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  tasdiqlanadi  hamda  vazifasidan  ozod  qilinadi,  ya'ni  Vazirlar 
Mahkamasi a'zolarining nomzodi Bosh vazir tomonidan ko`satiladi. 
Vazirlar  Mahkamasining  doimiy  organlari  sifatida  Bosh  vazir  va  uning  o`rinbosarlaridan 
iborat  tarkibdagi   Vazirlar  Mahkamasining  Rayosati  faoliyat  ko`rsatadi.  Vazirlar  Mahkamasi 
Raisining  qaroriga  binoan  Vazirlar  Mahkamasi  Rayosatining  tarkibiga  O`zbekiston  Respublikasi 
Hukumatining boshqa a'zolari ham kiritilishi mumkin. 
Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  yuqori  organlarining  qarorlarini  hayotga  tadbiq  etishga 
ko`maklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning qanday bajarilayotganligini nazorat 
qilish  hamda  vazirliklar,  davlat  qo`mitalari,  idoralar,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Vazirlar 
Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari,  davlat  va  xo`jalik  boshqaruvining  boshqa 
organlari  foliyatini  muvofiqlashtirib  borish  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  uning 
doimiy  komissiyalari  tuzilishi  mumkin.  «O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
to`g`risida»gi  qonunning  19-moddasiga  binoan  Vazirlar  Mahkamasi  o`zining  doimiy 
komissiyalarining vazifalarini, funksiyalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi. 
Bundan  tashqari  davlat  va  xo`jalik  boshqaruvining  alohida  masalalari  bo`yicha  takliflar 
tayyorlash,  Vazirlar  Mahkamasi  hujjatlari  loyihalarini  ishlab  chiqish  uchun,  shuningdek,  Vazirlar 
Mahkamasining  alohida  topshiriqlarini  bajarish  uchun  Vazirlar  Mahkamasining  vaqtinchalik 
komissiyalari va ishchi organlari tuzilishi mumkin. 
Vazirlar Mahkamasining doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining hamda ishchi organlarining 
hujjatlari majlis bayonlari bilan rasmiylashtiriladi hamda tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ko`rsatib 
o`tilgan komissiyalar va ishchi organlarning majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar 
tomonidan imzolanadi. 
Doimiy  komissiyalar  tomonidan  ko`rib  chiqilishi  kerak  bo`lgan  materiallarni  tayyorlash 
hamda  komissiyalar  qarorlarining  bajarilishini  nazorat  qilish  Bosh  vazir  o`rinbosarlarining 
kotibiyatlari,  departamentlar  va  bo`limlar   oldiga  qo`yiladi.Zarurat  bo`lganda  bu  materiallarni 
tayyorlashga  vazirliklar,  davlat  qo`mitalari,  idoralar,  boshqa  manfaatdor  tashkilotlarning 
mutaxassislari jalb qilinadi. 


 
119 
Doimiy  va  vaqtinchalik  komissiyalarning  majlislari  Vazirlar  Mahkamasining  Rayosati 
tomonidan  tasdiqlanadigan  yilning  har  choragidagi  rejalari  asosida  o`tkaziladi.  Doimiy  va 
vaqtinchalik komissiyalarning rejadan tashqiri majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosatining roziligi 
bilan o`tkaziladi. 
Vazirlar  Mahkamasi  faoliyatini  tashkil  etish  maqsadida  maxsus  apparat  (devon)  tashkil 
etiladi. Qonunning 21-moddasiga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining Apparati Vazirlar Mahkamasi va 
uning Rayosati majlislarini, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va boshqa materiallarni 
tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini 
tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining Apparati va uning bo`linmalari to`g`risidagi nizom Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20-maydagi 248-
sonli  «O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Apparati  tuzilmasini  takomillashtirish 
to`g`risida»  gi  qarorida  Vazirlar  Mahkamasi  Apparatining  ortiqcha  bo`g`inlarini  qisqartirish, 
boshqarishning  tarmoq  tizimidan  funksional  tizimga  o`tishni  ta'minlash  va  shu  asosda 
hokimiyatning ijro etuvchi organlari faoliyati samaradorligini oshirish ko`zda tutilgan. 
Vazirlar  Mahkamasi  ijro  etuvchi   tuzilmasi   2004  yil  12  sentyabdagi  475-sonli  Qaroriga 
muvofiq  quyidagicha  tuzilgan  Vazirlar  Mahkamasi  qonun  asosida  o`z  faoliyatini  qaytadan  tashkil 
qila  boshlagandan  keyin  esa  Apparatning  (devon)  asosiy  tarkibiy  bo`linmalari  rahbarlari 
O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  bilan  kelishilgan  holda  Bosh  vazir  tomonidan  lavozimga 
tayinlanadi. 
Vazirlar  Mahkamasining  devoni  o`z  ish  faoliyatini  mavjud  konstitutsiyaviy  asoslar, 
qonunlar, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti O`zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining   2003  yil  22  dekabrda   “Xo`jalik  boshqaruv  organlari  tizimini 
takomillashtirish  to`g`risida”gi  farmonda  16  ta   turli  sohadagi   xo`jalik   boshqaruv  organlari 
takomillashtirildi. 
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish