4. O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining vakolatlari va faoliyat tartibi.
O`zbekiston Prokuratura organlarining asosiy vazifalari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
O`zbekiston Respublikasi xududida qonun ustunligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash,
fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo`riqlanadigan
manfaatlarini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va
profilaktikasidan iboratdir.
Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari bo`lib, O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasi «Prokuratura to`g`risida»gi qonuni, O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Xukumat qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining amaldagi buyruqlari, ko`rsatmalari, nizom va yo`riqnomalari va boshqa qonun va
130
qonun osti hujjatlari bilan belgilangan.
Prokuratura davlat torganlari tizimida muhim o`rin tutadi. Konstitutsiyaning 83-moddasiga
muvofiq, Respublika Bosh prokurori qonunchilik tashabbusiga ega. Shuningdek, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
Prokuratura organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta'minoti respublika budjeti
mablag`lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Prokuratura organlari xodimlari «Prokuratura to`g`risida»gi qonunga ko`ra daxlsizlik
huquqidan foydalanadilar.
Prokuratura organlari o`z faoliyatini qonunchilikda belgilangan quyidagi asosiy yo`nalish
bo`yicha amalga oshiradi:
- vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari,
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor
shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
- fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan
nazorat qilish;
- O`zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning
harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
- tezkor qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar
tomonidan qonunlarni ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi
kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
- jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish.
- sudlarda jinoiy ishlar ko`rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik
ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarini hamda xo`jalik nizolarini ko`rishda
ishtirok etish, qonunlarga zid bo`lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
- soliq intizomini mustaxkamlashga, soliq, valuta soxasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga
qarshi kurashishga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan
qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
- ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-
xuquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog`ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat
qilish;
- qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok
etish.
Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib quyidagi hisoblanadi.
Vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar
tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish.
Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib quyidagi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning
harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish. Bu yo`nalish bo`yicha
prokuratura organlarida «qurolli kuchlar, milliy xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida
qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish» boshqarmasi va bo`limlari faoliyat ko`rsatadi.
Tezkor qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar
tomonidan qonunlarni bajarilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi
kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish yo`nalishi bo`yicha prokuratura, O`zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshira
borib, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoyalash
131
choralarini ko`radi. Quyi prokuraturalarda soha bo`yicha ishlarni tegishli viloyat va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar bilan birgalikda tashkil qilinadi. Ichki ishlar vazirligi organlarining
jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, tergov, tezkor qidiruv faoliyatini nazorat
qiladi va muvofiqlashtiradi. Jinoyatchilik va huquqbuzarlik hamda profilaktik tadbirlar ahvolini
muntazam tahlil qilib boradi. Tergovoldi tekshiruvlari, surishtiruv, tergov, tezkor qidiruv va
ma'muriy huquqbuzarliklarga oid qonunlarga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish va boshqa protsessual majburlov choralarini qo`llashda
ularning konstitutsiyaviy va protsessual huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi.
Sudlarda jinoiy ishlar ko`rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik
ishlarini, ma'muriy xuquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarini hamda xo`jalik nizolarini ko`rishda
ishtirok etish, qonunlarga zid bo`lgan sud hujjatlariga protest keltirish; prokuratura to`g`risidagi
qonunga muvofiq «sudlarda jinoyat ishlari ko`rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash,
sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni hamda xo`jalik
ishlarini ko`rilishida ishtirok etish, qonunlarga zid bo`lgan sud hujjatlariga protest keltirish»
prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
“Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari: birlik,
markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir”.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |